15-ma’ruza: Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar. Reja


Xodimlarning ishlamagan davrlari uchun haq to’lash


Download 0.65 Mb.
bet98/106
Sana12.10.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1699827
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   106
Bog'liq
15-ma’ruza Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol ye-fayllar.org

Xodimlarning ishlamagan davrlari uchun haq to’lash. O’zbekiston respublikasi Soliq Kodeksning 175-moddasiga muvofiq mehnat ta’tili va quyidagi ishlanmagan vaqtlar uchun haq to’lash nazarda tutilgan:
1. Emizikli bolali onalarga beriladigan tanafus uchun;
2. Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik varaqalari va tug’ish ta’tillari bo’yicha;
3. Davlat topshiriqlarini bajarganlik uchun;
4. Mehnat ta’tili uchun.
Emizikli bolali onalarga beriladigan tanafuslar uchun to’lovlar. Bir yarim yoshgacha bolasi bor bo’lgan ishlovchi ayollarga qo’shimcha tanafuslar nazarda tutilgan. Bunday tanafuslar ish vaqtiga qo’shiladi va o’rtacha ish haqi miqdorida to’lanadi.
Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik varaqalari va tug’ish ta’tillari bo’yicha to’lovlar. Bunday to’lovlar korxonaning ijtimoiy sug’urta uchun ajratmalari hisobidan sog’liqni saqlash korxonalari tomonidan beriladigan va korxona kasaba uyushmasi tomonidan imzolangan kasallik varaqalari asosida hisoblanadi. Kasallik varaqalari bo’yicha to’lovlar miqdori xodimning mehnat staji va o’rtacha ish haqiga nisbatan belgilanadi. Agar hodim besh yilgacha uzluksiz mehnat stajiga ega bo’lsa, o’rtacha ish haqining 60foiz miqdorida, agar uning mehnat staji besh yildan ortiq bo’lsa, o’rtacha ish haqining 80foiz; miqdorida nafaqa berish belgilangan.
Quyidagi hollarda mehnat stajidan qa’tiy nazar nafaqa 100foiz miqdorida beriladi:
1. Kasbiy kasallikka chalingan xodimlarga;
2. Ishlayotgan Ulug’ Vatan urushi invalidlariga va invalidligi Ulug’ Vatan urushi invalidlariga tenglashtirilgan ishlovchilarga.
3. Qaramog’ida 16 yoshga to’lmagan uchtadan ortiq farzandi yoki 18 yoshgacha o’quvchisi bor ishlovchilarga;
4. Homilador va tug’riqdagi ayollarga.
Shunday imtiyozga qon topshiruvchi donorlar va majburiy tibbiy ko’rikdan o’tayotgan ishlovchilar ham ega.
O’rtacha ish haqini hisoblashda shu korxonaning ish haqi tizimida qo’llanilayotgan barcha to’lovlar inobatga olinadi:
1. Ishlovchilarning ishlagan vaqti uchun ta’rif stavkalari va ishbay rastsenkalar bo’yicha hisoblangan ish haqi hamda bajarilgan ishlar uchun mahsulotni sotishdan tushadigan tushumga nisbatan foiz hisobida hisoblanadigan ish haqi yoki vositachilik uchun beriladigan mukofot.
2. Ishlovchilarning malaka razriyadi, kasb malakasi, mehnat staji uchun ta’rif stavkalariga, lavozim okladlariga qo’shib to’lanadigan ustama va qo’shimcha to’lovlar;
3. Mehnat sharoitlari bo’yicha to’lovlar;
4. Yil yakuni bo’yicha to’lanadigan mukofotlar va mehnatga haq to’lash tizimida nazarda tutilgan boshqa har qanday to’lovlar.
Vaqtincha mehnat qobiliyatini yo’qotganligi uchun beriladigan yordam xodimning o’rtacha ish haqiga nisbatan beriladi. O’rtacha ish haqini hisoblashda shu korxona ish haqi tizimida qabul qilingan barcha to’lovlar hisobga olinadi, xususan:
1. Xodimning ta’rif stavkalari bo’yicha (lavozim okladlari bo’yicha) ishlagan vaqtiga va ishbay rastsenkalar bo’yicha bajargan ishiga;
2. Mahsulot, ishlar va xizmatlarni sotishdan olingan tushumga nisbatan foiz; hisobida yoki komissiya mukofotiga nisbatan;
3. Ta’rif stavkalariga, malaka razryadiga kasb mahoratiga va xizmat muddatidan ortiqcha ishlaganligi uchun ustama va qo’shimcha to’lovlar;
4. Mehnat sharoiti uchun qo’shimcha to’lovlar;
5. Mukofotlar, taqdirlashlar va xizmat muddatidan ortiqcha ishlaganligi uchun bir martalik to’lovlar va ish haqi to’lash tizimida nazarda tutilgan boshqa to’lovlar.
Xodimning o’rtacha ish haqi unga bir yilda hisoblangan ish haqidan va yil davomida haqiqiy ishlagan ish kunlariga nisbatan topiladi.
O’rtacha ish haqini hisoblashda hisob davridan quyidagi kunlar va summalar ayrib tashlanadi:
1. O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq xodimga ishlamagan vaqti uchun to’langan o’rtacha ish haqi summalari va kunlari;
2. Xodimning homiladorlik va vaqtincha mehnat qobiliyatini yo’qotganligi uchun olgan yordam pullari va kunlari;
3. Ish beruvchining aybi bilan bog’liq bo’lmagan bo’sh paytlar uchun to’lovlar va kunlari;
4. Xoddimga qo’shimcha berilgan to’lovli dam olish kunlari va summalari;
5. O’zbekiston mehnat qonunchiligi bo’yicha xodimga me’yordagi mehnat sharoitlaridan chetlanishlar bo’yicha berilgan qo’shimcha dam olish kunlari va to’lovlari.
Ishlovchiga to’liqsiz ish kunlari o’rnatilgan bo’lsa, o’rtacha ish haqi to’lov amalga oshirilayotgan davrgacha 12 oy davomida ishlagan ish haqini ishlagan kunlariga bo’lib topiladi. Agar xodim o’rtacha ish haqi topilayotgan davrda bir necha oy to’liq ishlamagan bo’lsa, o’rtacha ish haqi shu davrda hisoblangan haqiqiy ish haqini 26,4 ga ya’ni oyning o’rtacha ish kunlari soniga bo’lish yo’li bilan topiladi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling