15-ma’ruza mavzu: Yarim o‘tkazgichli elektron qurilmalar reja o‘tkazgich va yarim o‘tkazgichlar xaqida tushuncha. Yarim o‘tkazgichli diodlar va tranzistorlar


Download 1.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/20
Sana11.02.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1190335
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Bog'liq
15-00

Elektron to‘g‘rilagichlar. 
O‘zgaruvchan elektr tokini o‘zgarmas tokka aylantirish to‘g‘rilash deb 
ataladi. Shunday maqsadlarda ishlatiluvchi qurilmalar to‘g‘rilagich deb aytiladi.
Bunday to‘g‘rilagich qurilmalar xozirgi kunda radiotexnika, aloqa vositalari, EXM 
va boshqa ko‘plab elektron qurilmalarni tok bilan taminlovchi manbalarining 
asosiy qismini tashkil qiladi. Chunki aksariyat elektr va elektron qurilmalarning 
qismlari odatda o‘zgarmas elektr tokida ishlaydi, masalan radio, televizor
komp’yuter va boshqalar. Ularni kerakli miqdordagi kuchlanish bilan ta’minlash 
uchun tarmoqdan kelayotgan 50 Gs chastotali 220 V kuchlanishli o‘zgaruvchan 
tokning kuchlanishini pasaytirish va uni to‘g‘rilash kerak bo‘ladi.
O‘zgaruvchan elektr tokini to‘g‘rilash, yani uni o‘zgarmas elektr tokiga 
aylantirish jarayoni yarim o‘tkazgichli (yoki elektrovakuum) diodlarning ventil 
(tokni faqat bir tomonga o‘tkazish) hususiyatiga asoslanadi. To‘g‘rilash 
qurilmalari umumiy xolda transformator, to‘g‘rilash sxemasi, filtr va stablizatordan
iborat bo‘ladi.
15.1-rasm. Elektron to‘g‘rilagichning umumiy blok sxemasi. 
1-transformator, 2-to‘g‘rilash elementi, 3-pulsatsiyani tekislovchi filtr, 4-kuchlanish stablizatori, 
5 –iste’molchi.
To‘g‘rilash sxemalari bir yarim davrli yoki ikki yarim davrli bo‘lishi 
mumkin. Bir yarim davrli to‘g‘rilash sxemalari tokning son qiymati o‘zgarishi 
unchalik 
ahamiyatsiz 
bo‘lgan qurilmalarda (masalan akkumulatorlarni 
zaryadlashda) ishlatiladi. Boshqa ko‘plab xollarda ikki yarim davrli to‘g‘rilagichlar 
ishlatiladi. Katta aniqlik bilan ishlovchi elektron qurilmalarni tok bilan taminlashda 


(mikrosxemalar va raqamli texnika elementlari) tokning stabilligi juda yuqori 
bo‘lishi talab qilinadi. Bunday stabillashgan toklar to‘g‘rilash qurilmalarining 
chiqishiga tekislovchi filtrlar va stablizatorlar ulash bilan xosil qilinadi. 

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling