15 Ma’ruza Mavzu: Yarim o’tkazgichli qurilmalar to’g’risida umumiy tushunchalar Reja
O`rta nuqtasi bilan ikki yarim davrli to`g`rilagich
Download 209.51 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uch fazali to`g`rilagichlar
O`rta nuqtasi bilan ikki yarim davrli to`g`rilagich
XVIII.3-rasmda o`rta nuqtasi bilan ikki yarim davrli to`g`rilagich ko`rsatilgan. Transformatorning ikkilamchi chulg`amidan o`rta nuqta chiqarilgan. VD1 va VD2 diodlar transformatorning ikkilamchi chul-g`amlarining uchlariga ulanadi. Yuklama transformatorning ikki-lamchi chulg`amining o`rta va diodlarning umumiy nuqtalari orasiga ulangan. O`zgaruvchan kuchlanishning musbat yarim davrida diod VD1 ochiladi va tok quyidagi zanjir bo`yicha utadi: diod VD2 yuklanish tansformatorining 0 nuqtasidan a nuqtasigacha. O`zgaruvchan tokning manfiy yarim davrida diod VD2 ochiladi va tok quyidagi zanjir bo`yicha o`tadi: diod VD2, yuklanish - transformatorning 0 nuqtasidan V nuqtaga. Shunday qilib, yuklanishdan o`tayotgan tokning yo`nalishi o`zgarmaydi. Bu to`g`rilagichning tok va kuchlanish grafiklari ko`prikli to`g`rilagichning grafiklariga o`xshaydi. To`g`rilagichning diodlarga qo`yilgan teskari kuchlanishi ko`prikli to`g`rilagichga nisbatan ikki marta katta, ya’ni: Qolgan parametrlar ko`prikli to`g`rilagichning parametrlari bilan bir xil bo`ladi. O`rta nuqta bilan ikki yarim davrli to`g`rilagichning yutug`i, unda to`rtta diod o`rniga ikkita diod ishlatilishidadir. Uch fazali to`g`rilagichlar Uch fazali to`g`rilagichlar katta va o`rtacha quvvatli quril-malarda qo`llaniladi. Bitta yarim davrli uch fazali to`g`rilagichning sxemasi XVIII.4-rasmda keltirilgan. Transformatorning ikkilamchi chulg`amlari yulduz usulida ulangan. Ularning erkin uchlariga VD1, VD2, VD3 diodlar ulangan bo`ladi. Davrning 1/3 qismi davomida bitta fazaning kuchlanishi boshqalarga nisbatan yuqoriroq bo`ladi. Shuning uchun o`sha fazaga ulangan diod ochiq bo`lib, yuklanish orqali tok o`tkazadi. Davrning keyingi 1/3 qismi davomida boshqa diod ochiladi va hokazo. Tok va kuchlanishning grafiklari XVIII. 4-rasmda keltirilgan. To`g`rilagichning parametrlari: 1. To`g`rilangan tokning qiymati: (XVIII.9) Download 209.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling