15-ma’ruza: Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar. Reja


Tayyor mahsulotlarni, bajarilgan ishlarni va xizmatlarni sotishni hamda boshqa har xil chiqib ketishlarini hisobga olish


Download 0.63 Mb.
bet54/105
Sana07.05.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1440134
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   105
Bog'liq
2 5208956230877321573

Tayyor mahsulotlarni, bajarilgan ishlarni va xizmatlarni sotishni hamda boshqa har xil chiqib ketishlarini hisobga olish. Ishlab chiqarish korxonalarida tayyor mahsulotlarni sotishni hisobi 9010-«Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar», 9030-«Ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatishdan daromadlar» schyotlarida hisobga olib boriladi. Tayyor mahsulotlar xaridorlarga ular bilan tuzilgan shartnomalar asosida yuklab jo’natiladi. Hisobchilikning jurnal-order shaklidan foydalanganda xaridorlarga jo’natilgan tayyor mahsulotlar va ularning har xil chiqib ketishlar 11-jurnal orderda quyidagi buxgalteriya o’tkazmalar bilan hisobga olinadi:
1. Asosiy, yordamchi tsexlardan va xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklardan tayyor mahsulotlar olinganda:
Debet 2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar»,
Kredit 2010-«Asosiy ishlab chiqarish»,
Kredit 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish»,
Kredit 2710-«Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar»,
2. Ishlab chiqarish xarajatlarini yarim tayyor mahsulotlar usulida hisobga olishda tayor mahsulotlar omborga qabul qilindi:
Debet 2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar»,
Kredit 2110-«O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar».
3. Ko’rgazmadagi tayyor mahsulotlar omborga qaytarib topshirilganda:
Debet 2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar»,
Kredit 2820-«Ko’rgazmadagi tayyor mahsulotlar».
4. Tayyor mahsulotlar qayta baholanganda:
-agar hisobga olish baholari oshsa:
Debet 2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar»,
Kredit 6230-«Boshqa kechiktirilgan daromadlar»
-agar hisobga olish baholari kamaysa:
Debet 3190-«Boshqa kelgusi davr xarajatlari».
Kredit 2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar».
5. Inventarizatsiya natijasida moddiy javobgar shaxs aybi bilan kamomad aniqlanganda:
Debet 4730-«Moddiy zararlarni qaytarish bo’yicha xodimlarning qarzi»
Kredit 2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar».
6. Tayyor mahsulotlarni xo’jalik maqsadlari uchun foydalanishga berish:
Debet 2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar»,
Debet 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish»,
Debet 2510-«Umum xo’jalik sarflari»,
Debet 2710-«Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar»,
Debet 9400-«Davr xarajatlari»schyotining tegishli ikinchi darajali sintetik schyoti.
Kredit 2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar».
7. Omborda aniqlangan yaroqsiz tayyor mahsulotlarni tuzatishga berish:
Debet 2610-«Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar»,
Kredit 2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar».
8. Inventarizatsiya natijasida aniqlangan kamomad aybdori aniqlanmaganda:
Debet 5910-«Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo’qotishlar»,
Kredit 2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar».
9. Tayyor mahsulotlarni kelgusi davr sarflari maqsadlari uchun berish:
Debet 3190-«Boshqa oldindan to’lanadigan sarflar»,
Kredit 2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar».
10. Tayyor mahsulotlarni ombordan ko’rgazmaga berish:
Debet 2820-«Ko’rgazmadagi tayyor mahsulotlar»,
Kredit 2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar».
11. Ombordan xaridorlarga tayyor mahsulotlar yuklab jo’natganda, xaridorlarga taqdim etilgan to’lovga:
Debet 4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar»,
Kredit 9010-«Tayyor mahsulotlarni sotishdan olinadigan daromad»,
Kredit 6410-«Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar».
12. Sotilgan tayyor mahsulotlarni tannarxi hisobdan chiqarilganda:
Debet 9110-«Sotilgan mahsulotning tannarxi»,
Kredit 2800-«Tayyor mahsulotlar hisobga olinadigan schyotlar» schyotining tegishli ikkinchi darajali sintetik schyoti.
13. a) Tayyor mahsulotlarni moliyaviy qo’yilmalar maqsadlari uchun berish:
Debet 0600-«Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar» schyotining tegishli ikkinchi tartibli sintetetik schyoti,
Debet 5800-«Qisqa muddatli investitsiyalar hisobga olinadigan schyotlar» schyotining tegishli ikkinchi tartibli sintetetik schyoti
Kredit 9010-«Tayyor mahsulotlarni sotishdan olinadigan daromad»
b) Tayyor mahsulotlarni moliyaviy qo’yilmalar maqsadlari uchun berish:
Debet 9110-«Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi»,
Kredit 2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar»,
4. Alohidalangan bo’linmalarga, sho’ba va qaram xo’jalik jamiyatlaridan tayyor mahsulotlar olinganda:
Debet 2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar»,
Kredit 4110-«Ajratilgan bo’linmalardan olinadigan schyotlar»
15. Alohidalangan bo’linmalarga, sho’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga tayyor mahsulotlarni berish:
Debet 4110-«Ajratilgan bo’linmalardan olinadigan schyotlar»
Kredit 2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar»
16. Tayyor mahsulotlarni qaytarib olmaslik sharti bilan xayriyaga berish:
Debet 9400-«Davr xarajatlari»schyotining tegishli ikinchi darajali sintetik schyoti,
Kredit 2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar».
17. Xaridorlardan sotilgan mahsulotlar uchun pullar korxona hisob-kitobga kirim qilinganda:
Debet 5110-«Hisob-kitob schyoti»,
Kredit 4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar»
Tayyor mahsulotlarning sintetik hisobi 11-jurnal orderda, analitik hisobi esa 16-qaydnomada yuritiladi.
16-qaydnomaning «Tayyor mahsulotning pul shaklidagi harakati» nomli birinchi bo’limida tayyor mahsulotlarning hisobot oyi boshiga va oxiriga qoldig’i, omborga qabul qilingani tayyor mahsulotlar korxonaning hisob siyosatida nazarda tutilgan baholarda hamda haqiqiy tannarxlarda ko’rsatiladi. Qaydnomaning «Jo’natilgan va sotilgan mahsulotlar» deb nomlangan ikkinchi bo’limida xaridor va buyurtmachilarga jo’natilgan mahsulotlarning analitik hisobi alohida xaridor va buyurtmachilar bo’yicha pozitsion usulda olib boriladi11. Qaydnomaning «To’langan va to’lanmagan schyotlar haqida umumiy ma’lumotlar» deb nomlangan bo’limida jo’natilgan va sotilgan mahsulotlar to’g’risida umumiy ma’lumotlar keltiriladi. Qaydnomaning 4-bo’limda soliq bo’yicha soliq idoralari bilan hisob-kitob ma’lumotlari keltiriladi.
16-qaydnoma va 11-jurnal-order ma’lumotlari asosida sotilgan mahsulotlarning moliyaviy natijasi aniqlanadi.


Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling