15-ma’ruza O‘zbek shevalarining tasniflanishi reja
Download 68.64 Kb.
|
15-ma’ruza O‘zbek shevalarining tasniflanishi reja-hozir.org
Qo‘shimcha ma’lumotlar.
O‘zbek shevalari turkolog va dialektologlar tomonidan turlicha tasnif qilindi. Bu sohada prof. YE. D. Polivanov, prof. K. K. Yudaxin, prof. G‘ozi Olim, prof. A. K. Borovkov, prof. V. V. Reshetovlarning tasnifi diqqatga sazovordir. Prof. I.I.Zarubin tasnifi. Prof. I. I. Zarubin o‘zbek shevalarini 4 guruhga bo‘ldi. Xiva, Farg‘ona, Toshkent va Samarqand-Buxoro shevalari. Prof. I.I.Zarubinning bu tasnifida o‘zbek shevalari orasida katta o‘rin tutgan hozirgi O‘zbekistonning anchagan hududiga tarqalgan qipchoq(j-lovchi) shevalari va shimoliy o‘zbek shevalari hisobga olinmay qolgan. Prof. K. K. Yudaxin tasnifi. O‘zbek shevalari tasnifining ikki varianti tavsiya qilinadi: 1 – variantda o‘zbek shevalarining tojik tili bilan munosabati va singarmonizmni saqlash darajasiga qarat to‘rt guruhga ajratgan. Keyinchalik (2- variantda) u shevalarning o‘ziga xos xususiyatlari bilan yaxshi tanishib oldingi tasnifiga aniqlik kiritib, o‘zbek shevalarini beshta guruhga bo‘ldi. Prof. K.K.Yudaxin o‘zbek shevalarini dastlab 4 guruhga, so‘ngra 5 guruhga bo‘ldi. Toshkent, Farg‘ona, Qipchoq (-j), Xiva (Xiva - o‘g‘uz) va Shimoliy o‘zbek shevalari. Prof. YE. D. Polivanov tasnifi. Prof. YE. D. Polivanov o‘zbek tili sheva va dialektlari orasidagi eng mayda farqlarni ham ko‘rsatuvchi tasnifni berdi. Prof. YE. D. Polivanov o‘zbek shevalarini etnik jihatdan, ya’ni kelib chiqishiga qarab tasnif qiladi. O‘zbek shevalarida tojik tilining ta’sirini hisobga olib, o‘zbek shevalarini: eronlashmagan va eronlashgan shevalar deb bo‘ldi. Toshkent, Qo‘qon-Marg‘ilon, Andijon-Shahrixon tipida gi shevalarda eronlashish elementi mavjudligini qayd qilgan. Prof. Y. D. Polivanov o‘zbek tili shevalarini juda sinchiklab o‘rgangan eng yetuk olimdir. Polivanov katta ishlar qilishi bilan birga ba’zi kamchiliklarga ham yo‘l qo‘yadi. U o‘zbek tilidagi hamma qonuniyatlarni asosan, tojik tilidan o‘tgan deb hisoblaydi. Bu bilan u o‘zbek tilining o‘z ichki qonuniyatlari asosida rivojlanishini tushunib yetmaganligini ko‘rsatadi. Y. D. Polivanov 1935 yilda yozgan «Materiali po grammatike uzbekskogo yazika» nomli asarida o‘zbek shevalarini boshqa shevalarga nisbatan mufassalroq beradi. U tasnif qilganda asosan ikki narsaga e’tibor beradi: 1.Metisatsiya 2. Gibridizatsiya. Prof. Y. D. Polivanov metisatsiyada «qipchoq» aytaylik, qozoq, qoraqalpoqqa yaqin. Shuning uchun «qipchoq» deydi-da, yoniga qozoq, qoraqalpoq deb yozib qo‘yadi. O‘g‘uz shevasi deydigan bo‘lsa, yoniga turkman deb yozib qo‘yadi. Qorluq-chigil-uyg‘ur deydigan bo‘lsa yoniga uyg‘ur, tojik deb yozib qo‘yadi. Bir tilda ikki tilning elementi bo‘lsa o‘shani tojiklashgan, uyg‘urlashgan deb atash noto‘g‘ri, chunki xalq bir-biriga yaqin yashar ekan, ularning ta’siri bo‘ladi. M., Koson, Chustda qadimdan tojiklar yashab kelgan. Hozir u yerdagi xalq ikki tilda so‘zlashadi. Bora-bora ular yo tojik tiliga, yo o‘zbek tiliga o‘tib ketishi kerak. Ularda hozir o‘zbek tilining ta’siri katta. Avvalo ular bunday gaplashgan ekan. Taklifum bor ba man dax minut so‘z berulsun (aralash). Unlining torayishi umlaut deyiladi. M. yangi so‘zini Toshkentda yyengi, baliq so‘zi Toshkentda beliq, maxdi so‘zi Namanganda mexdi deb talaffuz qilinadi. Bu hodisa uyg‘urlarga xos. YE. D. Polivanov o‘zbek shevalariga nisbatan «Chig‘atoy», «sof o‘zbek» terminlarini ishlatib xato qildi. «Chig‘atoy» deb nomlash noto‘g‘ri. Tarixni va tilni kelgindi hukmdorning nomi bilan emas, xalq nomi yoki uning ayrim qismi bilan atash kerak. Ikkinchidan, qipchoq shevalarini «sof o‘zbek shevalari» deb atash, uning tarixini XVI asrga bog‘lab qo‘yadi. Sof o‘zbek shevalarining buzilgan o‘zbek shevalari ham bor ekan-da, degan fikr paydo bo‘ladi. YE. D. Polivanov «eronlashish» nazariyasini ilgari suradi. («eronlash gan»va «eronlashmagan») farqini, mohiyatini tushuntirib beradi. U unli fonemalar sistemasining tasnifini berib, eronlashmagan shevalarda vokalizm tarkibi to‘qqizta, eronlashgan shevalarda, jumladan, Toshkent shevasida uchta unli fonema o‘z xususiyatini yo‘qotib, oltitaga kelib qolgan, degan xulosani chiqaradi. Buxoro, Samarqand, Xo‘jand, O‘ratepa tipidagi shevalarini maksimal darajada eronlashgan, ya’ni tojik tili vokalizmini o‘zida to‘la aks ettirgan shevalar deb hisoblaydi. Eronlashmagan shevalarga Farg‘onaning singar monizmli qishloq shevalarini (Saroy, Andijon, Yo‘lguzar) va o‘zbek-qipchoq j lahjasidagi shevalarni kiritadi. Eronlashgan va eronlashmagan shevalar o‘rtasida eroshlashishning kuchsizlanishi, gibridizatsiya jarayonida turkiy elementlarning kuchlilanishiga ko‘ra eronlashgan shevalarni 4 tipga ajratdi. Bular: 1. Samarqand-Buxoro shevalari. 2.Toshkent tipidagi shevalar(Toshkent va uning atrofidagi qishloq shevalari –Xonobod, Telov). 3. Qo‘qon-Marg‘ilon (Qo‘qon,Marg‘ilon shahar va qishloq shevalari). 4. Andijon-Shahrixon tipidagi shevalar, 4-a tipga uyg‘urlashgan yoki umlautli shevalar(Namangan va unga yaqin qishloq shevalari-Chortoq,Uychi, Shaxand). Prof. YE. D. Polivanov tasnifida yana ikki tip sheva ajratilgan. Bular: 6. Shimoliy o‘zbek shahar shevalari tipi(Turkiston, Chimkent, shuningdek, ba’zi bir qishloq shevalari). 7. Shimoliy o‘zbek qishloq shevalari tipi(Mankent, Qorabuloq kabilar). Yuqorida sanab o‘tilgan shevalarning hammasi prof. YE. D. Polivanovning ko‘rsatishicha, “Chig‘atoy” lahjasini tashkil qiladi. Chig‘atoy guruhi Toshkent, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro, Qarshi kabi ko‘pgina shahar va shahar tipidagi shevalarni o‘z ichiga oladi. Ikkinchi dialekt “O‘g‘uz” lahjasi bo‘lib, o‘z ichiga ikki guruh shevani oladi. Bular: 1. Janubiy Xorazm (Xiva, Yangi Urganch, Shovot, G‘azovot, Hazorasp, Yangiariq, Xonqa shevalari; u guruhga SHo‘raxon shevasi alohida bir tip sifatida kiritilgan. 2. Shimoliy o‘g‘uz guruh shevalari(Iqon-Janubiy Qozog‘istondagi Qorabuloq shevalari); shu guruhga Forish tumanidagi Bog‘dod shevasi alohida tip sifatida kiritilgan. Uchinchi dialekt “qipchoq” lahjasi bo‘lib,7 tip shevani o‘z ichiga oladi. 1.O‘rta-Xorazm(Gurlan, Bog‘ot va Shabboz) Shimoliy Xorazm(Xo‘jeyli, Qipchoq, Qo‘ng‘irot tumanlari va Mang‘it tumanining ba’zi qishloq shevalari). 2. O-lovchi tip (Qozoq – nayman, Farg‘ona-qoraqalpoq shevalari). 3. Qurama shevalari (Ohangaron vodiysidagi qurama shevalari). 4. Shimoliy o‘zbek shevalari(Turkistondagi So‘zoq, Chalaqo‘rg‘on qishloq shevalari). 5. O‘rta o‘zbek (Qirq shevalari va janubiy o‘zbek shevalari ), laqay shevalari va sh.k.Afg‘onistondagi qipchoq- o‘zbek shevalari ham shu tipga kiradi. Qipchoq yoki sof o‘zbek shevalari vakillari Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida keng hududlarda yashaydilar va j-lanuvchi o‘zbek shevalarini tashkil qiladi. Uning ishlari hozirgi kunda ham o‘zbek shevalarini o‘rganish ishiga katta yordam beradi. Prof. G‘ozi Olim tasnifi. Prof. G‘ozi Olim o‘zi to‘plagan juda boy faktik materialga suyangan holda 1936 yili YE. D. Polivanovning tasnifidan so‘ng o‘zbek shevalarini tasnif qildi. YE. D. Polivanov ma’noga ta’sir qilmaydigan fonetik hodisalarni, tashqi ta’sirni o‘z ishiga asos qilib olganini tanqid qilib, juft unlilarning ma’no farqlash xususiyatiga, lahja sheva vakillari orasida tushunilmaydigan leksik, morfologik, fonetik xususiyatlariga ko‘ra tasnif qilishni ilgari surdi. U o‘zbek shevalarini uch lahjaga ajratdi: 1) o‘zbek-qipchoq lahjasi; 2) turk –barlos lahjasi; 3) Xiva-Urganch lahjasi. Bu lahjalar o‘z navbatida shevalarga ajratiladi. I. O‘zbek-qipchoq lahjasi (qirq, jaloyir-laqay, qipchoq, gurlan): Bu lahjaga Ohangaron vodiysi, Mirzacho‘l, Samarqand, Zarafshon, Buxoro atroflarida, Qashqadaryo, Surxondaryoda yashovchi o‘zbeklar kiradi. Bu lahja vakillari Xorazm, Andijon, Namangan, Qo‘qon, Qipchoq, Chimboy, Qo‘ng‘irot tumanlarida, Tojikiston va Afg‘onistonning shimolida yashovchi o‘zbeklar ham kiradi. Bu lahjaning fonetik va morfologik xususiyatlari quyidagicha: y >dj: yyer – djer; yol – djol q > g‘: aq-ag‘ar; aq –ag‘ь, qulaq- qulag‘; k > g: yek-yegip, kөk-kөgi; p > b: top-tobi, qap-qab’; g‘ > v: tug‘-tuv, tag‘-tav; g,g‘ > y: tegdi-tiydi, yegdi-iydi, sg‘d’-syd’, yg‘n-djiyin. So‘z oxirida q,g‘ tushib qoladi: sar, tar. Jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi:-g‘a,-qa,-gә, -kә,-a,-ә. Ko‘plik qo‘shimchasi: -lar, -lәr,-nar, -nәr, -tar, -tәr, -dar, -dәr. Hozirgi zamon davom fe’li: -yatir, -jatir. Bu lahjaga kiruvchi to‘rtta shevaning fonetik-morfologik xususiyati: 1. Qirq shevasida qisqa “i” o‘rnida iy(i:y) uchraydi: i:t (it). Jo‘nalish kelishigidagi kishilik olmoshlari: mag‘an, sag‘an, ugan. 2. Jaloyir-laqay shevasida so‘zning ikkinchi bo‘g‘inida ham “ye” tovushi kelishi mumkin: kechen, bergen. 3. Qipchoq shevasida lab garmoniyasi uchinchi bo‘g‘inda ham saqlanadi: uy ugә. 4. Gurlan shevasiga o‘zbek-qipchoq lahjasining hamma xususiyatlarini saqlagan, ammo ayrim so‘zlarda so‘z boshida “dj” ni yo‘qotayotgan o‘zbek shevalari kiradi. Bu shevada bala so‘zining ko‘pligi bag‘alar(bachalar) bo‘ladi. II. Turk-barlos lahjasi. Bu lahjaga Toshkent, Qo‘qon, Namangan, Andijon, Marg‘ilon shaharlarida va bu ularlarning atrofida yashovchi o‘zbeklar kiritiladi. Bu lahja vakillari oz bo‘lsa-da, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Zarafshon vodiysida uchraydi. Shuningdek, Chimkent, Sayram, O‘sh, O‘zgan shaharlarida yashovchi o‘zbeklar ham shu lahjaga kiradi. Bu lahjada jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi qattiq o‘zak unlilar va jarangsiz undosh bilan tugasa -qa, jarangli bilan tugasa -g‘a, yumshoq o‘zak jarangsiz undosh bilan tugasa -ga tarzida qo‘shiladi. Tushum kelishigi: -n’, -ni. G‘ozi Olim bu lahjani to‘rt shevaga bo‘ladi: Sayram – Chimkent shevasi. Toshkent –Xovos shevasida tushum kelishigi -ti aklida bo‘ladi. Istak fe’li yasovchi -luk: keliyluk. Hozirgi zamon davom fe’li: -vot ke(l)vott’,ovotti, kemyotit. Andijon shevasida tushum kelishigi -n, -ni, -t, -ti, -d, -di tarzida bo‘ladi. Hozirgi zamon davom fe’li: -yap yo -yep bilan yasaladi: keleyepmen. Namangan shevasida hozirgi zamon davom fe’li qo‘shimchasi: -ut keluttman, kelmuttman. III.Xiva-Urganch lahjasi Xiva, Qorluq, Xonqo, G‘azovot, Toshovuz, Eski Urganch, Hazorasp, Kat, To‘rtko‘lda yashovchi o‘zbek shevalari kiradi. Jo‘nalish kelishik qo‘shimchasi:-g‘a, -ga, -a, -ә kabi ishlatiladi. Kelasi zamon fe’li yasovchi affiksi -djaq, -djak; istak fe’li yasovchi -l, -li: keleli, alal. Xiva-Urganch lahjasini prof. G‘ozi Olim ikki guruhga bo‘ladi: 1.Xiva shevasi. Bu shevada singarmonizmning saqlanishi, cho‘ziq unlilarga (a:i) ega bo‘lishi, q o‘rnida k undoshining kelishi muhim ahami yatga egadir. 2.Qorluq shevasi (xususiyatlari berilmagan...). Bu tasnifda o‘zbek-qipchoq lahjasidan boshqa shevalarning lingvistik farqlari berilmaganligi uchun tanqid qilingan. YE. D. Polivanov va G‘ozi Olim tasniflari o‘z vaqtida prof. I. A. Batmanov tomonidan tanqid qilingan. Prof. A. K. Borovkov tasnifi. Prof. A. K. Borovkov o‘zbek tilshunos ligi, ayniqsa, o‘zbek dialektologiyasining fan sifatida shakllanishiga katta hissa qo‘shgan olimlardan biridir. U to‘plangan faktik materiallar asosida o‘zbek shevalari tasnifining ikki xil variantini tavsiya qildi. U o‘zbek shevalarini fonetik jihatdan tasnif qilinganda ikkiga bo‘ladi. o -lovchi shevalar; 2) a -lovchi shevalar. o-lovchi guruh shevalarga shahar shevalari (Toshkent, Samarqand, Buxoro, Kattaqo‘rg‘on, Andijon, Qo‘qon, Marg‘ilon, Farg‘ona, Qarshi, Jizzax shevalari) va ular atrofidagi tuman shevalarini kiritadi. Bu shevalarda unlilarning soni 6-7 ta. Singarmonizm hodisasi yo‘q. Bu shevalarning birinchi yoki keyingi bo‘g‘inlarida ochiq ɔ fonemasi ishlatiladi: әta , bәla, kәzen, sәmen). Toshkent. Hozirgi zamon davom fe’li formasi: vƆt (kevƆtt’) Samarqand. –ɔp (kelɔpt’); Namangan. -vatti bervattiman; Qo‘qon, Marg‘i lon, Andijon, Farg‘ona, - yep bƆrepmen. A - lovchi guruh shevalarga singarmonizmni saqlagan shevalarni kiritib, uni ikkiga ajratadi: y-lovchi va 2) j-lovchi shevalar. y-lovchi guruhga Janubiy Xorazm va Janubiy Qozog‘istondagi (Chimkent, Mankent, Turkiston) o‘zbek shevalari kiritildi. dj-lovchi guruhga esa Shimoliy Xorazm, Surxondaryo va Samarqand viloyatidagi qishloq shevalari kiritildi. Borovkov «O‘zbek shevalarining klassifikatsiyasi masalalari» nomli ishida o‘zbek shevalarining boshqa tasnifini taqdim etdi. O‘zbek dialekt va shevalari orasidagi tarixiy-lingvistik xususiyatlarini hisobga olib to‘rtta dialektga bo‘ladi. 1. O‘rta o‘zbek dialekti. 2. Shayboniy o‘zbek yoki dj-lovchilar dialekti. 3. Janubiy Xorazm dialekti. 4. Alohida guruh shevalar. 1. O‘rta o‘zbek dialekti ikki guruhga ajratilgan: a) O‘rta O‘zbekiston shevasi(Toshkent, Samarqand, Buxoro va Farg‘ona). 6 yoki 7 unli fonema bor, 1-2- bo‘g‘inida o fonemasi bor. b) Shimoliy o‘zbek shevasi (Chimkent, Sayram, Jambul, Marki, Janubiy Qozog‘iston). 2. Shayboniy o‘zbek yoki dj –lovchi dialekt. Bu dialektga Samarqand, Qashqadaryo, Buxoro, Surxondaryo, Ohangaron vodiysi, Farg‘ona. Xarakterli xususiyatlari: a)unlilar 8 ta, o‘zlashayotgan ɔ fonemasi bilan 9 ta unli fonemaga ega;. b) so‘z boshida y ning o‘rniga dj qo‘llanadi; v) so‘z oxirida keng unlilardan keyin kelgan k, g, tovushlari v kabi talaffuz qilinadi; tɔv, bɔv, qong‘rav-qo‘ng‘iroq; g) so‘z oxiridagi k, g, k, g, tovush lari unlilaridan keyin kelganda tushib qoladi: kichi, sari; d) hozirgi zamon davom fe’lining formasi: -djatir, ishlab djatir. Janubiy Xorazm dialekti. Bu dialekt o‘z ichiga Xonqa, Hazorasp, Shovot, Yangiariq, G‘azovat, SHo‘raxon va shularga yondosh bo‘lgan qishloq shevalarini o‘z ichiga oladi. Dialektning asosiy xususiyatlari: a) so‘z boshidagi jarangsiz t, k o‘rnida jarangli d, g talaffuz qilinadi. geldi, di:ri (tirik); b) qisqa va uzun unlilar mavjud. v) so‘z oxiridagi q, g‘, k, g tovushlari tor unlidan keyin talaffuz qilinmaydi. di:ri, sa:ri. g) hozirgi zamon davom fe’lining formasi: -yatir: gєlyatir d) kelasi zamon formasi – djaq, -djәk: gєlәdjәk (kelajak). Alohida guruh shevalar (kelib chiqishi jihatidan turlicha bo‘lgan ayrim shevalar). Ular ikkiga bo‘linadi: Qorabuloq, Ikon, Mankent shevalari. Bu shevalarning asosiy xususiyatlari6 uzun-qisqa unlilarga ega ekanligi; qaratqich kelishigi formasida –ing (qorabuloq) ishlatilishi. “umlautli” shevalar (Namangan viloyatida) Prof. V.V. Reshetov tasnifi. V. V. Reshetov o‘zbek shevalarini tarixiy – lingvistik xususiyatlarini va ayrim dialektlarga qo‘shni tillar(tojik, qozoq, qoraqalpoq, turkman) munosabatini hisobga olgan holda o‘zbek shevalarining tasnifini tuzdi. O‘zbek, qozoq, uyg‘ur, turkman, qoraqalpoqlar tarkibiga kirgan turk qabilalarining o‘zaro munosabatlari haqidagi tarixiy-lingvistik ma’lu motlar o‘zbek tilida qator dialektlar birligi borligini ko‘rsatadi. O‘zbek xalqi tarkibida tarixiy – lingvistik jihatdan bir-biridan farq qiladigan uch dialekt birligi bordir. Bular: 1) qipchoq, 2) o‘g‘uz, 3) qorluq-chigil-uyg‘ur dialektlaridir. Bu dialekt birliklari o‘z navbatida o‘zbek tili tarkibida uch lahjani (qipchoq, o‘g‘uz va qarluq-chigil- uyg‘ur lahjalari) vujudga keltirdi, bular hozirgi kunda ham o‘zbek tilining alohida lahjasi sifatida davom etib kelmoqda. Demak, o‘zbek tili uch turkiy komponentning birikishi natijasida vujudga kelgan: 1) qorluq-chigil-uyg‘ur lahjasi hozirgi qardosh uyg‘ur tiliga yaqin bo‘lib, tojik tili bilan yaqin etno-lingvistik munosabatda bo‘lgan; 2) qipchoq lahjasi qardosh qozoq va qoraqalpoq tillari bilan yaqin; 3) o‘g‘uz lahjasi qardosh turkman tili bilan yaqin. V. V. Reshetov qardosh va qardosh bo‘lmagan qo‘shni tillar bilan o‘zbek tili dialektal tarkibining munosabatlarini grafik shaklda quyidagicha ifodalaydi: 1. Qorluq-chigil-uyg‘ur dialekti I. O‘zbek dialektining qorluq-chigil-uyg‘ur lahjasi. Bu lahja Toshkent, Namangan, Andijon, Farg‘ona kabi qator aholi punktlarini o‘z ichiga oladi. Xarakterli xususiyatlari: ch//t almashinishi: t-tusht’//chusht’. uyg‘. chusht’, Toshkent ch(’) shle. o‘zak va affikslarda so‘z oxiridagi k-q//g-g‘ saqlanadi. Uyg‘. sar’g‘, qatt’g‘; Toshk. ter’g// ter’k, ser’g; Nam. yoq//yog‘, blek, b’r kullug. l//n undoshlarning almashinishi: kөynek//koyney (Tosh). to‘liq progressiv assimilyatsiya: ɔshsh’, tem’rr’-n’ affiksi qaratqich kelishigi vazifasini ham bajaradi. Hozirgi zamon davom fe’li. Toshk. -vat, Nam. -ut, uychi. – vәt, Toshkent. bɔrvɔtmәn> bɔrvɔmmәn, bɔrvɔtsәn> bɔrvɔssәn, bɔrvɔtt’, bɔrvɔt m’z> bɔrvɔmm’z, bɔrvɔts’z> bɔrvɔss’z, bɔrvɔtt’lә. Namangan. q’lutt’mәn, q’lutt’sәn>q’lussәn, q’lutt’, q’lutt’m’z, q’lutt’s’z>q’luss’lә, q’lutt’. Uyg‘ur. q’lvat’man, q’lvat’san, qilvat’du, q’lvat’m’z, q’lvat’s’z, q’lvat’du. Samarqand. q’lɔpman, q’lɔpsәn, q’lɔptu, q’lɔpm’z, q’lɔps’z, q’lɔptu. Bu lahja 4 guruhga bo‘linadi: 1.Farg‘ona guruhi. 2.Toshkent guruhi. 3. Qarshi guruhi. 4.Shimoliy o‘zbek guruhi. 1. Farg‘ona guruhi. 1. Namangan dialekti. Namangan shahar shevasi, Uychi, Chortog‘ kabi shevalar kiradi. Qardosh uyg‘ur tiliga o‘zining yaqinligi bilan xarakterlanadi. 2. Andijon-Shahrixon dialekti. Andijon shahar, Shahrixon shevasi va Andijon viloyatidagi boshqa ba’zi shevalarni o‘z ichiga oladi. 3. O‘sh-O‘zgan dialekti. O‘sh, O‘zgan, Jalolobod shevalarini o‘z ichiga oladi. O‘sh-O‘zgan dialekti qirg‘iz tili elementlarining borligi bilan xarakterlanadi. 4. Marg‘ilon-Qo‘qon dialekti. Marg‘ilon, Farg‘ona shaharlari, Vodil, Qo‘qon shevalari kiradi. 2. Toshkent guruhi. 1.Toshkent dialekti. Unga Toshkent shahar va viloyati shevalari kiradi. J-lovchi qipchoqlar kirmaydi. 2. Jizzax dialekti. Unga Toshkent, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryodagi Po‘lati kabi shevalar kiradi. J-lovchi shevalar kirmaydi. 3. Qarshi guruhi. 1. Qarshi dialekti. Unga Qarshi, Shahrisabz, Kitob, Yakkabog‘ nohiya shevalari kiradi. J-lovchi shevalardan tashqari. 2. Samarqand-Buxoro dialekti. Samarqand, Buxoro, Xo‘jand, Farg‘ona vodiysidagi Chust, Qashqadaryo vodiysidagi Koson shevalari unga kiradi. Bu shevalar tojik elementlarining turli darajada borligi bilan xarakterlanadi. 4. Shimoliy o‘zbek gruppasi. 1. Iqon-Qorabuloq dialekti. Unga Iqon, Qorabuloq, Mankent, Qoramurt kabi shevalar kiradi. Unga o‘g‘iz va qipchoq shevalari elementlari borligi bilan xarakterlidir. 2.Turkiston-Chimkent dialekti. Unga Turkiston, Chimkent, Sayram shevalari kiradi. O‘g‘uz elementlarining kamayishi, qipchoq, qozoq elementlarining ko‘payishi bu dialektdagi shevalarga oiddir. Qorluq-chigil-uyg‘ur lahjasining Toshkent va Farg‘ona guruhidagi dialektlarning ba’zilari o‘zbek adabiy tilining shakllanishida muhim rol o‘ynagan. II. O‘zbek tilining qipchoq lahjasi. Bu lahjaga xos xususiyatlar prof. YE. D. Polivanov va prof. G‘ozi Olim tasnifida atroflicha berilgan. 1. Fonetik xususiyatlari: a) kontrast juft unlilarining mavjudligi: u/ү, o/ө, i/i, a/ ә. b) so‘z boshida kelgan o‘rta ko‘tarilish unlilarining diftonglashuvi. ie, үө, uo, (iet, uot, uөt) v) qisqa -uzun unlilarining farqlanmasligi sү:bәt (suhbat) g) so‘z boshida y ning dj ga o‘tishi. (y>dj) djolv, tag‘>tov: tiydid) so‘z oxirida k, q ning tushib qolishi: sariq>sari, kichik>kichi. Morfologik xususiyatlari: a) qaratqich va tushum kelishigi affiksida n/d/t tovushlarining almashinishi: - ning// - ning, -ding// -ding, ting// - ting, -ni// - ni, -di// -di, ti// -ti. b) shaxs olmoshlarining jo‘nalish kelishigi shakli mag‘an, sag‘an, ug‘an, narmag‘an (narman). v) Hozirgi zamon davom fe’li – djatir, barajatir. g) Hozirgi- kelasi zamon sifatdoshi – tig‘an kelәtig‘an. Leksik xususiyatlari bilan qipchoq lahjasi boshqa lahjalardan ham farq qiladi. III.O‘zbek tilining o‘g‘uz lahjasi. Xususiyatlari: a) kontrast juft unlilar mavjudligi; b) qisqa va uzun unlilar farqlanadi; v) k va g tovushlarining maksimal yumshalishi k', g', g) qaratqich kelishigi affiksi -ing// - ing; d)jo‘nalish kelishigi affiksi -a//- ә. uyinә; ye) bol fe’lidagi b tushadi. olShuningdek, bu lahja ham boshqa lahjalardan o‘ziga xos leksik – grammatik xususiyatlari bilan farq qiladi. O‘zbek dialektologiyasining XX asrning 60-yillardan so‘nggi yutuq lari haqida. Milliy istiqlol va o‘zbek xalq shevalari ravnaqi masalalari. 60-yillar o‘zbek dialektologiyasi taraqqiyotida muhim o‘rin tutgan, ko‘plab dialektologik kadrlar yetishtirib bergan Rossiya va O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining muxbir a’zosi A. K. Borovkovdir. U faqat o‘zbek dialektologiyasida emas, umuman, o‘zbek tilshunosligi fanining taraqqiyo tida muhim o‘rin tutadi. Chunki o‘zbek tilshunosligining hamma sohalari bo‘yicha chuqur ilmiy asosga qurilgan asarlar yaratdi. Olim o‘zbek dialektologiyasining ulkan mutaxassisi sifatida ko‘pgina asarlar yaratdi, o‘zbek shevalarini tasnif qildi. Uning sof dialektologik asarlariga «Voprosnik dlya sobiraniya materialov po uzbekskom govoram», «K xarakteristike uzbekskix «umlautnix» ili «uygurizovannix govorov», «Voprosi klassifikatsii uzbekskix govorov», «Uzbekskoye govori Namanganskoy oblasti» kabilarni kiritish mumkin. Mazkur ishlarda olim o‘zbek shevalarining g‘oyat xilma-xilligini, ularni tasnif qilish masalalarini yoritdi. «Voprosnik dlya sobiraniya materialov po uzbekskim govoram» da esa birinchi tajriba sifatida savol-javoblardan iborat anketa usulini qo‘llab ko‘rdi. Bu bilan olim o‘zbek shevalarini lingvo-geografik usulda o‘rganish ishiga ham asos qo‘ydi. A. K. Borovkov o‘z qarashlarida o‘rta o‘zbek dialekti vakillari bilan qipchoq lahjasi vakillarining qadimgi vaqtlardayoq aralashuvi jarayoni o‘tganiga ishora qiladi. 30-yillardan boshlab professorlar YE. D. Polivanov, G‘ozi Olim, K. K. Yudaxin, A. K. Borovkov bilan birga o‘zbek shevalarini o‘rganishda juda kat ta ishlarni bajarishgan. Rossiya Pedagogika Fanlar Akademiyasining haqi qiy a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, professor V. V. Re shetovdir. V. V. Reshetov olib borgan ilmiy dialektologik tadqiqotlar Vatan urushidan keyingi davrning xarakterli xususiyatlaridan bo‘lib, ko‘p lab dialektologik kadrlarni tayyorladi. V. V. Reshetov xilma-xil o‘zbek shevalarining fonetik, morfologik hamda leksik xususiyatlarini yoritadigan ishlarini Ikkinchi jahon urushi arafalarida boshlagan edi. Uning «Nekotoriye zamechaniya po konsonantizmu i morfologii margelanskogo govore uzbekskogo yazika», «K voprosu o termene «Kurama» i o «kuraminax», «Klassifikatsiya uzbekskix govorov Angrenskoy dolini», «K voprosu ob izuchenii uzbekskix narodnix govorov», «O dialektnoy osnove uzbekskogo literaturnogo yazika», «Kuraminskiye govori Tashkentskoy oblasti». «Foneticheskaya i morfologicheskaya sistema», «O Namanganskom govore uzbekskogo yazika», «Sostoyaniye i zadachi uzbekskoy dialektologii», «O dialektologicheskom atlase uzbekskogo yazika», “O‘zbek dialektologiyasi”, “O‘zbek tilining qorluq-chigil-uyg‘ur lahjasi”, “O‘zbek shevalarining tasnifi” kabi bir qancha asarlarida o‘zbek dialektologiyasi ning taraqqiyotiga xos xususiyatlarni yoritdi. Olimning bevosita rahbarligida dialektologik kadrlardan fan doktorlari yetishib chiqdi. V. V. Reshetov yozgan ilmiy-dialektologik asarlar o‘zbek tilining ikki yirik va yetakchi komponenti: qorluq-chigil-uyg‘ur va qipchoq lahjasini yoritishga bag‘ishlangan bo‘lib, mazkur lahjalarning taraqqiyotiga doir original fikrlarni olg‘a suradi. V. V. Reshetov o‘z asar larida o‘zbek tili dialektal komponentlarining o‘zaro munosabatiga ma’lum darajada e’tibor bilan qaraydi. Xullas, o‘zbek dialektologiyasining Ikkinchi jahon urushidan keyingi davr taraqqiyotining butun yo‘nalishi V. V. Reshetov faoliyati bilan chambar chas bog‘langandir. O‘zbek dialektologiyasida o‘zining umumlashtiruvchi xarakterdagi ilmiy tadqiqotlari bilan muhim ahamiyat kasb etgan olimlardan biri – O‘zbekis ton Fanlar Akademiyasining akademigi Sh. Shoabdurahmonovdir. Sh. Shoabdurahmonov markaziy shahar shevalarining o‘zbek adabiy tiliga munosabati masalasini yoritish bilan birga, shevalarning adabiy tilga ta’siri masalasini ham ishlab chiqdi. Ba’zi bir olimlar shevalarning adabiy tilga ta’siri, hatto shevalardan adabiy tilga “hech oladigan narsa qolmagan” deb aytishga jur’at etgan bir vaqtda shevalarning ta’siri, adabiy tilni boyitish kuchi saqlanib qolajagini olim ta’kidladi. Bizning fikrimizcha ham, o‘zbek shevalari o‘zbek adabiy tilining rivojlanishida yetakchi imkoniyatlarning asosiy bazasi bo‘lib qoladi.. Sh. Shoabdurahmonov o‘zining “O‘zbek shevalarining leksik sostavini o‘rganish masalalariga doir” , “Izucheniya i zadachi uzbekskoy dialektologii”, “O‘zbek dialektologiyasi” (V. V. Reshetov bilan birga), “O‘zbek adabiy tilining shevalarga munosabati”, “Shahar shevalari leksikasidan”, “Uzbekskiy literaturniy yazik i yego vliyaniye na govori”, “Undoshlarning o‘rin almashuvi” (metateza), “Tayanch shevalar fonetikasidan”, “O‘zbek adabiy tili va o‘zbek xalq shevalari”, “Dialektnoye chleniye uzbekskogo yazika”, “O‘zbek dialektologiyasi va navbatdagi vazifalar”, “Razvitiye dialektolo gicheskoy nauki v Uzbekistane”, ”O‘zbek shahar shevalari tasnifi”, “O‘zbek shevalarida moslik va ularning adabiy tilda normasini belgilash”, “O‘zbek tilining dialektologik atlasi”, “Ob atlase uzbekskix narodnix govorov” kabi muhim ilmiy maqolalari bilan dialektologiya fanining keyingi taraqqiyoti yo‘nalishini belgilashga ulkan hissa qo‘shmoqda. Xuddi dialektlarni atroflicha o‘rganish ishlarini amalga oshirishda professorlar F. A. Abdullayev, M. Mirzayev, A. Aliyev, A. SHermatov, B. Jo‘rayev bajargan ishlar g‘oyat muhim ahamiyatga egadir. O‘zbek shevalari leksikasini o‘rganish ning yo‘nalishini belgilada S. I. Ibrohimovning ishlari yetakchi rol o‘ynaydi. O‘zbek dialektologiyasida qipchoq lahjasi o‘zining dialektal va hududiy xususiyatlari bilan ajralib turadi. Qipchoq dialektlari bo‘yicha yirik ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan olim X. Doniyorov va N. Rajabov lardir. Hozirgi vaqtda o‘zbek dialektologiyasining turli sohalari bo‘yicha ish olib borayotgan dialektologlardan N. Rajabov, Q. Muhammadjonov, O.Mad rahimov, A. Jo‘rayev, Sh. Nosirov, Y. Ibrohimov, S. Rahimov, X. Alimuro dov kabi olimlarni ham alohida ta’kidlab o‘tmoqchimiz, chunki nomlari qayd etilgan kishilar Toshkent, Qo‘qon, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm(o‘g‘uz), qo‘shni Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Qoraqalpog‘iston respublikasidagi o‘zbek shevalarining fonetik, morfologik strukturasi, leksikasi, dialektal leksikasining ayrim qatlamlarini qiyosiy-tarixiy usulda yoritish bo‘yicha ish olib bordilar va bormoqdalar. Bu olimlar ishlari tufayli o‘zbek dialektologiyasi fan sifatida shakllandi va deyarli barcha lahja va shevalar sinxronik tarzda o‘rganib chiqildi, lug‘atlari tuzildi. O‘zbek dialektlari hamon tadqiqot obyekti bo‘lishi mumkin, ya’ni endilikda o‘zbek shevalarining barcha masalalari bo‘yicha nazariy muammolar: o‘zbek shevalari fonologiyasi, turkiy dialektologiya, etimologiya turkiy tillar bilan qiyosiy jihatdan o‘rganilishi kerak. Bu kabi masalalarning o‘rganilishi o‘zbek tilshunosligini yanada boyitishga xizmat qiladi. Download 68.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling