nuqtalar, yoki xalqalar bilan belgilanadi 13-a rasm. Bunda rangli nuqta yoki xalqa
diodning anod tomoniga qo‘yiladi.
a b
14.
13-rasm. Nuqtviy diodlar.
Yassi
diodlarda
p-n o‘tish sohasining yuzasini aniqlovch chiziqli
o‘lchamlar p-n o‘tishning kengligidan ancha katta bo‘ladi. O‘tishlar
hosil qilib
turuvchi yuzalar 0,01 mm
2
dan o‘nlab sm
2
gacha bo‘lishi mumkin. Bunday katta
o‘lchamlarda p-n o‘tishning elektr sig‘imi ham katta bo‘ladi, shuning uchun bu
diodlar nisbatan kichik (10 kGs gacha) bo‘lgan chastotalar sohalarida ishlatiladi.
O‘lchamlarning kattaligi tufayli diodning quvvati
bir necha Vt dan bir necha
kVt largacha bo‘lishi mumkin.
3.
Tranzistorlar va tiristorlar
Ikkita p-n (yoki n-p
) o‘tishdan iborat yarim o‘tkazgichli qurilma bipolyar
tranzistor deb ataladi. Demak tranzistor uchta yarim o‘tkazgich
kristallaridan
iborat. Chetki kristallardan tashqariga chiquvchi elektrodlar emiter va kollektor,
o‘rta kristalldan tashqarga chiqarilgan elektrod baza deb ataladi.
Emitter bazaga zaryad tashuvchilarni yetkazib beruvchi elektrod hisoblanadi,
kollektor esa, bazadan chiqqan zaryad tashuvchilarni qabul qiluvchi elektrod.
Tuzilishiga ko‘ra baza plastinkasi p yoki n tip o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lishi
mumkin, shunga qarab tranzistorning shartli belgisida emitterga strelka qo‘yiladi.
Baza p tip bo‘lsa strelka bazadan emitterga, baza n tip bo‘lsa ,
strelka emitterdan
bazaga yo‘nalgan bo‘ladi, 14- a rasmga qarang.
Рангли
нуқта
Рангли
халқа