15-ma’ruza: Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar. Reja


Faktoring operatsiyalarining turlari va faktoring


Download 0.65 Mb.
bet87/106
Sana12.10.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1699827
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   106
Bog'liq
15-ma’ruza Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol ye-fayllar.org

2 Faktoring operatsiyalarining turlari va faktoring
operatsiyalarini o’tkazish tartibi.
O’zbekiston Respublikasi hududida tijorat banklari tomonidan faktoring operatsiyalarini amalga oshirishning huquqiy asosi bo’lib, birinchi navbatda, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasida amal qiladigan qonun-qoidalar, tartiblar, ko’rsatiladigan xizmatlar va, xususan, tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga zid bo’lmasligi lozim. Konstitutsiyaning 5-bo’lim, 15-bobi «Moliya va kredit» deb nomlanib, unda O’zbekiston Respublikasi o’z moliya va pul- kredit tizimiga ega, deyilgan. SHu bilan birga, uning 124-moddada O’zbekiston Respublikasi bank tizimini Markaziy bank boshqarishi keltirib o’tilgan. SHuning uchun bank faoliyati bilan bog’liq qonunlar va ular bajaradigan operatsiyalar hamda ko’rsatadigan xizmatlar Markaziy bank tomonidan belgilab beriladi.
SHuningdek, faktoring operatsiyalarini amalga oshirish O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolik kodeksi”da belgilab qo’yilgan me’yorlar va talablarga mos kelshi va tartibga solinishi kerak. Fuqarolik kodeksining 23-bob (313-323-modda) va 42-bob (749-758-modda)larida faktoring operatsiyalarini amalga oshirishning huquqiy asoslari belgilab berilgan.
Fuqarolik Kodeksining 23-bobi “Majburiyatdagi shaxslarning o’zgarishi” deb nomlanadi. Bunda faktoring operatsiyalarini amalga oshirishning huquqiy asosi quyidagi moddalarda keltirib o’tilgan:
Majburiyat asosida kreditorga tegishli bo’lgan huquq (talab) uning tomonidan bitim bo’yicha boshqa shaxsga o’tkazilishi (talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish) yoki qonun asosida boshqa shaxsga o’tishi mumkin.
Kreditorning huquqlari boshqa shaxsga o’tishi uchun, agar qonun yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, qarzdorning roziligi talab qilinmaydi. Agar qarzdor kreditorning huquqlari boshqa shaxsga o’tganligi haqida yozma ravishda xabardor qilingan bo’lmasa, yangi kreditor shu tufayli kelib chiqqan o’zi uchun noqulay oqibatlar xavfini o’z zimmasiga oladi. Mazkur holda majburiyatning dastlabki kreditorga nisbatan bajarilishi tegishli kreditorga nisbatan bajarish deb hisoblanadi. Kreditor huquqlarining boshqa shaxsga o’tishi haqidagi qoidalar regress talablarga nisbatan qo’llanilmaydi.
O’zbekiston Respublikasi hududida tijorat banklari tomonidan faktoring operatsiyalarini amalga oshirish uchun O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki tomonidan maxsus nizom ishlab chiqilgan. Ushbu nizomda faktoring operatsiyalarini amalga oshirish tartibi va uning huquqiy asosi batafsil yoritilgan.
O’zbekiston Respublikasi hududida tijorat banklari tomonidan faktoring operatsiyalari O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi toomnidan tasdiqlangan va Adliya vazirligidan 2000 yil 3- avgustda 953-raqam bilan ro’yxatdan o’tgan “O’zbekiston Respublikasi hududida tijorat banklari tomonidan faktoring operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to’g’risida”gi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ushbu Nizom O’zbekiston Respublikasi Fukarolik kodeksining 313-323 va 749-758-moddalariga, "O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida", " Banklar va bank faoliyati to’g’risida", "Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 20 apreldagi 837-sonli "Eksport-import operatsiyalari bo’yicha valyuta nazoratini ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida", 2000 yil 2 iyundagi 2612-sonli "Jamiyatning siyosiy, iktisodiy va ma’naviy sohalarida islohotlarni erkinlashtirish va chukurlashtirish, mamlakat xavfsizligini ta’minlash dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi Farmonlariga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan.
Mazkur Nizomga ko’ra, faktoring – bu bank xizmatlarining bir turi bo’lib, bunda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar mol yetkazib beruvchini aktseptli to’lovchi tomonidan yetkazilgan tovarlar, ko’rsatilgan xizmatlar uchun ijro etilmagan to’lov talabnomalari asosida to’lovlarni talab qilib olish huquqini bank – moliya aktseptiga o’tkazib berishdir, regress huquqini olmagan holda.
Faktoring operatsiyalari bo’yicha to’lov hujjatlari hisobini yuritish uchun bank tomonidan kutilmagan holatlar hisobvaraqlarida 90966-"Xarid qilingan debitorlik qarzlari - Faktoring" shaxsiy hisobvarag’i ochiladi. Ushbu hisobvaraq debeti bo’yicha xarid qilingan debitorlik qarzlarining to’liq summasi aks ettiriladi, kredit bo’yicha esa to’lovchilar to’liq so’ndirgan xarid qilingan debitorlik qarzlari hisobdan chiqariladi.
Taraflar tomonidan faktoring (pul talabini berish) to’g’risidagi shartnoma imzolanganidan keyin bank-moliyaviy agent mablag’larni mijozning talab qilib olingungacha asosiy depozit hisobvarag’iga, diskont summasini chegirgan holda, o’tkazishni amalga oshiradi.
Mablag’larni mijozning talab qilib olingungacha asosiy depozit hisobvarag’iga o’tkazishni bank memorial-orderlar bilan amalga oshiradi, ular ikki nusxada rasmiylashtiriladi. Birinchi nusxa hisobvaraqlar bo’yicha buxgalteriya operatsiyalari amalga oshirilganidan keyin bankning kun hujjatlariga joylashtiriladi, ikkinchi nusxasi belgilangan tartibda mijozga yuboriladi. Mijoz hisob-kitob hujjatlarini rasmiylashtirishga qo’yiladigan barcha talablarga rioya etilishi, shuningdek, u tomonidan bankka berilgan pul talablari bo’yicha uning bank hisobvarag’iga biror-bir sabablar bilan hisoblab yozilgan mablag’larni o’z vaqtida o’tkazish uchun javobgardir.



Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling