15-ma’ruza mavzu: Yarim o‘tkazgichli elektron qurilmalar reja o‘tkazgich va yarim o‘tkazgichlar xaqida tushuncha. Yarim o‘tkazgichli diodlar va tranzistorlar
Download 1.74 Mb. Pdf ko'rish
|
15-00
Trinistor. Tiristor deyilganda amalda ko‘proq trinistor nazarda tutiladi.
Shuning uchun uni ko‘proq tiristor deb aytiladi. Trinistorni triodli tiristor deb ham yuritiladi. Tiristorning uchinchi elektrodi boshqaruvchi elektrod deb ataladi. Bu jihatdan u xuddi baza signali orqali ochiluvchi bipolyar tranzistorni eslatadi. Tiristor tuzilishi jihatidan ham ikkita o‘zaro ulangan tranzistorni eslatadi (15- rasmga qarang). Tiristorlar qaysi elektroddan boshqarilishiga qarab anoddan boshqariluvchi va katoddan boshqariluvchi tiristorlarga bo‘linadi. Tiristorlar katta quvvatli elektron kalit vazifasini bajaradi, ya’ni ular yordamida yuqori kuchlanish (5kV gacha) va katta tok kuchida (5000 A gacha) ishlovchi zanjirlarni 1 kGs gacha tezlikda kommutatsiyalash (o‘chirib-yoqish) mumkin. Shuning uchun tiristorlarni katta quvvatli sistemalarni boshqarishda ishlatiladi. 14. 16.-rasm. Tiristorlarning umumiy ko‘rinishi. Tiristorlardan foydalanishda, xuddi diod va tranzistorlardagi singari voltamper xarakteristika muxim axamiyat kasb etadi. Tiristorning voltamper заряд разряд U кир бошқарувчи электрод анод катод xarakteristikasi ko‘proq stablitronning xarakteristikasiga o‘xshab ketadi. Tiristor ochilgunga xarakteristikada tokning kuchlanishga bog‘liqligi xuddi dioddagiday kechadi. Tiristorda 4 ta qatlam mavjud, shuning uchun uni anod va katodga ega diod sifatida qaraladi. Voltamper xarakteristikada xam, dioddagi singari to‘g‘ri va teskari tok soxalari mavjud. Musbat kuchlanish va tok soxasi to‘g‘ri siljish soxasi deb atalsa, manfiy tok va kuchlanishli soha teskari siljish sohasi deb yuritiladi 17- rasm. 14.17-rasm. Tiristorning voltamper xarakteristikasi. Xarakteristikaning (1) –(2) qismi tiristorning yopiq holatiga mos keladi va bunda tiristorning qarshiligi katta. O‘1 v O‘2 o‘tishlar yopiq, bu qismda xarakteristika p-n o‘tish xarakteristikasiga mos. Kuchlanish tiristorning U och - ochilish kuchlanishiga yetganda (shu paytdagi tok kuchi I och ishga tushish toki deyiladi) tirisor qarshiligi keskin kamayadi, xarakteris tikaning (2)-(3) qismi, va u ochiladi. Ochilgan tiristorning voltamper xarakteristikasi chiziqli bo‘ladi (3)-(4) soha. Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling