15-ma’ruza mavzu: Yarim o‘tkazgichli elektron qurilmalar reja o‘tkazgich va yarim o‘tkazgichlar xaqida tushuncha. Yarim o‘tkazgichli diodlar va tranzistorlar
Download 1.74 Mb. Pdf ko'rish
|
15-00
Kuchaytirgichlar
Aksariyat hollarda elektr signallarini kuchaytirish zaruriyati tug‘iladi. Masalan, antennada qabul qilingan yuqori chastotali kuchsiz toklar kuchaytrgichlar yordamida kuchytirilib undan ovoz va tasvirlar ajratib olinadi, yoki, mikrofondagi tovush to‘lqinlaridan hosil bo‘lgan elektr signali kuchaytirilib, katta quvvatli ovoz signallariga aylantiriladi, telefon qurilmalarida kuchsiz signallar kuchaytirilib ovoz hosil qilinadi va hokazo. Xullas signalni kuchaytirish jarayoni radiotexnikaning asosiy masalalaridan biridir. Bunda kam quvvatli signal tok manbaining energiyasi hisobiga kuchatiriladi. Bu kuchaytirish jarayonini bajaruvchi qurilma kuchaytirgich deb ataladi. Elektronika taraqqiyoti aslida ko‘p jihatdan signalllarni kuchaytirish qurilmalari taraqqiyotidan iborat desak xato bo‘lmaydi. Chunki signallarni kuchaytirishga bo‘lgan ehtiyoj (dastlab telegraf signallari, keyinchalik simli telefon aloqalar, radioaloqalar, televidenie, radiolkatsiya va boshqalar) avval lampalarni yaratilishiga sabab bo‘ldi, keyin yarim o‘tkazgmchli tranzistorlar, so‘ngra mikrosxemalar asosidagi operatsion kuchaytirgichlar yaratildi. Elektron qurilmalarning massa va o‘lchamlariga, quvvat iste’moliga, tezkorligiga, sezgirligiga, ishlash sharoitlarining daxlsizligiga bo‘lgan talablar o‘z navbatida kuchaytirgichlarga ham tegishlidir. Shuning uchun, kuchaytirgich qurilmalari ham elektronika sanoatining tarkibiy qismi sifatida tezkor suratlar bilan rivojlanib bomoqda. Elektronika sanoati texnologiyalari taraqqiyotidan tashqari, yana shu narsa ham muhimki, zamonaviy, yuqori texnologiyali mikrosxemalar va integral sxemalar ishlab chiqarishda elektron qurilmalarning universalligini ta’minlash maxsulotni bozordagi o‘rnini mustahkamlaydi (sotilish hajmini ko‘paytiradi). Shu jaxatdan ham kuchaytirgich sxemalar (va boshqa yana ko‘plab standart sxemalar) ko‘plab mikrosxema va integral sxemalar tarkibiga kiritiladi va bu shu mikrosxemaning qo‘llanilish sohasii kengaytiradi. Amalda operatsion kuchaytirgichlar keng ishlatiladi. Uning tarixiy avlodlari esa lampalar asosidagi va tranzistorlar asosidagi elektron kuchaytirgichlardir. Radiotexnikada elektr signallarini kuchaytirishning fizikaviy jihatlari va sxematik asoslarini o‘rganishda lampali tranzistorli kuchaytirgichlarni o‘rganish muhim rol tutadi. Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling