15-ma’ruza mavzu: Yarim o‘tkazgichli elektron qurilmalar reja o‘tkazgich va yarim o‘tkazgichlar xaqida tushuncha. Yarim o‘tkazgichli diodlar va tranzistorlar
Download 1.74 Mb. Pdf ko'rish
|
15-00
ЛАМПА 6С4С
15.12-rasm. Tranzistorlarda tuzilgan ikki kaskadli kuchaytirgich. 15.13-rasm. Okean radiopriemnigi va uning elektron sxemasi. S1 kondenatorning vazifasi bazaga signalning faqat o‘zgaruvchan tashkil etuvchisigina o‘tkazib, o‘zgarmas tashkil etuvchini ushlab qolishdan iborat (kondensatorning o‘zgarmas tokka nisbatan qarshiligi cheksiz kattaligini eslang). Radiotexnika tilida S1 kondensator siljish kuchlanishi filtri deb ataladi. Kuchaygan signal VT 1 tranzistorning kollektoridan olinadi va yana kuchaytirish uchun VT 2 trnazistor bazasiga tushadi. Shu tariqa ikkita kaskaddan kuchayib chiqqan signal S2 kondensator orqali chiqishga uzatiladi. кириш чиқиш манба 8.13-rasmda Okean radiopriemniginng elektron sxemasi keltirilgan. Agar sxemaning tuzilishiga e’tibor qaratsak undagi kuchaytiruvchi kaskadlarni ajratishimiz mumkin. Chapdagi tranzistor yuqori chastotalar sohasidagi signallarni kuchaytruvchi bir kaskadli kuchaytirgichning asosiy kuchaytiruvchi elementidir. O‘rtadagi va o‘ngdagi tranzistorlar juftliklari esa ikkita alohida, xar biri ikkita kchaytirish kaskadidan iborat kuchaytirgichlarni hosil qiladi. Agar shu kuchytirgichlar tranzistorlarda emas, elektrovakuum lampalar asosida tuzilgan bo‘lganida Okean-209 radiopriemnigining massa va o‘lchamlari ancha katta bo‘lgan bo‘lar edi. Operatsion kuchaytirgichlar Elektronika elementlarining taraqqiyoti birinchi galda ularning massa va o‘lchamlarini kamayishida namoyon bo‘lmoqda. Albatta bu o‘z navbatida belgilangan hajmda mujassamlashgan elektron qurilmalar miqdorining ko‘payishiga, natijada butun qurilmaning imkoniyatlari kengayishiga olib kelmoqda. Uyali aloqa telefon qurilmalarida turli elektron qurilmalar funksiyalarining (telefon, radio, fotoapparat, kinokamera va boshqa) mujassamlashishi bunga yaqqol misoldir. Bunda operatsin kuchaytirgichlarning (OK) roli katta. Operatsion kuchaytirgich ishlatilishi jahatidan sodda, texnik imkoniyatlari yuqori kuchaytirgich hisoblanadi. Umumiy holda operatsion kuchaytirgichga yuqori kuchaytirish koeffitsientiga ega differensial kirishli elektron kuchaytirgich deb ta’rif berish mumkin. Differensial kirish shuni bildiradiki, kuchaytirgich ikkita signalning farqiga ham ishlashi mumkin. Bu kuchaytirgichlarning imkoniyatlarini kengaytiradi. Standart turdagi operatsion kuchaytirgichlar o‘zining soddaligi va bu mikrosxemalarning o‘ta arzonligi bilan amaliyotda juda keng tarqalgan. OK ning shartli belgisi va umumiy ko‘rinishi 8.14-rasmda keltirilgan. Shartli belgida kuchaytirgichning kirishlari, chiqishi va manbaga ulanuvchi musbat va manfiy qutblar ko‘rsatiladi. OU kirishi invertlovchi va oddiy bo‘lishi mumkin. Bunda invertlash deganda signal fazasini 180º ga o‘zgartirish tushuniladi. a b
a b 15.15-rasm. Operatsioe kuchaytirgichning shartli belgilari. Ayrim belgilashlarda invertlovchi kirish manfiy, invertlamaydiga kirish musbat ishora bilan belgilansa (14- a rasm), aksariyat chet el standartlarida invertlovchi kirishni doira bilan ajratib ko‘rsatish qabul qilingan (15- a rasm). So‘nggi yillarda OK lar ham raqamli texnika elementlarining shartli belgilariga o‘xshab belgilanmoqda 15- b rasm. Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling