15-ma’ruza: Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar. Reja
Kassa muomalalarini hujjatlashtirish
Download 0.63 Mb.
|
2 5208956230877321573
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-chizma. Kassa muomalalarini amalga oshirish jarayoni
- 1-rasm. Kassa kirim orderi namunasi
- 2-rasm. Kassa chiqim orderi namunasi
Kassa muomalalarini hujjatlashtirish. Kassa muomalalarini birlamchi hujjatlar bilan rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobini tashkil qilishda, idoralararo foydalaniladigan quyidagi namunaviy hujjatlardan va hisob registrlaridan foydalaniladi:
1. № KO-1 shaklidagi «Kassa kirim orderi»; 2. № KO-2 shaklidagi «Kassa chiqim orderi»; 3. KO-3 shaklidagi «Kirim va chiqim kassa orderlarini qayd qilish jurnali»; 4. KO-4 shaklidagi «Kassa kitobi»; 5. KO-5 shaklidagi «Kassir qabul qilgan va berib yuborgan pul mablag’larini hisobga olish kitobi»; 6. 1-sonli jurnal-order va qaydnoma. Kassa muomalalarini amalga oshirish 2.1-chizmada keltirilgan. 1-chizma. Kassa muomalalarini amalga oshirish jarayoni Kassaga naqd pullarni qabul qilish bosh buxgalteri yoki moliyaviy ishlar bo’yicha rahbar o’rinbosari va kassir tomonidan imzolanadigan, korxona muhri y oki kassir shtampi bilan tasdiqlanadigan kassa kirim orderi bilan rasmiylashtiriladi (2.1-rasm). Kassa kirim orderi ikki qismdan iborat bo’lib uning ikkinchi qism kassa kirim orderiga kivitantsiya deb nomlanadi va pul topshirgan shaxsga yirtib beriladi. 1-rasm. Kassa kirim orderi namunasi Kassadan naqd pullarni chiqim qilish, rekvizitlari to’ldirilgan, to’rtburchak shtamp bosilgan va tashkilot rahbari va bosh buxgalter tomonidan imzolangan kassa chiqim orderi, 2.2-rasm, yoki to’lov qaydnomalari bilan amalga oshiriladi. 2-rasm. Kassa chiqim orderi namunasi Kassa kirim va chiqim orderlari bilan pul olinganda yoki to’langanda, kassirlar hujjatda vakolatli shaxslarning imzosi qo’yilganligiga20, to’g’ri rasmiylashtirilganligiga, hujjatlarda qayd etilgan ilovalarning mavjudligiga e’tibor berishi kerak. Agar chiqim kassa orderiga ilova qilingan hujjatda, masalan, xodimning safarga borish haqidagi arizasida, korxona rahbarining ruxsat berilganligi haqidagi imzosi bo’lsa, tegishli summani berish uchun chiqim kassa orderida rahbarning imzosi bo’lishi shart emas. Ushbu talablarga javob bermaydigan kassa kirim va chiqim orderlari belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun buxgalteriyaga qaytariladi. Xo’jalik muomalalarining summalari, kassa kirim va chiqim orderlarida so’z va raqam bilan yoziladi. Kassa chiqim orderi bilan pul berilganda, kassir pul oluvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini (pasportini, yashash joyi ma’lumotnomasini, ish joyi guvohnomasini, harbiy xizmatchilar uchun harbiy biletini va boshqalar shaxsini tasdiqlovsi hujjatlarni) talab qilib, hujjatning seriya va tartib raqamini, uning qaysi tashkilot tomonidan va qachon berilganligini kassa chiqim orderiga yozib qo’yadi. Kassa kirim va chiqim orderlari yoki kassa muomalalari rasmiylashtiriladigan boshqa barcha birlamchi hujjatlar qo’lda yoki hisoblash texnikasi yordamida xatosiz va aniq to’ldirilishi talab etiladi. Pul mablag’lari rasmiylashtiriladigan barcha birlamchi hujjatlarda o’chirib yozish, yozuvlarni o’chirish va yozuvlarga tuzatishlar kiritish qa’tiyan man etiladi. Xatolikka yo’l qo’yilgan hollarda xato yozilgan hujjat yirtib tashlanib, yangisi to’ldiriladi. Agar xato to’ldirilgan hujjat qa’tiy hisob blankasi bo’lsa, ular annulirovat qilinib kassada saqlanadi. Pul mablag’lari kassa kirim va chiqim orderlari bilan ular tuzilgan sanada qabul qilinadi va beriladi. Agar kassa orderiga tuzatishlar kiritilgan bo’lsa, tuzatish uchun asos ko’rsatilgan holda kassa kirim va chiqim orderlari to’ldiruvchi shaxs tomonidan «Kassa kirim va chiqim orderlarini qayd etish jurnali»da ham tuzatishlar kiritiladi. Kassa kirim va chiqim hujjatlarini qayd qilish hisoblash texnikasi vositasida ham amalga oshirilganda mashinagramaga «Kirim va chiqim kassa orderlarini qayd qilish qo’shimcha varag’i» ilova qilinadi. Qo’shimcha varaq pul mablag’laridan maqsadli foydalanilayotganligini nazorat qilish uchun asos bo’ladi. Kassirlar pullarni kassa orderlari bo’yicha qabul qilishni va berishni ular rasmiylashtirilgan kunda amalga oshiradilar. Kassa kirim chiqim orderlari kassir tomondan imzolanadi hamda «To’landi» yoki «Kirim qilindi» deb yozib qo’yiladi yoki shtampi bosiladi. Rasmiylashtirilgan kassa kirim orderlarining hisobi 2.5-jadvalda keltirilgan «Kassa kirim orderlarini qayd qilish jurnali»da hisobot yili davomida xronologik ketma-ketlikda qayd qilib boriladi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling