15-ma’ruza: Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar. Reja


-jadval Kirim kassa orderlarini qayd qilish jurnali


Download 0.63 Mb.
bet67/105
Sana07.05.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1440134
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   105
Bog'liq
2 5208956230877321573

1-jadval
Kirim kassa orderlarini qayd qilish jurnali





Hujjat raqami va sanasi

Kimdan qabul qilindi

Summa, sum.

Kirimning maqsadi

23

P/o № 23 ot 16.05.2011

Rashidov R.R.

1240000

May oyining birinchi yarmi uchun ish xaqi











Rasmiylashtirilgan kassa chiqim orderlarining hisobi 2.6-jadvalda keltirilgan «Kassa chiqim orderlarini qayd qilish jurnali»da hisobot yili davomida xronologik ketma-ketlikda qayd qilib boriladi.




2-jadval
Chiqim kassa orderlarini qayd qilish jurnali





Hujjat raqami va sanasi

Kimga berildi

Summa, sum.

To’lovning maqsadi

26

R/o № 26 ot 05.05.2011

Kerimovga K.K.

7000

Kantselyariya mollarini sotib olish uchun











Naqd pullar kassa chiqim orderi bo’yicha ishonchnoma asosida berilayotgan bo’lsa, kassa chiqim orderiga ishonchnomada ko’rsatilgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi yoziladi. Agar, naqd pullar, to’lov qaydnomasi bo’yicha ishonchnoma asosida berilayotgan bo’lsa, to’lov qaydnomasiga «Ishonchnoma asosida» deb yozib qo’yiladi va ishonchnoma kassa chiqim orderiga yoki to’lov qaydnomasiga ilova qilinadi.


Ish haqi, moddiy yordamlar, mukofot, pensiya, stipendiya va mehnat qobiliyatini yo’qotgani uchun nafaqalar, kassadan, qaydnomalar bilan beriladi, har bir shaxsga alohida kassa chiqim orderi to’ldirilmaydi. Qaydnomaning titul varag’iga, pul berishga ruxsat etilganligi to’g’risidagi yozuv, pullarni tarqatish muddati va summasi qayd qilinib, titul varaq, tashkilot rahbari va bosh buxgalter tomonidan imzolanib, korxona muhri bilan tasdiqlanadi. Xodimlar pulni olishlarida to’lov qaydnomasiga imzo chekadilar. Agar pullar ishonch qog’ozlari bilan berilayotgan bo’lsa, to’lov hujjatida pul oluvchining familiyasidan keyin, pulni olishga ishonch bildirilgan shaxsning ismi sharifi va familiyasi yozib qo’yiladi. Shuningdek kassir ishonch bildirilgan shaxsning imzosini oldiga «Ishonchnoma bilan» deb yozib qo’yadi. Ishonchnoma kassirda qoladi va to’lov hujjatiga ilova qilinadi.
Ish haqi, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari, stipendiyalar, pensiya va mukofotlar uchun olingan naqd pullar tarqatilmay qolgan hollarda, kassirlar: qaydnomada pul olmagan har bir shaxsning familiyasi ro’parasiga «deponentga o’tkazilgan» deb yozib qo’yadi yoki shtamp bosadi; deponentga o’tkazilgan shaxslar bo’yicha reestr tuzib, reestrning jamiga bitta umumiy kassa chiqim orderi tuzadi; tarqatilmagan pullarni korxonaning hisob-kitob schyotiga o’tkazish uchun bankka topshiradi; to’lov qaydnomasining shu maqsad uchun ajratilgan rekvizitida, qaydnoma bo’yicha jami to’langan va deponentga olingan summani yozib o’z imzosi bilan tasdiqlaydi; qaydnoma bo’yicha amalda to’langan summalarga kassa chiqim orderi tuzadi va uning raqamini qaydnomaga yozib to’rtburchak shtamp bilan tasdiqlaydi.
Bir nechta kassirlar xizmat ko’rsatadigan yirik korxonalarda, ish haqi, moddiy yordam, mukofot, pensiya, stipendiya va mehnat qobiliyatini yo’qotganligi uchun nafaqalar tarqatish uchun bo’lim, tsex, filial kassirlariga bergan pullarni, tarqatilmay qolgan pullarni qoldig’ini va hujjatlar bilan tasdiqlangan tarqatilgan pullarni hisobga olish uchun, bosh kassir kassirlar olgan va tarqatgan pullarni hisobga olish kitobi yurgizadi. Bu kitobda bo’lim, tsex va filial kassirlariga bergan, tarqatilmay qolgan pullar qoldig’i hamda hujjatlar bilan tasdiqlangan tarqatilgan pullar alohida kassirlar bo’yicha hisobga olinadi.
Ish haqi, moddiy yordamlar, mukofot, pensiya, stipendiya va mehnat qobiliyatini yo’qotgani uchun nafaqa berish to’lov qaydnomalari bo’yicha kirim va chiqim kassa orderlari ular berilgandan keyin rasmiylashtiriladi. Deponentlashtirilgan pullar kassa chiqim orderi bilan bank muassasiga topshiriladi.
Buxgalteriya xodimlari, kassir hisobotlarini qabul qilib olishda, to’lov qaydnomalari bo’yicha berilgan pullarni to’g’ri berilganligini, pul oluvchilarning imzolari bo’yicha tekshiradi, deponentga o’tkazilgan summalarning to’g’ri aks ettirilganligini nazorat qiladi, qaydnomani jamini qayta hisoblab chiqadi.
Auditorlik tekshiruvlarida pul oluvchining imzosi bilan tasdiqlanmagan kassa chiqim orderi aniqlanganda kassadan berilgan bunday pullar kamomad hisoblanadi va kassirdan undirib olinadi yoki kassa kirim orderlari bilan tasdiqlanmagan naqd pullar kassadagi ortiqcha pul hisoblanadi va korxona daromadiga olinadi.
Korxona kassasida xizmat ko’rsatuvchi bank tomonidan xo’jalik maqsadlari uchun, safar xarajatlariga beriladigan bo’naklar va boshqa unchalik katta bo’lmagan to’lovlar uchun, shuningdek, ish haqi, moddiy yordam, mukofot, pensiya, stipendiya va mehnat qobiliyatini yo’qotgani uchun nafaqalar berish davrida kassada uch kun muddatga limitdan ortiqcha pullarni saqlashga ruxsat beriladi.
Kassadagi naqd pullar qoldig’ining limiti hisobot yilining har choragiga hisobot davrida kassaga kirim qilinadigan naqd pullarning miqdori va ularni bankka topshirish muddatlaridan kelib chiqib o’rnatiladi. Buni matematik modulini quyidagi formula bilan ifodalash mumkin:



Bu yerda:


L-kassadagi naqd pullar qoldig’ining limiti;
V-hisobot davrida kassaga kirim qilinadigan naqd pullar massasi;
P-hisobot davrining ish kunlari;
N-naqd pullarni bankka topshirish muddati;
Kassadagi limitdan ortiqcha naqd pullar korxonaning bankdagi hisob-kitob schyotidga quyidagi tartibda topshiriladi:
1. Korxonaga xizmat ko’rsatuvchi bankning kassasiga topshirish yo’li bilan;
2. Inkassatorlar orqali;
3. Aloqa korxonalari orqali;
Kassa muomalalarini inventarizatsiya qilish.
Tashkilot kassasida O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan 1999 yil 19-oktabrdagi EG/17-19-2075-son bilan tasdiqlangan, Adliya Vazirligi tomonidan 1999 yil 2-noyabrdagi 833-son bilan ro’yxatga olingan 19-son «Inventarlashni tashkil etish va o’tkazish» to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standarti» talablari doirasida pul mablag’lari, pul hujjatlari, qiymatliklari va qat’iy hisobdagi blankalar har oyda bir marta birma-bir qayta sanalib, tekshirilishi shart.
Kassada taftish o’tkazish uchun tashkilot rahbarining buyrug’i bilan komissiya tuziladi. Komissiya a’zolari inventarizatsiyani boshlashdan oldin moddiy javobgar shaxsdan pul va unga tenglashtirilgan mablag’larni kassada but saqlanganligi haqida tilxat oladi.
Inventarizatsiya o’tkazish komissiyasi a’zolari kassadagi naqd pullar, qimmatli qog’ozlar va boshqa qimmatliklarni birma-bir to’liq qayta sanash yo’li bilan tekshirib, ularni haqiqiy miqdorlarini ikki nusxada tuziladigan dalolatnoma bilan rasmiylashtiradilar. Dalolatnoma komissiya a’zolari va moddiy javobgar shaxs tomonidan imzolanadi. Dalolatnomaning bir nusxasi tashkilot buxgalteriyasiga topshiriladi, ikkinchi nusxasi moddiy javobgar shaxsda qoladi. Moddiy javobgar shaxslar almashganda, dalolatnoma uch nusxada tuziladi, bir nusxasi naqd pul va boshqa qimmatliklarni topshirgan moddiy javobgar shaxsga, ikkinchi nusxasi naqd pul va boshqa qimmatliklarni qabul qilib olgan moddiy javobgar shaxsga, uchinchi nusxasi tashkilot buxgalteriyasiga topshiriladi.
Kassa operatsiyalarini olib borish avtomatlashtirilgan sharoitida inventarizatsiya komissiyasi a’zolari kassa hujjatlariga ishlov berish dasturlarini to’g’ri tuzilganligini va hisoblash texnikalarini to’g’ri ishlashini tekshirib ko’radi.
Kassir hisobotini tuzish, topshirish, tekshirish va kassa operatsiyalarini sintetik hisobi.
Tashkilotning naqd puldagi barcha tushum va chiqimlari kassa kitobida hisobga olinadi (2.7-jadval).
Har bir tashkilot faqat bitta kassa kitobi yuritadi. Ushbu kitobning varaqlari raqamlangan, tiqilgan va tashkilot muhri bilan muhrlangan (muhr mavjud bo’lgan taqdirda) bo’lishi lozim. Muhr izi tushirilgan qog’ozning ikkala tomoniga yelim surtiladi, kitobga muhr bosilganidan keyin yana bir qavat yelim surtiladi.
Kassa kitobidagi yozuvlar qora qog’oz vositasida sharikli ruchka yoki siyoh bilan 2 nusxada yoziladi. Bunda varaqlarning birinchi nusxasi kassa kitobida qoladi, qirqiladigan ikkinchi nusxasi kassir hisoboti vazifasini bajaradi.
Kassir kassa orderlari bo’yicha naqd pulning olinishi yoki berilishini kassa kitobiga darhol yozib qo’yadi. Ish kuni oxirida kassa kitobining kirim va chiqim ustunlarida amalga oshirilgan yozuvlarning jamini chiqaradi. Hisobot bo’yicha kassa qoldig’ini topadi. Qodiqni kassa kitobining keyingi ish kuni varag’iga ko’chirib yozadi va kassa kitobi varaqlarini imzolaydi. Kassa kitobining kassir hisoboti sifatida ajratib olinadigan ikkinchi varag’ini (kassa kitobidagi bir kunlik yozuvlar nusxasini), ajratib olib, kassa kirim va chiqim orderlarini hamda kassa muomalalarini haqiqatda sodir bo’lganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarini ilova qilgan holda kassir hisoboti sifatida buxgalteriyaga topshiradi.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling