Bir yarim davrli to`g`rilagich:
a) sxemasi , 6) tok va kuchlanishlarning diagrammasi
To`g`rilagichlar hisoblashganda quyidagi shartni bajarish kerak:
- diod uchun ruxsat etilgan tok.
Agar tanlangan diod uchun bu shart bajarilmasa bir nechta diodlarni parallel ulashga to`g`ri keladi.
4. Pulьslanish koeffitsiyenti (to`g`rilagichning eng muhim parametri):
(XVIII.4)
Bunda: - to`g`rilangan kuchlanishning birinchi garmonikasi maksimal qiymati. Bitta yarim davrli to`g`rilagichning pulьslanish koeffitsiyenti juda katta: . Bu to`g`rilagich uchun eng yirik kamchilik hisoblanadi.
Ikki yarim davrli to`g`rilagichlar.
Ko`prikli ikki yarim davrli to`g`rilagich
Ikki yarim davrli to`g`rilagichlarning ko`prik sxemasi keng tarqalgan (XVIII. 2-rasm). Sxema transformator va to`rtta dioddan iborat. Ko`prikning bitta-diagonaliga transformatorning ikkilamchi chulg`ami, ikkinchi diagonaliga esa yuklanish ulangan.
Ikki yarim davrli ko`prikli to`g`rilagich:
a) sxema, b) tok va kuchlanishlarning grafiklari.
O`zgaruvchan kuchlanishning musbat yarim davrida diodlar (VD1 va VD2) ochiq bo`lib, tok quyidagi zanjir bo`yicha o`tadi: diod VD1 yuklanish , diod VD3, tarnsformatorning ikkilamchi chulg`ami. O`zgaruvchan tokning manfiy yarim davrida diodlar VD2 va VD4 ochiq bo`lib, tok quyidagi zanjir bo`yicha o`tadi: diod VD2, yuklanish , diod VD4, transformatorning ikkilamchi chulg`ami. Shunday qilib, yuklanishdan o`tayotgan tokning yo`nalishi o`zgarmaydi. To`g`rilagichning tok va kuchlanish grafiklari XVIII. 2, b-rasmda ko`rsatilgan.
To`g`rilagich parametrlari:
to`g`rilangan kuchlanish:
(XVIII.5)
- ko`prikka berilgan o`zgaruvchan kuchlanish qiymati.
2) to`g`rilangan tok qiymati:
(XVIII.6)
3) teskari kuchlanishi:
(XVIII.7)
4) pulьslanish koeffitsiyenta:
(XVIII.8)
Do'stlaringiz bilan baham: |