15-mavzu: akt so‘z va terminlarini tartibga solish. Lug’atlarga yondoshuv
Sohaviy lug’atlar va ularning qo’llanishi
Download 29.25 Kb.
|
15-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
3.Sohaviy lug’atlar va ularning qo’llanishi
Ilmiy adabiyotlarda taklidlanishicha, ma’lum fan ishlab chiqarish sohasidagina qo’llaniladigan va asosan o’sha soha kishilar, tushinadigan maxsus so’zlar termlar –atamalar sifatida qaraladi. Lug’at- muayyan tilda,uning hududiy yoki ijtimoiy lahjasida mavjud bo’lgan u yoki bu yozuvchi asarlarida uchraydigan so’zlar yig’indisi, leksika. Yoki bu so’zlar(yoki morfemalar, soz birikmalari, iboralar va boshqalar).Muayyan tartibda (alifboli, uyali, mavzuli) joylashtirilgan tasniqlovchi birikmalar yozilishi, talaffuzi, uslubiy mansubligi, bo’shqa tillarga tarjimasi haqida ma’lumotlar jamlangan kitob lug’atlar manaviy madaniyat sohasida muhim orin egallaydi AKT sohasi lug’atlaridan na’muna: 1.Internet - Yer sharining turli burchaklaridagi millionlab hisoblash 2. Server – bu kompyuter tarmog‘ining umumiy masalalarini bajaruvchi va ishchi stansiyalarga xizmatlarni taqdim etuvchi kompyuterdir; 3.IP adres – Internet yoki lokal tarmoqqa ulangan qurilmaning unikal identifikatori; 4.Xost– bu IP-adresga ega, Internet tarmog‘iga ulanadigan universal nuqtadir. Bu kompyuter bo‘lib, u ilovalarni bajaradi va TCP/IP protokolini qo‘llab-quvvatlovchi bitta yoki bir nechta foydalanuvchilarga ega bo‘ladi. Xost kommunikatsiya tarmog‘ining oxirgi nuqtasi sifatida ishlaydi. 5.Paketlar – uzatilayotgan ma’lumotlar porsiyasi. 6.Protokol – tarmoqda axborotni uzatishning butun qonun-qoidalari to‘plamidir.Protokol – xabarlar turi va formatini, xabarlarni uzatilish tartibini belgilaydi. HTTP – gipermatnli xabarlarni uzatish protokoli, FTP – fayllarni uzatish protokoli. 7.Brauzer (browser) – (ingl. tilidan To Browse – ko‘rib chiqish, sahifalash) Internet sahifalarini ko‘rish uchun maxsus dastur. 8. Lokal - Lokal Area Networks (LAN) – katta bo‘lmagan hududlardagi (radiusi 1-2 km dan ortiq bo‘lmagan) kompyuter tarmoqlari; 9. Global – Wide Area Networks (WAN) – turli shahar va mamlakatlarda joylashgan, territorial taqsimlangan kompyuterlarni birlashtiruvchi tarmoq; 10.Aloqa tarmog’i – aloqa tugunlari va liniyalarining muayyan belgilar ko’rinishi (aloqa turi, tarkibiy va funksional avtanomligi va h.k.lar) bo’yichaajratilgan majmuasi bo’lib, abonentlar (foydalanuvchilar) o’rtasida axborot almashuvi uchun mo’ljallangan aloqa tizimining bir qismidir. 11. Telekommunikatsiya (TK) tarmog’i – yagona boshqaruvli oxirgi qurilmalar, kommutatsiya markazlari va ularni bog’lovchi aloqa liniyalari va kanallarining majmuasidir. 12.Kirish tarmog’i - TK tarmoq ierarxiyasining quyi sathi. Kirish tarmog’ining asosiy vazifasi foydalanuvchilar qurilmalaridan ko’plab aloqa liniyalari bo’yicha kelayotgan axborotlarni magistral tarmoq tugunlariga jamlashdir. 13.Mahalliy kompyuter tarmog’i - dеb nomlanadigan yangi tipdagi axborot-hisoblash tizimlarining yaratilishiga olib kеldi. Mahalliy kompyuter tarmoqlari bir-biridan ancha uzoqda joylashgan biror mintaqaga tegishli abonentlarni birlashtiradi. Masalan, biror shahar ichidagi yoki iqtisodiy regionda yoki alohida bir mamlakatda joylashgan abonentlarni birlashtiruvchi tarmoq. Mahalliy tarmoqning uzunligini 2-3 km bilan cheklash mumkin. Bunday tarmoqlarda axborot almashinish aloqa kabellari (ba’zan, telefon tizimi yoki radiokanal) orqali amalga oshiriladi. Bunda foydalanuvchilar tarmoqqa ulangan kompyuterlardagi ma’lumotlarni o’zaro almashishi, dastur, chop etish qurilmasi, modem va boshqa qurilmalardan birgalikda foydalanish imkoniyatiga ega bo’lishadi. 14.Global kompyuter tarmoqlari - turli mamlakatlarda, turli qit’alarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi, ya’ni global tarmoq – dunyoning ixtiyoriy davlatidagi kompyuterlarni o’zida birlashtirish imkoniniga ega bo’lgan tarmoq. Abonentlar orasida aloqa bunday tarmoqlarda telefon aloqa liniyalarda, radioaloqa va sputnik aloqa tizimlari asosida amalga oshiriladi. Kompyutеr tarmoqlari quyidagi tеxnik vositalar bilan bog’liqdir: 15.Kontsеntrator (HUB) – tarmoqda kompyutеrlarni o’zaro axborot almashuvini ta’minlovchi maxsus qurilma. U o’ziga 12, 16, 24 ta kompyutеrlarni o’zaro bog’lash mumkin. 16.Axborotni uzatish kabеllari - tarmoqda axborotni bir kompyutеrdan boshqasiga uzatish uchun xizmat qiladi. 17.Modеm – axborotni kompyutеrdan uzatish kabеliga va kabeldan kompyuterga tushunarli ko’rinishga (yoki tеlеfon aloqa tarmog’iga) o’tkazuvchi maxsus elеktron qurilma. Modеm “modulyator” va “dеmodulyator” so’zlari birikmasidan kеlib chiqqan bo’lib, uning yordamida axborot uzatuvchi kompyutеrda raqamli ko’rinishdan analog ko’rinishiga aylantiriladi, shuningdеk, qabul qiluvchi kompyutеrda analog ko’rinishdan raqamli ko’rinishga aylantiriladi. 18.Ishchi stantsiyalar – bu foydalanuvchi kompyutеrlaridir. Kompyutеrlar tarmoqda ishlashi uchun sеrvеrga kеrakli tarmoq opеratsion tizimi o’rnatilishi lozim. 19.Tarmoq topologiyasi - bu kompyuterlar aloqa kanallari birlashuvining mantiqiy sxemasi. Lokal tarmoqlarida ko’pincha quyidagi uch asosiy topologiyaning biridan foydalaniladi: monokanalli, aylanma yoki yulduzsimon. Boshqa ko’pgina topologiyalar shu uchtasidan kelib chiqadi. Tarmoq uzellarining kanalga kirish ketma-ketligini aniqlash uchun kirish texnologiyalarining o’zi zarur. 20.Kirish texnologiyalari - bu moddiy darajada uzellarni birlashtiruvchi ma’lumotlarni uzatish kanalidan foydalanishni belgilovchi qoidalar to’plamidir. 21.Aloqa operator tarmog’i – bu oshkora aloqa xizmatini ko’rsatuvchi va uning mijozlari hohlagan jismoniy shaxs yoki hohlagan tashkilotlar bo’lib, ular tijorat shartnomasi asosida telekommunikatsiya xizmat ko’rsatuvchilarga aytiladi. 22.An’anaviy xizmat - telefon, tashkilotlarga aloqa kanali ijarasi va bu kanallar orqali o’zining shaxsiy tarmog’ini qurishi, internetga ulanishi, virtual shaxsiy xizmatlarni tashkil etishi, veb-xosting xizmati, elektron pochta, IP-telefon, audio/video signallarni tarqatish va boshqalarga aytiladi. 23.Interfeys - keng ma’noda – o‘zaro aloqadagi mustaqil ob’ektlar orasidagi rasman aniqlangan mantiqiy va/ yoki jismoniy chegara. Interfeys ob’ektlar o‘zaro ta’siri jarayonlari va tafsivlari parametrlarini beradi. 24.Klient – turli ilovalardan alohida kompyuter resurslariga xabar-so‘rovlar uzatish va shakllantirishga mo‘ljallangan, keyinchalik bu tarmoqdan natijalarni olish va mos ilovalar orqali ularni uzatish moduli. 25.Kommutator (Switch) – Xub ko‘rinishida konstruktiv bajarilgan va yuqori tezlikdagi ko‘p portli ko‘prik sifatida ishlovchi uskuna. 4. Ta’limda AKT Akt sohasida bo’limlar o’rtasidagi «ko’prik»-bu axborotdir. Axborot tufayli nazariya amalyot bilan birikadi.Amaliyot nazariyasi yesa amalyotsiz mavjud ham bo’lmaydi rivojlanmaydi ham. Axborot texnologiyasining rivojlanish tarixi Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi ichki va tashqi omillar mavjud bo’lib, ular quyidagilar: Ichki omillar. Tashqi omlilar. Ichki omillar- bu axborotni poydo bo’lish turlari, xosalari, axborotlar bilan turli amallarni bajarish, uni jamlash uzatish, saqlash Tashqi omillar – bu axborot texnologiyasining texnika-uskunaviy vositalari orqali axborot bilan turli vazifalarni amalga oshirishni bildiradi. Asosiy maqsadi akt sohasida fikir yuritish yemas, balki jamiyatning axborotga bo’lgan yextiyojini qondirishdagi usul va vositalar to’g’risida tushunchaga yega bo’lishdir . Foydalanilgan adabiyotlar 1.www.ziyonet.uz 2.www.akt.uz 3. www.ziyo.com Download 29.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling