15-ma’ruza: Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar. Reja
-jadval Tayyor mahsulot va tovarlar tannarxi xarajatlari
Download 0.63 Mb.
|
2 5208956230877321573
27-jadval
Tayyor mahsulot va tovarlar tannarxi xarajatlari
Iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarida mahsulot va tovarlarni sotish xarajatlari davr xarajatlariga kiritiladi. Quyidagilar tayyor mahsulotlar va tovarlarni buxgalteriya hisobining vazifalari bo’lib hisoblanadi: 1. Tayyor mahsulotlar (bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlarni) va tovarlarni harakatini o’z vaqtida va to’g’ri hujjatlashtirish; 2. Tayyor mahsulotlar va tovarlarni omborlarda but saqlanishi ustidan tezkor operativ-saldo hisobini va inventarizatsiyani tashkil qilish; 3. Bajarilgan ishlar va xizmatlarni sifati va buyurtmachilarga o’z vaqtida topshirilishi ustidan nazorat o’rnatish; 4. Xaridorlar, mol yetkazib beruvchilar (ish va xizmat bajaruvchilar) bilan tuzilgan shartnomalarni bajarilishi ustidan nazorat o’rnatish; 5. Shartnoma baholarining ustidan nazorat o’rnatish va ularni ob’yektiv bo’lishini ta’minlash; 6. Moddiy javobgar shaxslarning (ombor mudirlarining) va ekspeditorlarning ishlari, xususan, ularning hisobotlarini buxgalteriyaga o’z vaqtida topshirilishi ustidan nazorat o’rnatish; 7. Mol yetkazib beruvchilar, xaridorlar va buyurtmachilar bilan sodir bo’ladigan hisoblashuvlarni o’z vaqtida amalga oshirish. 8. Debetor-kreditor qarzlarni sodir bo’lishiga yo’l qo’ymaslik, sodir bo’lgan debetor qarzlarni o’z vaqtida undirish, kreditor qazlarni esa o’z vaqtida to’lash; 9. Tayyor mahsulotlar (bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar)ni va tovarlarni buxgalteriyadagi sintetik va analitik hisobini to’g’ri tashkil qilish; 10. Sotilgan mahsulot (bajarilgan ishlar va xizmatlar) va tovarlar uchun olinadigan tushumni aniq hisobga olish va sotishning moliyaviy natijasini to’g’ri aniqlash va tahlil qilish. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling