15-ma’ruza: Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar. Reja


§3. Ish haqi hisoblash hujjatlari


Download 0.63 Mb.
bet92/105
Sana07.05.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1440134
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   105
Bog'liq
2 5208956230877321573

§3. Ish haqi hisoblash hujjatlari.
Birlamchi hujjatlarga asosan ish haqi hisobini (raschyoti) tuzish uchun quyidagi hujjatlardan foydalaniladi:
1. To’lov-hisob qaydnomasi;
2. Hisob qaydnomasi;
3. To’lov qaydnomasi;
4. To’lov qaydnomalarini qayd qilish jurnali;
5. Xodimlarning buxgalteriyadagi shaxsiy schyotlari;
6. Xodimga mehnat ta’tili berish haqidagi hisob;
7. Mehnat shartnomasining harakati to’xta’tilganda tuziladigan hisob.
Hisob-to’lov qaydnomasi. Xodimlarga ish haqi hisoblash uchun hisob-to’lov qaydnomasidan foydalaniladi. Qaydnomada har bir xodimga bir qotor ajratiladi. Bu qaydnoma uch qismdan iborat bo’lib, uning birinchi qismida hisoblangan ish haqi alohida turlari bo’yicha (ishbay, vaqtbay, kasallik varag’iga binoan, mehnat ta’tili uchun, mukofotlar va boshqalar) yoziladi, ikkinchi qismida ish haqidan majburiy (daromad solig’i) va xodimning yozma so’roviga binoan ixtiyoriy (kredit to’lovlari uchun, kamomad va yetishmovchiliklarni qoplash uchun, kasaba uyushmasiga a’zolik badali uchun va boshqalar) ushlanmalar yoziladi, uchinchi qismida xodimning qo’lga tegishli ish haqi va ish haqini olish haqidagi imzo ko’rsatiladi.
Katta korxonalarda hisob-to’lov qaydnomasi o’rnida ish haqi hisoblash kitobi yoki ish haqi hisoblash qaydnomasi hamda to’lov qaydnomasidan foydalaniladi. Ish haqi hisoblash kitobida yoki hisob qaydnomasida xodimga berilishi lozim ish haqini topish hisobi keltiriladi. Hususan, ish haqi hisoblash kitobning yoki hisob qaydnomasining har bir beti uch qisimdan iborat bo’lib, birinchi qismida hisoblangan ish haqi alohida turlari bo’yicha (ishbay, vaqtbay, kasallik varag’iga binoan, mehnat ta’tili uchun, mukofotlar va boshqalar) yoziladi, ikkinchi qismida ish haqidan majburiy (daromad solig’i) va xodimning yozma so’roviga binoan ixtiyoriy (kredit to’lovlari uchun, kamomad va yetishmovchiliklarni qoplash uchun, kasaba uyushmasiga a’zolik badali uchun va boshqalar) ushlanmalar yoziladi, uchinchi qismida xodimning qo’lga tegishi kerak bo’lgan ish haqi miqdori ko’rsatiladi. To’lov qaydnomasi ish haqi hisoblash kitobning yoki hisob qaydnomasining uchinchi qismida keltirilgan qo’lga tegishi kerak bo’lgan summalar ustuniga muvofiq to’ldiriladi va faqat ish haqi berish uchun ishlatiladi. Bu qaydnomada hodimning familiyasi, ismi sharifi, tabel raqami, qo’lga tegishi kerak bo’lgan ish haqi miqdori va ish haqini olganligi haqidagi imzo ko’rsatiladi.
Oy davomida ish haqidan beriladigan bo’naklar28 to’lov qaydnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Ish haqi berish uchun bankdan kassaga olingan pullar uch ish kuni davomida tarqatilishi kerak. Shu muddatda olinmagan ish haqi «Deponent»lashtiriladi va berilmagan ish haqi pullari korxona hisob-kitob schyotiga o’tkazish uchun kassir tomonidan xizmat ko’rsatuvchi bankka qaytarib topshiriladi29.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling