15-ma’ruza: Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar. Reja


Download 0.65 Mb.
bet24/106
Sana12.10.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1699827
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   106
Bog'liq
15-ma’ruza Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol ye-fayllar.org

Ysf = Sf-Fs-Bst,
Bu yerda:

Ysf-yilning sof foydasi (korxona ixtiyorida qoladigan foyda);


Sf-soliq to’lagunga qadar foyda;
Fs-foydadan to’langan soliq summasi;
Bst-foydadan boshqa soliqlar va to’loflar.
Sof foydaning qolgan qismi chiqarilgan aktsiyalarning turiga qarab va ularning imtiyozli shartlari asosida taqsimlanadi. Dastlab imtiyozli aktsiya egalariga oldindan kafolatlangan foizlarda to’lovlar, so’ngra oddiy aktsiya egalariga dividend foizlari va summalari ehlon qilinadi. Foydaning qolgan qismi korxona uchun taqsimlanmagan foyda yoki qoplanmagan zarar sifatida sifatida keyingi hisobot yiliga o’tkaziladi.


Korxona asosiy daromadlarini tan olish, baholash va hisobi
Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning moliya-o’jalik faoliyatlarini schyotlar rejasida mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan sof tushumni hisobga olish uchun quyidagi tranzit schyotlar belgilangan:
9010-«Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromad»;
9020-«Tovarlarni sotishdan olingan daromad»;
9030-«Bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar»;
9040-«Sotilgan tovarlarning qaytarilishi»;
9050-«Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar».
Yuqoridagi schyotlarda korxonaning asosiy faoliyatidan olingan sof tushumi sifatida quyidagilar aks ettiriladi:
1. Sanoat, qishloq xo’jaligi va boshqa tarmoqlar korxonalarining ishlab chiqargan tayyor mahsuloti va yarim tayyor mahsulotlarini sotishdan olingan daromadlar;
2. Sanoat tusidagi ish va xizmatlar;
3. Sanoat xarakteriga ega bo’lmagan ish va xizmatlar;
4. Sotib olingan buyumlar;
5. Qurilish-montaj, loyiha-qidiruv, geolog-razvedka, ilmiy-tadqiqot ishlarini sotishdan olingan daromadlar;
6. Savdo va ta’minot tashkilotlarining tovarlarni sotishdan olingan daromadlari;
7. Transport korxonalarining yo’lovchi va yuklarni tashishi bo’yicha xizmatlari;
8. Yengil avtomobillarni ijaraga berish va avtomashinalarni haydab olib borish xizmatlari;
9. Aloqa korxonalarining xizmatlari va boshqalar.
Daromadlarni tan olinishi quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari bilan rasmiylashtiriladi:
1. Korxona asosiy faoliyati(mahsulot sotish, ish bajarish, xizmat ko’rsatish)dan olingan daromadlar summasi aks ettirilganda:
Debet-4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar»,
Debet-4110-«Alohida balansga ajratilgan bo’linmalardan olinadigan schyotlar»
Debet 5000-«Kassadagi pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar»
Kredit-9010-«Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromadlar»,
Kredit-9020-«Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar»,
Kredit-9030-«Bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar».
2. O’tgan hisobot davrda olingan va joriy hisobot yiliga tegishli bo’lgan daromadlar (bo’nak) summasiga:
Debet-Pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar,
Kredit-6210-«Muddati uzaytirilgan daromad»
Kredit-6310-«Xaridor va buyurtmachilardan olingan bo’naklar».
3. Sotilgan mahsulotning qaytarib olinishiga:
Debet 9040-«Sotilgan mahsulotning qaytarilishi»
Kredit 5010-5700-«Pul mablag’lari schyotlari».
4. Qaytarib olingan mahsulot va tovarlarning tannarxiga (qizil storno yozuvi):
Debet-9110-«Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi»,
Debet-9120-«Sotilgan tovarlarning tannarxi»,
Debet-9130-«Bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlarning tannarxi»
Kredit-2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar»,
Kredit-2910-«Ombordagi tovarlar»,
Kredit-2920-«Chakana savdodagi tovarlar»
5. Qaytarib olingan mahsulot va tovarlar bo’yicha hisoblangan QQS summasiga:
Debet 6410-«Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (alohida turlari bo’yicha)»
Kredit 5110-«Hisob-kitob schyoti».
6. Hisobot davri oxirida aniqlangan yakuniy moliyaviy natijaga (9040-debet saldosiga):
Debet 9900-«Yakuniy moliyaviy natija»
Kredit 9040-«Sotilgan tovarlarning qaytarilishi».
7. Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar qoplanganda (9050 debet saldosiga):
Debet 9900-«Yakuniy moliyaviy natija»
Kredit 9050-«Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar».
8. Sotilgan tayyor mahsulot, tovarlar, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlar tannarxi to’g’risidagi axborotlar quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:
9120-«Sotilgan tovarlar tannarxi»;
9130-«Sotilgan ish va xizmatlar tannarxi»;
9140-«Davriy hisobda TMZlarni xarid qilish va sotish»;
9150-«Davriy hisobda TMZlar bahosiga tuzatishlar».
Ushbu schyotlarning debeti ko’payishni, krediti kamayishni ko’rsatadi. 9110, 9120, 9130 schyotlar tranzit schyotlar bo’lib hisobot davrining oxiriga qoldiq qolmaydi. Sotilgan tayyor mahsulot, tovarlar, bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar tannarxi quyidagi buxgalteriya o’tkazmalar bilan rasmiylashtiriladi:

1. Sotilgan tayyor mahsulot, tovarlar, bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar tannarxigi:


Debet 9110-«Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi»,
Debet 9120-«Sotilgan tovarlarning tannarxi»,
Debet 9130-«Bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlarning tannarxi»
Kredit 2010-«Asosiy ishlab chiqarish»,
Kredit 2810-«Ombordagi tayyor mahsulot»,
Kredit 2910-«Ombordagi tovarlar»
2. Hisobot davrining oxirida mahsulot, ish va xizmatlarning haqiqiy tannarxi bilan reja tannarxi orasidagi farqi tegishli schyotlarga o’tkaziladi. Bunda quyidagicha provodkalar beriladi:
-haqiqiy tannarxi bilan reja tannarxi orasidagi farq summasi ortiqcha qilingan xarajat bo’lsa:
Debet 2810-«Ombordagi tayyor mahsulot»,
Debet 2820-«Ko’rgazmadagi tayyor mahsulotlar»
Debet 9110-«Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi»,
Debet 9130-«Bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlarning tannarxi»
Kredit 2010-«Asosiy ishlab chiqarish»,
Kredit 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish»
-haqiqiy tannarxi bilan reja tannarxi orasidagi farq tejalgan summa bo’lsa, yuqoridagi provodkalar qizil storno yozuvi orqali reja tannarx haqiqiy tannarxga o’tkazib qo’yiladi:
Debet 2810-«Ombordagi tayyor mahsulot»,
Debet 2820-«Ko’rgazmadagi tayyor mahsulotlar»
Debet 9110-«Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi»,
Debet 9130-«Bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlarning tannarxi»
Kredit 2010-«Asosiy ishlab chiqarish»,
Kredit 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish»
3. Sotishdan olingan moliyaviy natija hisobot davri oxirida 9110, 9120, 9130-schyotlarining debet oborotlari bilan kredet oborotlarini solishtirish yo’li bilan aniqlanadi. Agar bu schyotlarning debet oboroti kredet oborotidan katta bo’lsa, foyda, agar, kichik bo’lsa, zarar.
4. Sotigan mahsulotning tannarxi yakuniy moliyaviy natijaga o’tkazilganda:
Debet 9910-«Yakuniy moliyaviy natija»
Kredit 9110-«Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi»,
Kredit 9120-«Sotilgan tovarlarning tannarxi»,
Kredit 9130-«Bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlarning tannarxi»
Shunday qilib hisobot yili davomida 9900-«Yakuniy moliyaviy natija» debetida mahsulot, ish va xizmatlarni sotish tannarxi, kreditida esa mahsulot, ish va xizmatlarni sotishdan olingan daromad aks ettiriladi. Hisobot yili yakunida 9900-«Yakuniy moliyaviy natija»-schyotida uning debet va kredit oborotlarini solishtirib mahsulot, ish, xizmatlarni sotishdan olingan yalpi foyda yoki zarar aniqlanadi.


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling