15-ma‘ruza: oziq-ovqat qo‘shimchalari, oziqaviy va biologik faol qo‘shimchalar reja
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
15-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Antibiotiklar
Konservantlar. Konservantlar — oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash muddatini uzaytiradigan, mikroorganizmlarni (bakteriyalarni, zamburug‗ larni, achitqilarni) rivojlanishini to‗xtatadigan moddalar. Antimikrob moddalar bakteritsid (bakteriyalarni o‗ldirish yoki bakteriostatik xossaga (bakteriyani o‗ldirmasdan rivojlanishiga to‗xtatish) va fungistatik (zamburug‗ ni rivojlanishini to‗xtatishga) yoki fungisid (zamburug‗ larni o‗ldirish) xossaslariga ega bo‗ladi. Oziq-ovqat sanoatida qo‗llashga ruxsat etilgan konservantlarga quyidagilar kiradi. Sorbin kislotasi ................................ E200 Sorbat natriy ...................................... E201 Sorbat kaliy ....................................... E202 Sorbat kalsiy ..................................... E203 Benzoy kislota .................................. E210 Benzoat natriy ..................................... E211 Benzoat kaliy ...................................... E212 Benzoat kalsiy .................................... E213 Ularni samaradorligi va qo‗llash uslublari, ularni kimyoviy tabiatiga va pH muhitiga bog‗ lik. Ko‗pchilik konservantlar kislotali muhitda samarasi kuchli. pH muhit ko‗rsatkichini pasaytirish maqsadida sirka, olma, sut, limon va boshqa kislotalar qo‗llaniladi. Konservantlar odatda konservalashni fizikaviy usullari bilan (qizdirish, quritish,) birgalikda ishlatiladi. Bu energiyani tejashga imkon beradi. Konservantlar quyidagi talablarga javob berishi kerak: — keng ta‗sir etish spektriga; — mikroorganizmlarga nisbatan samarali; — mahsulot tarkibida saqlaguncha o‗zgarmay qolishi kerak; — toksinlar hosil qilmasligi; — mahsulotni organoleptik xususiyatiga ta‗sir etmasligi; — qo‗llashga qulay; — arzon bo‗lishi kerak. Konservantlar quyidagi xususiyatga ega bo‗lmasligi kerak — fiziolik xavfli; — mahsulot komponentlari bilan ta‗sirlanishi; . — ekologik va toksikologik muammolarni keltirish; — ba‗zi bir mahsulotlar ishlab chiqarishda mikrobiologitk jarayonlarga ta‗sir etmasligi kerak. Antibiotiklar Antibiotiklar oziq-ovqat mahsulotlarini (go‗sht, baliq, paranda go‗shti, sabzovotlarni) buzilishini sekinlashtiruvchi qo‗shimcha modda hisoblanadi. Meditsina uchun ruhsat etilgan antibiotiklar, oziq-ovqat mahsulotlari uchun qo‗llashga ruxsat etilmaydi. Antibiotiklar mahsulotlarni saqlash muddatini 2-3 yilgacha uzaytirishi mumkin. Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashda nizin va pimaridan qo‗llash keng tarqalgan. Nizin (E234) — C 143 H 230 O 37 S 7 — peptidli antibiotik hisoblanadi. Quruq holatda yaxshi saqlanadi. Nizin sulak proteolitik fermentlariga ta‗sirchan. Lekin oshqozon fermentlariga chidamli. Nizin ma‗lum bakteriyalarni o‗stirish usulida olinadi. Gram musbat bakteriyalarga, streptokokk, batsill va boshqa bakteriyalarga ta‗siri kuchli. Sterilizatsiya haroratini pasaytirishga imkon beradi. Pishloq ishlab chiqarishda, sabzavotlarni konservatsiyalashda, sut mahsulotlarni saqlash muddatini uzaytrishda qo‗llaniladi. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling