15-ma’ruza: Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar. Reja


§2. Ish haqi shakllari, turlari va ularni hujjatlashtirish


Download 0.65 Mb.
bet91/106
Sana12.10.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1699827
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   106
Bog'liq
15-ma’ruza Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol ye-fayllar.org

§2. Ish haqi shakllari, turlari va ularni hujjatlashtirish
Mehnatga haq to’lash-ish beruvchi korxonaning xodim va ishlovchilariga, ularning mehnatlari evaziga qonun va boshqa me’yoriy hujjatlarda hamda mehnat shartnomalarida, kontraktlarda va jamoa shartnomalarida nazarda tutilgan to’lovlar bo’yicha majburiyati bo’lib ish haqi sifatida namoyon bo’ladi.
Ish haqi-xodim va ishlovchilarning mehnatiga, ularning malakasi, bajaradigan ishining murakkabligi, miqdori, sifati va mehnat sharoitlarini inobatga olgan holda to’lanadigan rag’batlantiruvchi haq bo’lib, odatda, pul ko’rinishidagi milliy valyuta(so’m)da hamda xodimning yozma iltimosiga binoan qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va miqdorlarda boshqa ko’rinishlarda beriladi.
Iqtisodiy sub’yektlar faoliyatida ish haqi berishning vaqtbay, ishbay va akkord shakllaridan foydalaniladi. Bunda vaqtbay va ishbay ish haqlari oddiy-vaqtbay, mukofotli-vaqtbay, oddiy-ishbay, mukofotli-ishbay va mehnat qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa turlarga bo’linadi.
Korxonada ishlovchilarni mehnat natijalarini rasmiylashtirish uchun, bajarilayotgan ish turlarining, ish haqi to’lash shakllari va turlarining xususiyatlaridan kelib chiqib, quyidagi dastlabki hujjatlardan foydalaniladi:
1. Ish vaqtini hisobga olish tabeli;
2. Bajarilgan ishlar to’g’risida bildirishnoma;
3. Marshrut varag’i;
4. Mahsulot chiqarish to’g’risida qaydnoma;
5. Ishbay ish naryadi;
6. Bajarilgan ishlar qaydnomasi va boshqalar.
Ish vaqtini hisobga olish tabeliga korxonaning barcha ishlovchilari kiritiladi. Buning uchun ishga qabul qilingan har bir shaxsga, ish haqi bo’yicha barcha hujjatlarda ko’rsatiladigan tabel nomeri birktirib qo’yiladi. Ish vaqtini hisobga olish tabelida ishlovchining ishga kelishi, ketishi, ish paytida bo’sh qolishlari, ortiqcha ishlagan vaqti, shuningdek ishga kech qolib kelishi yoki ishga kelmasligi ma’lumotlar sabablari ko’rsatilgan holda keltiriladi.
«Ish vaqtini hisobga olish tabelini» buxgalteriya xodimi, brigadir yoki katta ustalar olib boradi. Ishni osonlashtirish uchun tabelda ish vaqtini hisobga olish uchun umum qabul qilingan quyidagi qisqartmalardan foydalaniladi:





Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling