15-ma’ruza: Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar. Reja


Download 0.65 Mb.
bet92/106
Sana12.10.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1699827
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   106
Bog'liq
15-ma’ruza Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol ye-fayllar.org

SHartli belgilar

Ko’rsatkichlar nomi


Kod

Ko’rsatkichlar nomi

Kod

1

Dam olish va bayram kunlari


В

1

Ma’muriyat ruxsati bilan ishga qatnash-magan kunlar


A

2

Kechalardagi ish vaqti


Н

2

O’qish bo’yicha dam olishlar


ВУ

3

Davlat oldidagi majburiyatlarni bajarish


Г

3

O’quv ta’tili



4

Keyingi va qo’shimcha mehnat ta’tili


O

4

Bayramda ishlangan kunlar


РП

5

Mehnatga layoqatsizlik


Б

5

Haqiqatda ishlangan kunlar


Ф

6

Tug’ish bilan bog’liq ta’tillar


Р




7

Navbatdan tashqari ish soatlari

С

8

Progullar


П



3.1- rasm. tabelda ish vaqtini hisobga olishda qo’llaniladigan shartli belgilar
Xodimning ishga kelmaganligi yoki kechiqib kelganligi haqidagi belgi tegishli tasdiqlovchi hujjat asosida qo’yiladi. Masalan: sud, harbiy kamisariat chaqiriq qog’ozi, kasalliq varaqasi, ishda bo’sh qolishlar «Bo’sh qolish varag’i»ga asosan, asosiy ish vaqtidan ortiqcha ishlash ustalarning yoki bo’lim boshliqlarining yozma bildirishnomalariga asosan.
Bajarilgan ishlarning hisobi ustalar, brigadirlar, bo’lim boshliqlari yoki korxona rahbarining yozma buyrug’i bilan tayinlangan boshqa xodimlar tomonidan olib boriladi.
Qo’shimcha to’lovlar quyidagi hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi:
1. Mahsulot ishlab chiqarish texnologik xaritasida nazarda tutilmagan ishlarni bajarish-alohida belgiga ega bo’lgan «Ishbay ish Naryadi» bilan;
2. Mo’tadil ish sharoitidan chetlanishlar uchun beriladigan qo’shimcha to’lovlar-brigada a’zolarining hammasiga yoki har bir ishchiga tuziladigan «Qo’shimcha to’lov varag’i» bilan. Qo’shimcha to’lov varag’ida asosiy ish bajarilganligini tasdiqlovchi hujjat raqami, qo’shimcha bajarilgan ishning mazmuni, sababi, aybdorlari va qo’shimcha to’lov rastsenkalari ko’rsatiladi;
3. Ishlovchilarning aybi bilan bog’liq bo’lmagan bo’sh qolishlar-«Bo’sh qolishlarni hisobga olish varag’i» bilan. Bu varaqda bo’sh qolishni boshlanishi, davomiyligi, sabablari, aybdorlari va to’lov shartlari ko’rsatiladi. Korxona aybi bilan bo’sh qolishlar uchun o’rtacha ish haqining uchdan bir qismidan kam bo’lmagan miqdorlarda haq to’lanadi. Ishlovchilarning aybi bilan sodir bo’lgan bo’sh qolishlar hujjatlashtirilmaydi va haq to’lanmaydi.
4. Tuzatib bo’lmaydigan yaroqsiz mahsulot «Yaroqsizlik dalolatnomasi» yoki «Yaroqsizlik qaydnomasi» bilan rasmiylashtiriladi va bu haqida ish haqi hisoblash bo’yicha foydalaniladigan dastlabki hujjatda qayd qilib qo’yiladi.
Mehnat natijalarini rasmiylashtirishning dastlabki hujjatlari quyidagi rekvizitlarga (ko’rsatgichlarga) ega:
1. Ish joyi yoki hujjat tuzilayotgan joy (tsex, bo’lim, uchastka, brigada);
2. Qaysi davr uchun tuzilganligi;
3. Ishning turi va razryadi;
4. Bajarilgan ishning miqdori va sifati;
5. Ish bajaruvchini (bajaruvchilarni) familiyasi ismi sharifi, tabel raqami, malakasi, razryadi;
6. Bir birlik ishni bajarish uchun vaqt me’yori va to’lov rastsenkasi;
7. Ishlovchilarning (ishlovchining) barcha bajargan ishlari uchun beriladigan ish haqi ;
8. Ish haqini qaysi xarajat hisobidan berilayotganligi haqidagi ma’lumot (belgi);
9. Bajarilgan ish bo’yicha sarflangan me’yor-soat miqdori.
Ish haqini hisobga olish bo’yicha tuzilgan barcha birlamchi hujjatlarga tegishli qo’shimcha hujjatlar (kasallik varaqasi, bo’sh qolishlarni to’lash varaqasi, yaroqsiz mahsulotlar to’g’risidagi dalolatnoma, chaqiriq varaqlari va boshqalar) ilova qilinib ish haqi hisoblash uchun korxona buxgalteriyasiga topshiriladi.



Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling