15-ma’ruza: Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar. Reja
-ma’ruza: Kassa operatsiyalari hisobi
Download 0.63 Mb.
|
2 5208956230877321573
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korxona kassasidagi pul mablag’larni hisobi.
- Kassa xo’jaligi, uni tashkil qilish.
8-ma’ruza: Kassa operatsiyalari hisobi.
Reja: Kassa operatsiyalarini hujjatlashtirish. Kassadagi pul mablag‘larining sintetik hisobi. Kassani inventarizatsiya qilish, uning natijalarini rasmiylashtirish va hisobi. Korxona kassasidagi pul mablag’larni hisobi. Har bir tashkilot naqd pullarni saqlash va ular bo’yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun kassa xonasiga ega bo’lishi kerak. Naqd pul bilan hisob-kitoblarni amalga oshirmaydigan tashkilotlardan kassa xonasiga ega bo’lishlari talab etilmaydi. Korxonalarning kassadagi pul mablag’lari turli shakllarda (naqd pul, chek daftarchalariga qo’yilgan pul hujjatlari va boshqa shakllarda) bo’ladi. Kassada pul mablag’larini saqlash va sarflash qoidalari O’zbekiston Respublikasining «O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida»gi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan va O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 22-iyunda 2687-ro’yxat raqam bilan ro’yxatdan o’tkazilgan «Huquqiy shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari» bilan belgilanadi. Bunga ko’ra har bir korxona qonunchilikda belgilangan tartibda kassa xo’jaligi tashkil qiladi. Kassa xo’jaligi, uni tashkil qilish. Kassa xo’jaligi pul mablag’larini saqlash va korxonada naqd pul bilan hisoblashuvlarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan kassa xonasi, naqd pul va unga tenglashtirilgan qimmatli qog’ozlarni saqlash uchun temir sandiqlar, aholidan naqd pullarni olish uchun kassa apparati hamda kassirlarning faoliyat olib borishlari uchun zarur bo’lgan jihozlar va vositalar majmuidan tashkil topadi. Kassa xo’jaligini jihozlashga, pullarni kassa xonasida to’liq saqlanishiga, ularni bank muassasidan korxona kassasiga olib kelishga va kassadagi o’rnatilgan limitdan ortiqcha pullarni bank muassasiga topshirishga korxona rahbarlari mahsul. Kassa xonasi, kassirlarni ishlashlari uchun stol va stullar, pul mablag’larini va hujjatlarini saqlash uchun temir shkaf, kabi jihozlarga ega bo’lishi lozim. Xona eshiklari va derazalari temir panjara bilan himoya qilingan bo’lishi talab etiladi. Shuningdek, kassa xo’jaligi qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda sug’urtalanishi va texnika-smeta hujjati bilan rasmiylashtirilgan yong’inga qarshi signalizatsiya va aloqa vositalari bilan muhofaza qilingan bo’lishi lozim. Operatsiyalarni amalga oshirish paytida kassa xonasining eshiklari ichkari tomondan qulflanishi talab etiladi va kassa ishlariga dahldor bo’lmagan shaxslarning xonaga kirishi man etiladi. Barcha naqd milliy va xorijiy valyutalar, pochta markalari, chek kitobchalari, bank sertifikatlari, obligatsiyalari, aktsiya qog’ozlari va ularga tenglashtirilgan boshqa qimmatli qog’ozdar saqlanadigan metall shkaf (seyf)lar ish kuni tugaganidan so’ng qulflanadi va kassirning imzosi qo’yilib muhrlanadi. Kassirning muhri va metall shkaf (seyf)larning kalitlari kassirlarda saqlanadi. Kalitlar va muhrlarni turli joylarda qoldirish, begona shaxslarga berish yoki ularning hisobga olinmagan dublikatlarini tayyorlash taqiqlanadi. Metall shkaf (seyf)lar turgan xonalarning eshiklarini ochiq qoldirish yoki ularning eshiklarida kalitlarni qoldirish man etiladi. Kalitlarning dublikatlari xaltalarga solinib, kassirlar tomonidan muhrlanib, tashkilot rahbarida saqlanishi lozim. Tashkilot rahbarining buyrug’iga asosan tuzilgan komissiya tomonidan har chorakda kamida bir marta kalitlarning hisobda turgan dublikatlari nazorat tekshiruvidan o’tkaziladi. Ushbu tekshiruv davomida kalitning yo’qolganligi aniqlangan hollarda, tashkilot rahbari bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar beradi va zudlik bilan metall shkaf (seyf)ning qulfini almashtirish choralarini ko’radi. Kassir har ish kunining boshida kassa eshigini ochishdan oldin, eshik qulfini, qulfdagi muhrlarning butligini, xonaning deraza va panjaralarini hamda signalizatsiya, yong’inga qarshi vositalarining soz holatda ekanligini tekshirib, bunga ishonch hosil qilishi kerak. Eshik qulfini, eshik, deraza va ularning temir panjaralarning buzilganligi, sindirilganligi yoki qulfning muhri shikastlanganligi aniqlangan hollarda, zudlik bilan tashkilot rahbariga xabar berishi kerak. Tashkilot rahbari bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishi va ular yetib kelgunga qadar kassani qo’riqlash choralarini ko’rishi lozim. Kassirga ishga tayinlanganligi to’g’risida buyruq chiqarilganidan keyin, tashkilot rahbari kassirni «O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida»gi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan va O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 22-iyunda 2687-raqam bilan ro’yxatdan o’tkazilgan «Huquqiy shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari» bilan tanishtiradi va u bilan to’liq moddiy javobgarlik to’g’risida shartnoma tuzadi. Kassa muomalalarini olib borish kassirlar zimmasiga yuklatilgan, o’ziga topshirilgan ishni boshqa shaxslarga ishonib topshirishi taqiqlanadi. Kassirlar, saqlashga qabul qilgan qiymatliklarni (pullar, boshqa davlatlarning valyutalari, pochta markalari, aktsia qog’ozlari, obligatsiyalar, chek kitobchalari va boshqa mavjud bo’lgan qimmatli qog’ozlar) but saqlanishi uchun to’liq moddiy javobgar bo’ladilar. Shtatlar jadvalida kassirlik lavozimi nazarda tutilmagan kichik korxona va mikro firmalarda kassirlik vazifasini korxona rahbarinig yozma buyrug’i va ular bilan tuzilgan shartnomaga binoan bosh buxgalter yoki boshqa xodim bajaradi. Tarkibiy bo’linmalari yoki markazlashmagan buxgalteriyasi bo’lgan tashkilotlarda ish haqi, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari, stipendiyalar, pensiya va mukofotlarni to’lash vazifasi tashkilot rahbarining buyrug’i (qarori)ga muvofiq to’liq moddiy javobgarlik to’g’risida shartnoma asosida qo’shimcha jalb qilingan vaqtincha kassirlik vazifasini bajaruvchi boshqa shaxslarga ham yuklatilishi mumkin. Agar korxonada bitta kassir faoliyat ko’rsatsa, alohida hollarda19, korxona rahbarining yozma buyrug’iga binoan kassirlik vazifasi boshqa shaxslarga yuklatiladi. Ular bilan to’liq moddiy javobgarlik to’g’risida shartnoma tuziladi. Kassani qabul qiluvchi kassir kassadagi qiymatliklarni korxona rahbari va bosh buxgalteri yoki ular tomonidan buyruq bilan tayinlangan komissiya ishtirokida sanab dalolatnoma bilan qabul qilib oladi. Dalolatnoma uni tuzishda ishtirok etgan shaxslar tomondan imzolanadi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling