15-mavzu: akt so‘z va terminlarini tartibga solish. Lug’atlarga yondoshuv


Download 29.25 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi29.25 Kb.
#1585133
1   2   3
Bog'liq
15-mavzu

2. AKT sohasidagi yangiliklar
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi kuzatilayotgan bugungi kunda zamonaviy ta’lim tizimi oldida AKT sohasida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish masalasi dolzarb bo‘lib turibdi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi uchun malakali mutaxassislar tayyorlash mamlakat iqtisodiyotining barcha jabhalarida AKTni joriy qilish orqali xizmat va mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirishning kafolatidir.Jamiyatni axborotlashtirish, yangi axborot texnalogiyalari bilan ta’minlash insonlarning turli – tuman ma’lumotlarga bo’lgan yehtiyojini qondirishda muxim o’rin tutadi.Axborot texnologiyalari maʼlumotlarni boshqarish va qayta ishlash texnologiyalaridir. Odatdabu atama ostida kompyuter texnologiyalari tushuniladi. Axborot texnologiyalari sohasida turli axborotni EHM va kompyuter tarmoqlari orqali yigʻish, saqlash, himoyalash, qayta ishlash, uzatish kabi amallar ustida ishlar olib boriladi.Axborot texnologiyasi asosiy texnik vositalari sifatida hisoblash- tashkiliy texnikadan tashqari aloqa vositalari – telefon, teletayp, telefaks va boshqalar qo’llaniladi.Yaratuvchi axborot taxnologiyalari axborotni ishlab chiqaradigan, undan foydalanadigan va insonni tarkibiy qism sifatida o'z ichiga oladigan tizimlardan iborat.
2.2 Soha lug’atlari bilan ishlash
Har bir xalqning asriy tajribasini o‘zida mujassam qilgan ona tilidagi lisoniy boyliklarni asrab qolish, ularni ilmiy tahlil qilish, keyingi avlodlarga yetkazish hozirgi fan oldida, xususan, tilshunoslik oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov aytganidek, “Xalqning milliy madaniyati va o‘ziga xosligini ifoda etuvchi vosita bo‘lmish o‘zbek tili” da mavjud bo‘lgan so‘z va iboralarni, atamalar va leksik boyliklarni o‘rganish hamda lisoniy meros sifatida ilmiy tahlilini olib borish bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biridir. Ma’lumki, terminologiya masalalari ilmiy-texnik ishlab chiqarish, kasbhunar, har xil tarmoqlar leksikasi, ijtimoiy hayotning barcha jabhalariga tegishli so‘z va iboralarni qamrab oladi, bu tushunchalar tarixi xalq hayoti, uning moddiy va ma’naviy jihatlari bilan bog‘liq hamda ularning barchasini tadqiq qilish, tilning mulkiga aylantirish hozirgi davr tilshunosligi oldida turgan , kechiktirib bo‘lmas tadqiqot yo‘nalishlaridan biridir. Ma’lumki, tilshunoslikda soha atamalarining turli jihatlarini yoritishga doir anchagina izlanishlar olib borilgan.Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug'atining o`zbek tilidagi nashri davlat xizmatchilari, o'qituvchilar, turli ta'lim muassasalarining talabalari, shuningdek aholi o'rtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, shuningdek shu sohadagi bilimlarni oshirishga yonaltirilgan. Lug'atda 4000 dan ortiq zamonaviy atamalar va tushunchalar, shuningdek ko'p qo'llaniladigan qisqartmalar qamrab olingan. Lug’at 450 dan ortiq diagrammalar, rasmlar, fotosuratlar va logotiplarni o'zida jamlagan, undagi atamalar grafik jihatdan ancha ko'proq to'ldirilganligi ham lug'atning o'ziga xos xususiyatlaridan biridir. Lug'at AKT sohasidagi mutaxassislar, shuningdek aholi uchun zamonaviy kompyuter texnologiyalari bo'yicha bir vaqtning o'zida ham ma'lumotnoma, ham darslik bo'lib xizmat qiladi.

Download 29.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling