15-ma’ruza: Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar. Reja


§2. Tayyor mahsulot (ish, xizmat)lar harakatini hujjatlashtirish, ularni ombordagi va buxgalteriyadagi operativ-saldo hisobi


Download 0.63 Mb.
bet52/105
Sana07.05.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1440134
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   105
Bog'liq
2 5208956230877321573

§2. Tayyor mahsulot (ish, xizmat)lar harakatini hujjatlashtirish, ularni ombordagi va buxgalteriyadagi operativ-saldo hisobi
Tayyor mahsulotlarni harakatini hujjatlashtirish. Ishlab chiqarish korxonalarida tayyor mahsulotlar omborga ishlab chiqarish tsexlarida tuziladigan va tsex boshlig’i hamda ombor mudiri tomonidan imzolanadigan «Marshrut varaqlari», «Tayyor mahsulotlarni topshirish nakladnoyi», «Mahsulot topshirish qaydnomasi», «Bajarilgan ishlar to’g’risidagi bildirishnoma» va boshqa hujjatlar bilan qabul qilib olinadi. Bu hujjatlarda topshiruvchi tsexning nomi, hujjat raqami, mahsulot topshirilayotgan sana, mahsulotning nomi, nomenklatura raqami, o’lchov birligi, miqdori, reja tannarxi va tegishli moddiy javobgar shaxslarning imzosi ko’rsatiladi. Barcha hujjatlar ikki nusxada tuziladi. Hujjatlar moddiy javobgar shaxslar (tsex boshlig’i va ombor mudiri) tomonidan imzolangandan keyin, uning birinchi nusxasi tayyor mahsulotlarni topshirayotgan tsex boshlig’ida qoladi, ikkinchi nusxasi esa tayyor mahsulotlarni qabul qilib olgan ombor mudirida qoladi.
Tayyor mahsulotlar xaridorlarga «Tovar-transport nakladnoyi»9, «Yuk xati», «Schyot faktura» va boshqa shu kabi hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. Bu hujjatlarda korxonaning nomi, kodi, xaridor korxonaning nomi, kodi, hujjat raqami, mahsulot jo’natilayotgan sana, shartnoma raqami, sanasi, mahsulotning nomi, nomenklatura raqami, kodi, avtomashina, vagon, konteyner raqami, o’lchov birligi, miqdori, bahosi, tayyor mahsulotni jo’natayotgan korxonaning va xaridor korxonaning aloqa manzili, hisob-kitob, soliq to’lovchining kodi ko’rsatiladi. Barcha hujjatlar ikki nusxada tuziladi. Hujatlar moddiy javobgar shaxs, ombor mudiri, korxona rahbari va korxona bosh buxgalteri yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxslar tomonidan imzolangandan keyin, uning birinchi nusxasi tayyor mahsulotlar bilan birga xaridorga jo’natiladi.
Tayyor mahsulotlarni harakati rasmiylashtirilgan hujjatlar, ularning ombor va buxgalteriya hisobini tashkil qilishga hamda tayyor mahsulotlarning harakatini nazorat qilishga xizmat qiladi.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling