15-ma’ruza: Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar. Reja


T/r Xo’jalik muomalalarining mazmuni


Download 0.63 Mb.
bet63/105
Sana07.05.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1440134
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   105
Bog'liq
2 5208956230877321573

T/r

Xo’jalik muomalalarining mazmuni

Schyotlarning bog’lanishi



Debet

Kredit



1

Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi

9110

2810 - 2830

2

CHiqib ketayotgan hayvonlarning tannarxi

9110

1110, 1120

3

Sotilgan o’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlarning tannarxi

9110

2110

4

Sotilgan tovarlarning tannarxi

9120

2910-2990

5

Asosiy, yordamchi ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatuvchi xo’jalik tsexlarining bajargan ishlari va ko’rsatgan xizmatlarining tannarxi

9130

2010, 2310, 2710

6

Tovar-moddiy zaxiralarni sotib olish (TMZni davriy hisobga olish uslulida)

9140

6010

7

Hisobot davrining oxirida inventarizatsiya natijalari bo’yicha TMZ schyotlari bo’yicha qoldiqlarga tuzatishlar qilindi:







a) asosiy moddiy zaxiralar:







zaxiralarning o’sishi;

1010-1090

9150

zaxiralarning kamayishi;

9150

1010-1090

b) tugallanmagan ishlab chiqarish:







o’sish;

2010

9150

kamayish;

9150

2010

v) tayyor mahsulot:







zaxiralarning o’sishi;

2810

9150

zaxiralarning kamayishi;

9150

2810

g) tovarlar:







zaxiralarning o’sishi;

2910-2990

9150

zaxiralarning kamayishi.

9150

2910-2990

8

Hisobot davrining oxirida 9140 "Davriy hisobda TMZ sotib olish/xarid qilish" schyotining yopilishi

9910

9140

9

Hisobot davri oxirida 9150 "Davriy hisobda TMZ bo’yicha tuzatishlar" schyotining yopilishi

9910
(9150)

9150
(9910)

10

Sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning tannarxini hisobga oluvchi schyotlar (9100)ning yopilishi

9910

9110, 9120, 9130

7-ma’ruza: Pul mablag‘lari hisobini tashkil etish asoslari va vazifalari.
Reja:



  1. Iqtisodiyot tarmoqlaridagi turli xoʻjalik yurituvchi subyektlarda pul mablag‘lari va valyuta operatsiyalari hisobining vazifalari.

  2. Pul mablag‘larining ichki nazorati.

  3. Hisob kitoblar tizimida bank bilan kelishuv.


Korxona pul mablag’lari tarkibi va pul oqimlari.
Korxonaning pul mablag’lari ularning, hisob-kitobdagi, maxsus schyotlaridagi va kassadagi naqd pullardan tashkil topadi.
Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning pul mablag’lari quyidagi manba’lardan hosil bo’ladi:
1. Korxona yangi tashkil topganda ustav fondiga qo’yilgan pul mablag’laridan;
2. Korxonaning asosiy faoliyati natijalari pul tushumlaridan;
3. Korxona investitsiya faoliyati natijalari pul tushumlaridan;
4. Korxonaning moliyaviy faoliyati natijalari pul tushumlaridan;
5. Xorijiy valyutada keladigan pul tushumlaridan;
6. Davlatdan olinadigan subsidiyalar hisobidan;
7. Tijorat banklaridan olinadigan turli xildagi kredit mablag’laridan;
8. Boshqa korxonalardan olinadigan vaqtinchalik moliyaviy yordamlardan.
Korxonaning asosiy faoliyat natijalarining pul oqimlari xo’jalik yurituvchi sub’yektning operatsion faoliyati pul oqimilaridan tashkil topadi.
Bunday pul oqimlariga quyidagilar kiradi:
1. Asosiy faoliyat mahsulotlarini sotishdan va xizmat ko’rsatishdan tushgan pullar, royalti, badallar, vositachilik haqi va o’zga yo’llardan pul mablag’lari tushumi;
2. Tovarlar va xizmatlar uchun ularni yetkazib beruvchilarga pul to’lovlari;
3. Xodimlarga va xodimlar nomidan turli hil to’lovlar;
4. Sug’urta kompaniyalarining sug’urta polislari bo’yicha mukofotlari va talablari;
5. Soliqlar bo’yicha pul to’lovlari yoki uning o’rnini bosuvchi boshqa to’lovlar;
6. Savdo yoki dillerlik maqsadlarida tuzilgan bitimlar bo’yicha pul tushumlar.
Pul oqimlari hajmi xo’jalik yurituvchi sub’yektning operatsion faoliyati davomida banklardan va boshqa tashkilotlardan olgan kreditlarini, qarzlarini to’lash, xo’jalik yurituvchi sub’yektning ishlab chiqarish quvvatlarini saqlab turish uchun zarur bo’lgan sarflarini qoplash, qimmatli qog’ozlar bo’yicha dividendlar to’lash va uning pul mablag’larini tashqi manbalariga murojat qilmay yangi investitsiyalarni moliyalashtirish uchun yetarliligini aks ettiruvchi ko’rsatkich bo’lib hisoblanadi18.
Investitsiya faoliyati pul oqimlari, qimmatli qog’ozlarni, qisqa va uzoq muddatli moddiy va nomoddiy aktivlarni xarid qilishga kiritilgan yoki shu maqsadlar uchun boshqa korxonalardan olingan pul to’lovlaridan tashkil topadi.
Moliyaviy faoliyat pul oqimlari, aktsiyalar yoki boshqa qimmatli qog’ozlarni chiqarishdan keladigan pul tushumlaridan, aktsiya sotib olish uchun ularning egalariga to’lovlardan, ta’minlanmagan obligatsiyalar emissiyasidan, moliya korxonalari tomonidan beriladigan ssudalardan, garovga qo’yilgan boshqa qisqa va uzoq muddatli zayomlardan pul tushumlari, zayomlarni to’lash hamda ijarachilarning moliyaviy lizing bo’yicha majburiyatlarni qisqartirish uchun pul to’lovlaridan tashkil topadi.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling