15-ma’ruza: Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar. Reja


Yillik (chorak, yarim yillik) hisobotlarni tuzish, ularni to’ldirish va taqdim etish tartibi


Download 0.65 Mb.
bet35/106
Sana12.10.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1699827
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   106
Bog'liq
15-ma’ruza Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol ye-fayllar.org

Yillik (chorak, yarim yillik) hisobotlarni tuzish, ularni to’ldirish va taqdim etish tartibi.
Choraklik va yillik hisobotlarni tuzishda, mulk egalarini investorlarni, kreditorlarni, aktsiyadorlarni, davlatning moliya va soliq idoralarini, korxona ta’sischilarini, tijorat banklarini va xalqaro standartlar hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining amal qilayotgan ko’rsatmalarini, O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonuni talablarini, O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi va boshqa me’yoriy hujjatlarda belgilangan talablarini e’tiborga olinishi kerak.
«Buxgalteriya hisobi to’grisida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq korxonalar quyidagi shakllaridan iborat bo’lgan yillik moliyaviy hisobotlar taqdim etadilar:
1. Buxgalteriya balansi-1-shakl;
2. Moliyaviy natijalar to’grisidagi hisobot-2-shakl;
3. Pul oqimlari to’grisidagi hisobot-4-shakl;
4. O’z sarmoyasi to’grisidagi hisobot-5-shakl;
5. Izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar.
Shuningdek, qonun hujjatlarida majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tishi belgilangan korxonalar moliyaviy hisobotlarga ilova shaklida buxgalteriya hisobotlarini ishonchliligini tasdiqlovchi auditorlik xullosasini ham taqdim etadilar.
Kichik korxonalar va mikrofirmalar buxgalteriya hisobining 20-sonli «Kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan soddalashtirilgan tartibda hisob yuritish va hisobotlar tuzish to’g’risida»gi milliy standartning 5.9 bandida belgilangan tartibga muofiq buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot va ilovalardan tashkil topgan moliyaviy hisobotni taqdim etadilar.
Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonunning 23 bandiga muvofiq sho’ba korxonalari, filiallari va vakolatxonalari bo’lgan korxonalar umumlashtirilgan moliyaviy hisobot tuzadi. Bu hisobotda sho’ba korxonalarga qo’shilgan hissalar bosh korxonaning moliyaviy hisobotida uning moliyaviy qo’yilmalari sifatida aks ettiriladi.
Huquqiy shaxslar o’z filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy bo’linmalarini mustaqil balansga ajratishlari mumkin bo’lib, ularning balanslari va boshqa hisobot shakllarini o’zlarining umumlashtirilgan hisobotiga kiritishlari shart. Umumlashtirilgan hisobotga bosh korxona, uning sho’ba korxonalari, filiallari va vakolatxonalarining moliyaviy hisobotlari ilova qilinadi. Umumlashtirilgan hisobot buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq tuziladi.
Yillik buxgalteriya hisobotiga tushuntirish xati ilova qilinadi.
Moliyaviy hisobotlarni bet qismida hisobotni tuzish sanasi, korxonaning nomi, tarmog’i, mulkchilik shakli, tashkiliy-huquqiy shakli va to’liq huquqiy manzili, uning tasarrufida mazkur korxona bo’lgan organning nomi, hisobotni tayyorlash chog’ida foydalanilgan o’lchov birligi va sub’yektni aniqlash uchun birktirilgan identifikatsiyalash raqami va boshqa rekvizitlar ko’rsatiladi. Hisobotning korxona faoliyati uchun tegishli bo’lmagan va to’ldirilmagan qatorlari chizib qo’yiladi.
Kalendar yilning 1-yanvardan 31-dekabrgacha bo’lgan oraliq hisobot davri deyiladi. Hisobot davrining so’nggi kalendar kuni hisobot sanasi bo’lib hisoblanadi. Masalan, yillik buxgalteriya balansi uchun 31-dekabr hisobot sanasi hisoblansa, moliyaviy natijalar to’grisidagi hisobot uchun 1-yanvardan 31-dekabrgacha bo’lgan davr hisobot davri bo’ladi. Buxgalteriya hisobotlarini tuzish vaqti bo’lib, hisobot davrining so’nggi kalendar kuni hisoblanadi. Tugatilayotgan yoki mulkchilik shakli o’zgartirilayotgan korxonalarning yillik hisoboti amal qilish davriga tuzadi. Yangi tuzilgan korxonalar uchun ular ro’yxatdan o’tgan oyning 1-kunidan, hisobot yilining 31 dekabriga qadar bo’lgan davr hisobot davri qilib belgilangan. Hisobot yilining 1-oktyabridan keyin tuzilgan korxonalar tashkil qilingan yil uchun hisobot tuzishdan ozod qilingan. Korxonaning moliyaviy hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 25-fevraldan kechiktirmay topshirishlari belgilab qo’yilgan.
Vazirliklar, idoralar va boshqa ayrim sub’yektlar uchun hisobotlarni taqdim etish davrini O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilaydi. Hisobotni qabul qiluvchi mahkama bilan bir shaharda joylashgan korxonalar uchun moliyaviy hisobotni tegishli idoraga topshirgan sana, boshqa shaharlarda joylashgan korxonalar uchun esa pochta idorasining shtempelida ko’rsatilgan sana, topshirish kuni bo’lib hisoblanadi. Hisobotni taqdim etish vaqti dam olish kuniga to’gri kelib qolgan hollarda taqdim etish muddati dam olish kunidan keyingi birinchi ish kuniga o’tkaziladi.
Hisobot shakllarining manzil qismi quyidagi tartibda to’ldiriladi: korxona rekvizitida-tasdiqlangan hujjat asosida, korxonaning ro’yxatdan o’tgan to’liq nomi, uning kodi (OKPO) esa korxona va tashkilotlar umumdavlat tasniflagichiga asosan ko’rsatiladi; tarmoq (faoliyat turi) rekvizitida-tarmoq nomi va uning kodi (OKONX) umumdavlat xo’jalik tarmoqlar guruhlashishiga asosan ko’rsatiladi; davlat mulkchiligining boshqaruvchi tashkiloti rekvizitida-davlat yoki munisipal korxona tarkibiga kiruvchi tashkilot nomi va buxgalteriya hisoboti topshirilayotgan tashkilot ko’rsatiladi; nazorat summasi rekviziti hisobotni qabul qilib oluvchi korxona tomonidan to’ldiriladi va balans umumiy summasi ko’rsatiladi.
Moliyaviy hisobotlar quyidagi joylarga taqdim etiladi: ta’sis hujjatlariga muvofiq mulk egalariga, davlat mulkini boshqarishga vakolat beradigan idoralarga, ishtirokchilarga, ta’sischilarga; sub’yekt ro’yxatdan o’tgan shahar, tuman davlat soliq xizmati idoralariga; davlat statistika organlariga; qonunga muvofiq-boshqa organlarga.
O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonunga binoan yillik va choraklik buxgalteriya hisobotlarini, mulkchilik shaklidan qa’tiy nazar, huquqiy shaxs hisoblangan korxonalar (chet el investitsiyalari bilan ishlaydigan korxonalaridan tashqari) kelgusi chorak hisobot oyining 25 kunidan, yillik hisobotni esa keyingi hisobot yilining 15-fevralidan kechiktirmay tegishli tashkilotlarga topshirishlari lozim. Chet el investitsiyalari bilan ishlaydigan korxonalar esa yillik hisobotni kelgusi hisobot yili 15-martidan kechiktirmay topshirishlari lozim.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling