15 Ma’ruza Mavzu: Yarim o’tkazgichli qurilmalar to’g’risida umumiy tushunchalar Reja


Uch fazali bitta yarim davrli to`g`rilagich


Download 209.51 Kb.
bet4/5
Sana13.12.2022
Hajmi209.51 Kb.
#1000114
1   2   3   4   5
Uch fazali bitta yarim davrli to`g`rilagich:
a) sxema, b) faza kuchlanishlarning grafiklari.

Har bitta dioddan tok davrining 1/3 qismi davomida o`tadi. Shuning uchun uning o`rtacha qiymati ga teng bo`ladi.


2. To`g`rilangan kuchlanish:
(XVIII.10)
- transformatorning ikkilamchi chulg`amidagi kuchlanishning effektiv qiymati.
3. Teskari kuchlanish:
(XVIII.10)
4. Pulьslanish koeffitsiyenti:
(XVIII. 12)
Tiristorli to`g`rilagich
Diodli to`g`rilagichlarda to`g`rilangan kuchlanishni rostlash uchun o`zgaruvchan tok zanjirida avtotransformator yoki to`g`rilangan tok zanjirida reostat yordamida kuchlanishni o`zgartirish kerak. Elektr energiya ko`p isrof bo`lgani uchun ikkala usulning foydali ish koeffitsiyenti past bo`ladi (ularda zamonaviy avtomatik rostlash sxemalarini qo`llash mumkin emas). Shu sababli, hozirda tiristorli boshqa-ruvchi to`g`rilagichlar juda keng tarqalgan (XVIII. 5-rasm).


Tiristorli to`g`rilagich:
a) sxema, b) tok va kuchlanishlari grafiklari.

Oddiy to`g`rilagichlarda diodning ochilish payti musbat yarim davrning boshlanishiga to`g`ri keladi va tok yuklanishidan shu yarim davrning hamma vaqti davomida o`tadi. Tiristorli to`g`rilagichlarda esa tiristor faqat bosh-qaruvchi elektrodga impulьs berilganda ochiladi. XVIII. 5-rasmga qaraganda boshqaruvchi impulьs kuchlanishning har bir yarim davrida vaqtga kechikib beriladi. Shuning uchun yuklanishdan tok butun yarim davrda emas, balki vaqt davomida o`tadi. Demak, to`g`rilangan tokning o`rtacha qiymati kamayadi. Shunday qilib, tiristorning boshqaruvchi elektrodga impulьslarni har xil vaqtlarda berib yuklanishdan o`tayotgan tok va kuchlanishning o`rtacha qiymatlarini rostlash mumkin.


Tekislovchi filьtrlar.
To`g`rilagich hosil qilib bergan pulьslanuvchi kuchlanish o`zgaruvchan va o`zgarmas tashkil etuvchilardan iborat bo`ladi. Filьtr pulьslanuvchi kuchlanishning o`zgaruvchan tashkil etuvchisini kamaytirib berish kerak, lekin u o`zgarmas tashkil etuvchini ham kamaytirishi mumkin.
Yuklanishga kondensator parallel (XVIII.6-rasm) yoki ketma-ket ulangan drosselь sodda tekislovchi filьtr hisoblanadi.



Download 209.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling