15-ma’ruza: Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar. Reja


Tijorat banklarining faktoring operatsiyalari hamda uning mohiyati


Download 0.65 Mb.
bet84/106
Sana12.10.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1699827
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   106
Bog'liq
15-ma’ruza Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol ye-fayllar.org

1. Tijorat banklarining faktoring operatsiyalari hamda uning mohiyati.
Faktoring xizmati respublikamiz bank amaliyotida mavjud bo’lgan xizmat turlaridan biri hisoblanar edi.
Faktoring inglizcha factor degan so’zdan olingan bo’lib, vositachi, agent degan ma’noni anglatadi.
Faktoring – bu savdo-vositachilik operatsiyasining bir turi bo’lib, bunda fatkor kompaniyasi yoki tijorat banki tomonidan mol yetkazib beruvchining undirilmagan talablari, ya’ni debitor qarzdorligi regress huquqi bilan yoki regerss huquqisiz sotib olinadi. “SHu asnoda faktoringdan unumli foydalanish eng afzalidir. Faktoring kompaniyaari o’z faoliyatida asosan 3 xil usul bilan foydalanadi”,- deb iqtisodchi Priyanka Prakash o’zining fikrlarini bayon qilgan23.
Xalqaro amaliyotda faktoring ikki xil shaklda qo’llaniladi:
1. Faqat debitor qarzdorlikni inkasso qilish shaklida (invoice discounting).
2. Debitor qarzdorlikni moliyalashtirish bilan bog’liq bo’lgan barcha xizmatlarni ko’rsatgan holda (full factoring).
Faktoring kompaniyalari millionlab mijozlar bilan SHimoliy va Janubiy Amerikada, Yevropa va Osiyoda, Avstraliya va SHimoliy Afrikada ish olib bormoqdalar. 2013 yil ma’lumotiga ko’ra, dunyo bo’yicha faktoring biznesining 60 foizi Yevropaga, 9 foizi Amerika qit’asidagi mamlakatlarga, 27 foizi Osiyo mamlakatlariga, 3 foizi Avstraliya va Okeaniyaga, 1 foizi esa Afrika mamlakatlariga to’g’ri keladi24.
1968 yilda o’z ichiga dunyoning 53 mamlakatidan 150 a’zo- kompaniyalarni birlashtirib turuvchi Factors Chain International (FCI) yirik faktoring assotsiatsiyasi tashkil etildi. IFG tashkiloti kabi mazkur assotsiatsiya ham o’zaro ma’lumotlar almashishga xizmat qiluvchi EDIFACToring tizimini ishlab chiqdi.
2002 yil 31 yanvarda BMTning Bosh Assambleyasi «Xalqaro savdoda debitor qarzdorliklarni boshqa korxonalarga o’tkazilishini tartiblash to’g’risida»gi 56/81- sonli rezolyutsiyasini qabul qildi. Xalqaro faktoring operatsiyasi, shuningdek, FCI va IFG assotsiatsiyalari a’zolari tomonidan qabul qilingan «Xalqaro faktoring faoliyati»ning tartiblari (GeneralRulesforInternationalFactoring) orqali tartibga solinadi.
Faktoring operatsiyalari sotilgan tovarlar uchun to’lovni kechiktirish shaklida sotuvchilar tomonidan sotib oluvchilarga taqdim etiladigan tijorat krediti asosida vujudga kelgan. 1988 yil Xususiy xuquqni unifikatsiyalash xalqaro instituti tomonidan qabul qilingan “Xalqaro faktoring to’g’risida”gi konventsiyaga asosan, operatsiya quyidagi 4 ta talabdann kamida 2 tasini qondirsagina faktoring hisoblanadi. Ular quyidagilardir:
– qarz talablarini oldindan to’lash shaklidagi kreditlashning mavjudligi;
– mol yetkazib beruvchining debitorlik qarzini inkasso qilish;
– mol yetkazib beruvchini kredit riskidan sug’urtalash.
Faktoring to’g’risidagi Xalqaro konventsiyaga muvofiq, quyidagi korxonalarga faktoring xizmati ko’rsatilmaydi:
- kichik summada qarzdorligi mavjud, lekin debitorlarining soni ko’p bo’lgan korxonalarga;
- nostandart va tor ixtisoslashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarga;
- o’z mahsulotini sotishdan so’ng xizmat ko’rsatish shartnomasi asosida ish yurituvchi korxonalarga;
- o’z mijozlari bilan uzoq muddatli shartnoma asosida ish yurituvchi va shartnomaga asosan bajarilgan ma’lum ish hajmi uchun to’lov oluvchi korxonalarga.
Faktoring operatsiyalari korxonalarning filiallari, bo’limlari va jismoniy shaxslarning qarz majburiyatlari bo’yicha olib borilmaydi. “Faktoring o’zida moliyalashtirishni aks ettiradi, ya’ni biznes egalarini qarz majburiyatlarini uchinchi shaxsga belgilangan foiz asosida sotadi”25,- deb SHanon o’zining faktoring to’g’risidagi fikrlarini bildirgan.
Faktoring yangi bank xizmat turlaridan biri bo’lib hisoblanadi. SHuni ta’kidlab o’tish lozimki, faktoring bank uchun noan’anaviy xizmat turi hisoblanadi. CHunki, faktoring operatsiyasi bilan maxsus faktoring kompaniyalari ham shug’ullanadilar.





Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling