15-ma’ruza: Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar. Reja
Download 0.63 Mb.
|
2 5208956230877321573
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hisobvaraq-faktura
Bajarilgan ishlar dalolatnomasi
Bajarilgan ishlar dalolatnomasi kontragentlar tomonidan tuzilgan shartnoma bo’yicha xizmat haqiqatda ko’rsatilganligi va buyurtmachi uning sifatidan qanoatlanganligini tasdiqlaydi. Bunday hujjatni rasmiylashtirish yoki rasmiylashtirmaslikni – bitimning taraflari hal qiladi. Agar bu majburiy degan qarorga kelishgan bo’lsa – buni shartnomada alohida band bilan yozib qo’yishadi. Bunday hujjatning rasmiylashtirilishi – ikkala tarafning manfaatida. Bajarilgan ishlar dalolatnomasi uchun belgilangan shakl mavjud emas, hujjatning mazmuni ham taraflarning o’zaro kelishuviga ko’ra belgilanadi. Asosiysi, unda kim kimga qanday hajmda va qanday shartnoma asosida xizmat ko’rsatgani tushunarli bo’lsin. Shuni e’tiborga olish lozimki, FKning 646-moddasi 2-qismiga asosan ishni qabul qilish vaqtida uning kamchiliklarini aniqlagan buyurtmachi bu kamchiliklar yoxud ularni tuzatish to’g’risida keyinchalik talab qo’yish mumkinligi dalolatnoma yoki qabul qilishni tasdiqlovchi boshqa hujjatda ko’rsatilgan hollardagina ularni vaj qilib keltirishga haqli. Odatda hujjatni sotuvchi va sotib oluvchining vakolatli shaxslari imzolashadi va tasdiqlashadi. U qog’oz shaklda ham, EHF tizimida ham (elektron hujjat aylanishi) rasmiylashtirilishi mumkin. Hisobvaraq-faktura Hisobvaraq-fakturalar bilan vaziyat boshqacha. SKning 47-moddasiga asosan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tovarlarni va xizmatlarni sotib oluvchilarga hisobvaraq-fakturani taqdim etishi shart. Sotib oluvchiga kassa cheki yoki belgilangan shakldagi boshqa hujjat berilgan hollar istisno hisoblanadi. Bunday hujjatlar Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni to’ldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi to’g’risida nizomning 3-bandida ko’rsatilgan. Biroq bularning barchasi – biz ko’rib chiqayotgan masalaga bog’liq bo’lmagan vaziyatlardir. Binobarin, ikki tomonlama hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirish har doim majburiydir. SKning 47-moddasi va 14.08.2020 yildagi 489-son VMQga muvofiq Hisobvaraq-faktura belgilangan shaklga ega va qoida tariqasida, elektron shaklda rasmiylashtiriladi. Agar bajaruvchi (sotuvchi) – QQS to’lovchisi bo’lsa, unda EHF shaklida QQS stavkasi va summasini ko’rsatish uchun avtomatik tarzda grafa paydo bo’ladi. U ushbu grafalarni to’ldirishi shart. Hisobvaraq-faktura xizmatlar ko’rsatilgan kalendarь sanada rasmiylashtirilib taqdim etiladi 14.08.2020 y. VMQ 489-son qaroriga 2-ilova 4-b.. Istisno: 1. Xizmatlar yuridik shaxslarning milliy valyutadagi korporativ bank kartalari yoki yakka tartibdagi tadbirkorlarning milliy valyutadagi bank kartalari orqali to’lovni qabul qilgan holda realizatsiya qilinganda hisobvaraq-faktura sotib oluvchining (xaridorning) talabiga ko’ra xizmatlar realizatsiya qilingan kalendarь oyning oxirgi sanasiga qadar xizmatlar amalda realizatsiya qilingan sana bilan rasmiylashtirilishi shart 14.08.2020 y. VMQ 489-son qaroriga 2-ilova 5-b.. 2. Kommunal xizmatlar, aloqa xizmatlari, temir yo’lda tashish, transport-ekspeditorlik xizmati realizatsiya qilinganda, quvurlar tizimi orqali yuklarni tashishga doir xizmatlar realizatsiya qilinganda, shuningdek, xizmatlar doimiy (uzluksiz) asosda realizatsiya qilinadigan boshqa xollarda xizmatlar ko’rsatilganda hisobvaraq-faktura kalendarь oyning so’nggi kunida mazkur oy davomida jami ko’rsatilgan xizmatlar hajmi bo’yicha bir marta taqdim etiladi. Bunda, hisobvaraq-faktura xizmatlar realizatsiya qilingan oydan keyingi oyning 10 kuniga qadar, xizmatlar realizatsiya qilingan oyning oxirgi kunidagi sana bilan taqdim etiladi 14.08.2020 y. VMQ 489-son qaroriga 2-ilova 6-b.. 3. Uzoq (bir soliq hisoboti davridan ortiq) texnologik davriylikdagi uzoq muddatli shartnomalar bo’yicha, agar tuzilgan uzoq muddatli shartnomalar shartlarida xizmatlarni har oyda topshirish nazarda tutilmagan bo’lsa, hisobvaraq-faktura har bir kalendarь oyning oxirgi kuni taqdim etiladi. Uzoq muddatli shartnomaning kalendar oyning oxirida haqiqatda bajarilganligi hisobot davrida qilingan xarajatlar summasining shartnomani bajarish uchun ketadigan jami xarajatlar umumiy summasidagi solishtirma miqdorini hisob-kitob qilish asosida belgilanadi. Kalendarь oyning oxiridagi daromad shartnoma bo’yicha qilingan xarajatlarning hisoblangan solishtirma miqdori va jami daromad summasining (shartnoma bahosining) hosilasi sifatida aniqlanadi. Bunda, hisobvaraq-faktura xizmatlar realizatsiya qilingan oydan keyingi oyning10 kuniga qadar, xizmatlar realizatsiya qilingan oyning oxirgi kunidagi sana bilan taqdim etiladi 14.08.2020 y. VMQ 489-son qaroriga 2-ilova 7-b.. Buyurtmachi hisobvaraq-fakturani taqdim etilgan kundan e’tiboran 10 kun ichida tasdiqlashi yoki sababini ko’rsatgan holda rad etishi shart. QQS to’lovchisi bo’lgan xizmatlar buyurtmachisida (xaridorida) hisobvaraq-faktura tasdiqlangandan keyin hisobga olish huquqi yuzaga bo’ladi. U ushbu imkoniyatdan foydalanishi yoki uni rad etishi mumkin. Yakunda qandaydir sabablarga ko’ra hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirish cho’zilib ketgan vaziyatni ko’rib chiqamiz. Har qanday holatda uni rasmiylashtirish lozim. Bunda agar hisobvaraq-faktura xizmat ko’rsatilgan hisobot davridan keyingi hisobot davrida rasmiylashtirilsa, taraflar hisob-kitoblarni qayta topshirishlari zarur bo’ladi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling