15-ma’ruza: Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar. Reja


Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar hisobi


Download 0.65 Mb.
bet27/106
Sana12.10.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1699827
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   106
Bog'liq
15-ma’ruza Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol ye-fayllar.org

Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar hisobi. Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlarga quyidagilar kiradi:
1. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan hisob stavkalari darajasida va ulardan ortiqcha olingan qisqa muddatli hamda uzoq muddatli kreditlar bo’yicha, shu jumladan to’lov muddati o’tgan va uzaytirilgan ssudalar bo’yicha to’lovlar.
2. Mulkni uzoq muddatli ijaraga olish (lizing) bo’yicha foizlarni to’lash xarajatlar.
3. Chet el valyutasi bilan muomalalar bo’yicha salbiy kurs tafovutlaridan zararlar.
4. Sarflangan (qimmatli qog’ozlarga, sho’ba korxonalarga va hokazolarga) mablag’larni qayta baholashdan ko’rilgan zararlar.
5. O’z qimmatli qog’ozlarini chiqarish va tarqatish bilan bog’liq xarajatlar.
6. Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar, shu jumladan salbiy diskont.
Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar hisobi quyidagi schyotlarda olib boriladi:
9610-«Foizlar ko’rinishidagi xarajatlar»;
9620-«Kurs farqlaridan zararlar»;
9630-«Qimmatli qotozlarni chiqarish va tarqatish bo’yicha xarajatlar»;
9690-«Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar».
Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar hisobi «Asosiy xo’jalik faoliyatidan olinadigan daromadlar» nomli 2-son BHMA, «Ijara hisobi» nomli 6-son BHMA, «Moliyaviy investitsiyalar hisobi» nomli 12-son BHMAlar bilan tartibga solinadi.
Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari bilan rasmiylashtiriladi:
1. Olingan kredit va qarzlar bo’yicha foizlarning hisoblanishi:
Debet 9610-«Foizlar ko’rinishidagi xarajatlar»
Kredit 6920-«Hisoblangan foizlar»
2. Moliyaviy lizing shartnomasi asosida olingan asosiy vositalar bo’yicha foizlarning hisoblanishi:
Debet 9620-«Kurs farqlaridan zararlar»
Kredit 6920-«Hisoblangan foizlar»
3. Hisobot davri oxirida moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlarning yakuniy moliyaviy natijaga o’tkazilishi:
Debet 9900-«Yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi schyotlar»
Kredit 9600-«Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar»
Moliyaviy faoliyatidan olinadigan boshqa daromadlarga quyidagi daromadlar kiradi: undirilgan yoki qarzdor tomonidan e’tirof etilgan jarimalar, penyalar, vaqtida to’lanmagan qarzlar va xo’jalik shartnomalari shartlarini buzganlik uchun boshqa xil jazo jarimalari, shuningdek yetkazilgan zararlarni undirish bo’yicha daromadlar; hisobot yilida aniqlangan o’tgan hisobot davri foydasi; ishlab chiqarish va mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish bilan bevosita bog’liq bo’lmagan operatsiyalardan renta daromadi, xo’jalik yurituvchi sub’yektlar huzuridagi oshxonalardan tushumlar, yordamchi xizmatlardan daromadlar sifatidagi kirim qilingan boshqa daromadlar; xo’jalik yurituvchi sub’yektning asosiy fondlarini va boshqa mol-mulklarini sotishdan olingan daromadlar; da’vo muddati o’tgan kreditorlik va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar; tovar-moddiy boyliklarni qayta baholash; davlat subsidiyalaridan daromadlar; xolisona moliyaviy yordam; boshqa muomala daromadlari.
Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:
9310-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishidan olingan foyda»;
9320-«Boshqa aktivlarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishidan olingan foyda»;
9330-«Undirilgan jarima, boqimanda va burdsizliklar»;
9390-«Boshqa operatsion daromadlar».
9340-«O’tgan yil foydasi»
9350-«Operativ lizingdan olingan daromad»;
9360-«Kreditorlik va deponentlik qarzlarini hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar»;
9370-«Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklarning daromadlari»;
9380-«Qaytarilmaydigan moliyaviy yordam».
9390-«Boshqa operatsion daromadlar»
Bu schyotlar tranzit schyot bo’lib, ularning kredit oboroti foydani, debet oborotlari esa foydani hisobdan chiqarishni bildiradi.
Moliyaviy faoliyatidan olinadigan boshqa daromadlar quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari bilan rasmiylashtiriladi:
1. Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishidan olingan foyda:
Debet 9210-«Asosiy vositalarning chiqib ketishi»
Kredit 9310-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishidan olingan foyda»
2. Boshqa aktivlarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishidan olingan foyda:
Debet 9220-«Boshqa aktivlarning chiqib ketishi»
Kredit 9320-«Boshqa aktivlarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishidan olingan foyda»
3. Shartnoma shartlarini buzganligi uchun undirilgan boqimanda, jarima va burdsizliklar:
Debet 4860-«Da’volar bo’yicha olinadigan schyotlar»
Kredit 9330-«Undirilgan jarima, boqimanda va burdsizliklar»
4. Xaridorlarga oldingi yillarda jo’natilgan mahsulot bo’yicha qaytadan hisoblash natijasida hisobot yilida olingan foyda:
Debet 4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar»
Kredit 9340-«O’tgan yil foydasi»
5. Da’vo muddati o’tgan kreditorlik va deponentlik qarzlarini hisobdan chiqarishdan olingan foyda:
Debet 6900-«Turli kreditorlarga bo’lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar»
Debet 6720-«Deponentlangan ish haqi»
Kredit 9360-«Kreditorlik va deponentlik qarzlarini hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar»
6. Qaytarilmaydigan pul mablag’larining kirim qilinishi:
Kredit-5100-«Hisob-kitob schyotidagi pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar» schyotining tegishli ikkinchi tartibli sintetik schyoti
Kredit-9380 «Qaytarilmaydigan moliyaviy yordam»
7. Inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha tovarlar va tayyor mahsulotlar:
Debet 2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar»
Debet 2910-«Ombordagi tovarlar»
Kredit 9390-«Boshqa operatsion daromadlar»
8. Hisobot davri oxirida asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlarning yakuniy moliyaviy natijaga o’tkazilishi:
Debet 9300-«Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar»
Kredit 9900-«Yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi schyotlar»



Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling