15-ma’ruza: Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar. Reja


Download 0.65 Mb.
bet99/106
Sana12.10.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1699827
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   106
Bog'liq
15-ma’ruza Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol ye-fayllar.org

Mehnat ta’tili uchun to’lovlar. Korxonada olti oy davomida faoliyat ko’rsatgan har qanday xodim mehnat ta’tili olish huquqiga ega. Mehnat ta’tiliga chiqqan xodimlarga o’rtacha bir oylik ish haqi miqdorida badal to’lanadi.
Ishlovchiga to’liqsiz ish kunlari o’rnatilgan bo’lsa, oylik kalendar ish kunlari uchun hisoblangan o’rtacha ish haqini ishlagan kunlar soniga bo’lib topiladi. Mehnat ta’tili uchun ish haqi yoki foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun to’lov hisoblashda o’rtacha ish haqi xodimning oxirgi 3 oylik ish haqiga nisbatan aniqlanadi. Misol: xodimga dekabr oyida 26 ish kuniga mehnat ta’tili berildi deb faraz qilaylik. Xodim sentyabr, oktyabr, noyabr oylarida to’liq ishlab 1800000 so’m haqiqiy ish haqi olgan. Xodimning bir oylik o’rtacha ish haqi 600000 so’mga (1800000/3) teng bo’ladi. Uning bir kunlik o’rtacha ish haqi, xodimning bir oylik o’rtacha ish haqini o’rtacha oylik ish kunlariga (26,4) bo’lish yo’li bilan topiladi yoki misolimizda 600000/26,4 ═ 20270,27ga teng bo’ladi. Xodimning bir kunlik o’rtacha ish haqini ta’til kunlariga ko’paytirib mehnat ta’tili uchun beriladigan ish haqi topiladi, 527027,02 so’m (20270,27 x 26).


§5. Mehnatga haq to’lash bo’yicha hisoblashuvlarni sintetik hisobi. Mehnatga haq to’lash bo’yicha hisoblashuvlarni sintetik hisobi 6710-“Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan hisoblashishlar” turkumiga kiruvchi balansga nisbatan passiv bo’lgan 6710-“Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan hisoblashishlar” va 6720-“Deponentlangan ish haqi” schyotlarida olib boriladi.
6710-«Mehnatga haq to’lash bo’yicha xodimlar bilan hisoblashuvlar» sintetik schyotida ish haqining barcha turlari, ishbay, vaqtbay, mukofotlar, aktsiya va boshqa qimmatli qog’ozlardan olinadigan daromadlar (dividendlar, foizlar) bo’yicha hisoblashuvlar hisobga olinadi. Bu schyotning kredit tomonida korxonaning xodim oldidagi majburiyati yoki majburiyatining ko’payishi, debet tomonida esa hisoblangan ish haqidan ushlanmalar va xodimga to’lanadigan summalar ko’rsatiladi.
Qoldiq kredit tomonda qoladi va korxonaning xodimlarga ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar bo’yicha qarzini bildiradi.
Xodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisob-kitoblarni sintetik hisobi hisob-to’lov qaydnomasi va ish haqi hisoblashda foydalaniladigan boshqa hujjatlariga asosan tashkil qilinadi va quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari bilan rasmiylashtiriladi:
1. Asosiy ishlab chiqarish tsexlarida faoliyat yuritayotgan ishchilarga ish haqi hisoblaganda:
Debet 2010-“Asosiy ishlab chiqarish”
Kredit 6710-“Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan hisoblashishlar”
2. Yordamchi ishlab chiqarish tsexlarida faoliyat yuritayotgan ishchilarga ish haqi hisoblaganda:
Debet 2310-“Yordamchi ishlab chiqarish”
Kredit 6710-“Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan hisoblashishlar”
3. Umum ishlab chiqarishda faoliyat yuritayotgan xodimlarga (tsex boshliqlari, masterlar, buxgalterlar, klodavshiklar va boshqalar) ish haqi hisoblaganda:
Debet 2510-“Umum ishlab chiqarish xarajatlari”,
Kredit 6710-“Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan hisoblashishlar”.
4. Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotni tuzatish bilan band bo’lgan xodimlarga ish haqi hisoblaganda:
Debet 2610-“Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar”
Kredit 6710-“Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan hisoblashishlar”
5. Xizmat ko’rsatuvchi xo’jalikda faoliyat yuritayotgan ishchilarga ish haqi hisoblaganda:
Debet 2710-«Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar»
Kredit 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan hisoblashishlar»
6. Tayyor mahsulotlarni saqlash, qadoqlash, ko’rgazmaga va komissiyaga tayyorlash bilan band bo’lgan ishlovchilarga ish haqi hisoblaganda:
Debet 2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar»
Debet 2820-«Ko’rgazmadagi tayyor mahsulotlar»
Debet 2830-«Komissiyaga berilgan tayyor mahsulotlar»
Kredit 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan hisoblashishlar»
7. Asosiy vositalarni xarid qilish, tashib keltirish va o’rnatish bilan band bo’lgan ishchilarga ish haqi hisoblaganda:
Debet 0710-«O’rnatiladigan asbob-uskunalar-mahalliy»
Debet 0720-«O’rnatiladigan asbob-uskunalar-xorijiy»
Kredit 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan hisoblashishlar».
8. Xo’jalik yo’li bilan olib borilayotgan kapital qurilish bilan band bo’lgan ishchilarga ish haqi hisoblaganda:
Debet 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish»
Kredit 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan hisoblashishlar»
9. Ishlab chiqarish zaxiralarini xarid qilish, tashib keltirish va idishlash bilan band bo’lgan ishchilarga ish haqi hisoblaganda:
Debet 1510-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish»
Kredit 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan hisoblashishlar»
10. Korxonaning boshqaruv apparati xodimlariga ish haqi hisoblaganda:
Debet 9420-«Ma’muriy xarajatlar»
Kredit 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan hisoblashishlar»
11. Ijtimoiy sug’urta idoralari mablag’lari hisobidan vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo’qotganligi uchun kasallik varaqalari bilan yordam puli hisoblaganda:
Debet 6510-«Sug’urta bo’yicha to’lovlar»,
Kredit 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan hisoblashishlar».
12. Ish haqidan ushlanmalar va kassadan ish haqi berish quyidagi buxgalteriya o’tkazmalar bilan rasmiylashtiriladi:
12.1. Ish haqidan daromad solig’i ushlanganda:
Debet 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan hisoblashishlar»,
Kredit 6410-«Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar (turlari bo’yicha)».
12.2. Xodimlarning arizalari bo’yicha ixtiyoriy ushlanmalar:
-komunal to’lovlar summasiga ((gaz, elektr energiyasi, suv, chiqindi va boshqalar):
Debet 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan hisoblashishlar»
Kredit 6990-«Boshqa majburiyatlar»
-olingan kreditni qaytarilishi
Debet 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan hisoblashishlar»,
Kredit 4710-«Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha xodimlarning qarzi»
-yaroqsizlikka yo’l qo’ygani uchun o’shlanmalar;
Debet 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan hisoblashishlar»,
Kredit 4730-«Moddiy zararni qoplash bo’yicha xodimlarning qarzi»
12.3. Kassadan ish haqi berilganda:
Debet 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan hisoblashishlar»,
Kredit 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag’lari».
12.4. Xodimning xohishiga ko’ra ish haqi natura bilan berilganda:
Debet 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan hisoblashishlar»,
Kredit 1000-«Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar» tegishli ikinchi tartibli sintetik schyoti.
Kredit 2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar».
Kredit 2910-«Ombordagi tovarlar».
12.5. O’z vaqtida olinmagan ish haqi korxonaning deponent schyotiga o’tkazib qo’yilganda:
Debet 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan hisoblashishlar»,
Kredit 6720-«Deponentlangan ish haqi».



Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling