15-ma’ruza: Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar. Reja
Moliyaviy hisobotlarga ilovalar, izohlar va tushuntirishlar
Download 0.65 Mb.
|
15-ma’ruza Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol ye-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hisobot shakllarining tuzilish tamoyillari
Moliyaviy hisobotlarga ilovalar, izohlar va tushuntirishlar
Moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim etishda korxonaning faoliyat xususiyatlari hisobga olinadi. Moliyaviy hisobot ma’lumotlaridan foydalanuvchilarni iqtisodiy qarorlar qabul qilishlarini ta’minlash uchun zarur bo’lgan axborotlar bilan ta’minlash maqsadida yillik moliyaviy hisobotlarga qo’shimcha ravishda ma’muriyat tomonidan maxsus yoki erkin shaklda izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar taqdim etiladi. Bu tushuntirish xatida korxona faoliyatini o’sishiga yoki pasayishiga ta’sir etgan omillar, yillik hisobot ma’lumotlarini tahlili natijalari bo’yicha qabul qilgan qarorlar, korxona foydasini taqsimlanishi, buxgalteriya hisobini auditorlik tekshiruv xulosasi keltiriladi. Bundan tashqari, yil boshiga tuzilgan boshlang’ich balans va hisobot yili uchun qabul qilingan hisob siyosatiga o’zgartirishlar kiritilgan bo’lsa, uning sabablari ko’rsatiladi. Shuningdek, moliyaviy hisobotlarga ilovalar, izohlar va tuzatishlarda korxonaning moliyaviy faoliyat natijalariga ta’sir qiluvchi, korxonani faoliyatiga ta’sir etuvchi moliyalash manbalari xatarlari, tashqi muhitdagi o’zgarishlarni sub’yekt faoliyatiga ta’siri va shu o’zgarishlar munosabati bilan ko’rilgan chora-tadbirlar va boshqa muhim axborotlar kabi omillar ham ochib beriladi. Hisobot shakllarining tuzilish tamoyillari Moliyaviy hisobotlarni tuzishda xo’jalik yurituvchi sub’yektlar O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan tasdiqlangan (26.07.1998 yil 17-17/86) va adliya vazirligi tomonidan ro’yhatga olingan (14.08.1998 yil 474) «Hisob siyosati va Moliyaviy hisobot» nomli buxgalteriya hisobi milliy standartida belgilangan tamoyillarga rioya qilishlari talab etiladi: hisoblab yozish tamoyili, ikkiyoqlama yozuv usuli bilan hisob yuritish, davomiylik, xo’jalik operatsiyalari, aktivlar va passivlarga pul bilan baho berish, ishonchlilik, ehtiyotkorlik, mazmunning shakldan ustunligi, ko’rsatkichlarning qiyosiyligi, moliyaviy hisobotning holisligi, aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy bahosi, hisobot davridagi daromadlar va xarajatlarning bir-biriga muvofiqligi, tushunarlilik, ahamiyatlilik, muhimlik, to’g’ri va beg’araz tasavvur, tugallik, izchillik, zamonaviylik, offsetting (moddalarning o’zaro hisobga olinishi), holislik, hisob siyosati. O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonun asosida ishlab chiqilgan va 1998-yil 14-avgustda 475-son bilan Adliya Vazirligida ro’yxatga olingan «Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning kontseptual (tamoyil) asoslari» nomli buxgalteriya hisobining milliy standartsi hisob yuritish hamda moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim etishning quyidagi tamoyillarini belgilab berdi: hisoblab yozish; ikkiyoqlama qayd etish usuli bilan hisob yuritish; uzluksizlik; xo’jalik muomalalari, aktivlar va passivlarni baholash; ishonchlilik; ehtiyotkorlik (konservatizm); mazmunning shakldan ustunligi; ko’rsatkichlarning qiyosiyligi; betaraflik; hisobot davri daromadlari bilan xarajatlarining muvofiqligi; aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy bahosi; tushunarlilik; ahamiyatlilik; muhimlilik; haqqoniy va holis taqdim; tuganlaganlik; izchillik; o’z vaqtida taqdim etish. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling