15-ma’ruza: Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar. Reja


Ish haqi to’lashning akkord tizimi


Download 0.65 Mb.
bet97/106
Sana12.10.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1699827
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   106
Bog'liq
15-ma’ruza Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol ye-fayllar.org

Ish haqi to’lashning akkord tizimi. Ish haqi to’lashning akkord tizimi birgalikda qilinadigan mehnatga to’lanadigan umumiy ish haqini nazarda tutadi. Bu tizimdan ko’proq qurilish tashkilotlarida foydalaniladi.
Mehnat jamoasi har bir a’zosining ish haqi, ularning ishda ishtirok etish koeffitsientlariga nisbatan mutanosib taqsimlash asosida topiladi.
Yaroqsiz mahsulotlarni tuzatish ishlariga haq to’lash. Ishchining aybi bilan sodir bo’lmagan yaroqsizlikni tuzatish shu mahsulotni ishlab chiqish uchun o’rnatilgan rastsenka bilan to’liq to’lanadi. Ishchining aybi bilan qisman yo’l qo’yilgan yaroqsizlik pasaytirilgan rastsenkalar bilan to’lanadi.
Kechki soatlarda ishlaganlik uchun to’lov. Kechasi ishlaganlik uchun to’lov jamoa shartnomasida ko’rsatilgan tartibda to’lanadi.
Ish vaqtidan tashqari ishlaganlik uchun to’lov. Ishdan tashqari vaqtlarda ishlashga yoki jalb qilishga favqulotdagi holatlarda ruxsat beriladi. Bunda birinchi ikki soat uchun belgilangan rastsenkani bir yarim barobari, keyingi har bir soat uchun ikki barobaridan kam bo’lmagan miqdorlarda haq to’lanadi.
Ish vaqtidan tashqari va kechki smenada mehnat qonunchiligida ko’rsatilgan xodim va ishchilar ishlashiga ruxsat beriladi. Misol: 18 yoshga to’lmagan ishlovchilarga ruxsat berilmaydi.
Bayram va dam olish kunlarida ishlaganlik uchun to’lovlar. Bayram va dam olish kunlarida ishlaganlik haqi boshqa ish kunida dam olish yoki oddiy ish kuniga nisbatan ikki barobaridan kam bo’lmagan miqdorlarda to’lanadi. Ish haqining shakli va turiga nisbatan:
1. Ishbay ishlovchilarga-ishbay rastsenkani ikki barobaridan kam bo’lmagan miqdorlarda;
2. Soatbay-kunbay ishlovchilar uchun-soatbay-kunbay rastsenkani ikki barobaridan kam bo’lmagan miqdorlarda;
3. Oylik oklad olib ishlovchilar uchun-agar xodimning ish soatlari oylik ish soatlari doirasida bo’lsa, oylik bir soatlik yoki kunlik rastsenka miqdorida, agar oylik ish soati o’rnatilgan oylik miqdoridan oshib ketsa, bir soatlik yoki kunlik rastsenkani ikki barobari miqdorida haq to’lanadi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling