15-ma’ruza mavzu: Yarim o‘tkazgichli elektron qurilmalar reja o‘tkazgich va yarim o‘tkazgichlar xaqida tushuncha. Yarim o‘tkazgichli diodlar va tranzistorlar


Download 1.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/20
Sana11.02.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1190335
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
15-00

  
2. Invertorlar 
Invertor to‘g‘rilagichga teskari qurilma bo‘lib, o‘zgarmas elektr tokini 
o‘zgaruvchan elektr tokiga aylantiradi. Bunda o‘zgaruvchan elektr toki sinusoidal, 
yoki boshqa ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Amalda asosan 50 Gs schastotali 
sinusoidal o‘zgaruvchan tok hosil qiluvchi invertorlar keng ishlatiladi. 
Invertorlar aloxida qurilma sifatida yoki muqobil energiya manbalarining 
tarkibiy qismi sifatida ishlatilishi mumkin. Masalan, quyosh panellaridan 
foydalanganimizda, paneldan chiqqan 12 V kuchlanishli o‘zgarmas elektr toki 
invertorda 220 V kuchlanishli sinusoidal o‘zgaruvchan tokka aylantirib beradi. 
Yoki, 12 V kuchlanishli oddiy akkumulator orqali 220 V kuchlanishda ishlovchi 
yoritish lampasini yoqish kerak bo‘lsin. Albatta u 12 V kuchlanishda yonmaydi, bu 
kuchlanishni 220 V o‘zgaruvchan tokkka aylantirib keyin lampaga ulanadi 8-rasm.
Inverorlar dastlab elektr qurilmalarini zahira tok manbalari bilan 
(akkumulatorlar orqali) ta’minlash maqsadlarida ishlatilgan bo‘lsa, muqobil 
energiya manbalarining taraqqiyoti ularni keng iste’molga olib kirdi. Ayniqsa 
quyosh energiyasidan foydalanishda invertorning o‘rni va axamiyati juda muxim.


15
.9-rasm. Invertorning qo‘llanilishi. 
Bugungi kunda yuzlab Amper tok kuchida ishlovchi yarim o‘tkazgichli 
elektron qurilmalar katta quvvatli invertorlarni yaratish imkoniyatlarini bermoqda 
va ular quyosh elektr stansiyalarida ishlatilmoqda. 
Invertorning tuzilishi va ishlash prinsipi bugungi un raqamli texnikasi 
nuqtai-nazaridan juda sodda. Buning uchun dastlab o‘zgarmas tokdan ma’lum 
chastotada to‘g‘ri burchakli kuchlanish impulslari kesib
a b v 
15.10-rasm. Invertorda sinusoidal kuchlanishning hosil bo‘lishi

olinadi. Keyin bu impulslar ma’lum qonuniyat bilan tegishli invertorlash 
sxemasidan o‘tkaziladi va musbat hamda manfiy impulslar hosil bo‘ladi (8.10- a 
rasm). Maxsus differensial qurilmalar orqali bu to‘g‘ri burchakli impulslar 
pog‘onasmin ko‘rinishda o‘sib boruvchi impulslar ketma-ketligiga aylantiriladi 
8.10- b rasm. Diqqerensiallash qadamining aniqligi impulslarni sinusoidal 
formaga yaqinligini belgilaydi. Amalda invertorlar aynan hosil bo‘lgan 
kuchlanishining sinusoidaga qanchalik yaqinligi bilan baholanadi. 
Invertorlarning quyidagi turlari sanoatda keng ishlab chiqariladi: 
Invertor 12V 1000Vt TS-1000-212; 


Invertor 12V 1500Vt TN-1500-212V; 
Invertor 12V 3000Vt TN-3000-212B; 
Invertor 24V 3000Vt TN-3000-224B;
Invertor 48V 3000Vt TN-3000-248B, 
Bunda 12V, 24V, 48V ivertor kirishidagi o‘zgarmas kuchlanish, keyingi 
raqamlar invertorning quvvatini va ishlab chiqarilish shartli belgilarini bildiradi.

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling