15-mavzu. Asosiy va aylanma kapital doiraviy aylanishning moliyaviy jihatlari Reja
Download 126.74 Kb.
|
N = X * U * K
Bu yerlda: N - tugallanmagan ishlab chiqarish bo‘yicha aylanma mablag‘larning normativi; X - mahsulotni ishlab chiqarishga qilinadigan bir kunlik xarajatlar; U - ishlab chiqarish siklining uzoqligi (kunlarda); K – xarajatlarning o‘sib borish (to‘planishi, jamlanib borishi) koeffitsiyenti. Mahsulotni ishlab chiqarishga qilinadigan bir kunlik xarajatlar chorak davomida tannarx bo‘yicha ishlab chiqarilgan tovar mahsuloti qiymatini tegishli chorakdagi 90 kunga bo‘lib topiladi. Ishlab chiqarish siklining davomiyligi (uzoqligi) quyidagilar bilan belgilanadi: bevosita ishlov berish jarayoniga tegishli vaqt (texnologik zahira); ishlov beriluvchi buyumlarning ish joylarida joylashishi (transport zahirasi); aylanma zahirasi (ishlov berish operatsiyalari oralig‘idagi vaqtlar); sug‘urta zahirasi (uzilishlar sodir bo‘ladigan vaziyatlar uchun). Xarajatlarning o‘sib borish (to‘planishi, jamlanib borishi) koeffitsiyenti tugallanmagan ishlab chiqarishdagi buyum o‘rtacha tannarxining ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy summasiga nisbati bilan aniqlanadi. Albatta, zahiralarni mohirona boshqarish menejment va XYUS ishlab chiarish xodimlaridan inflyatsiyani hisobga olishni, sifat va chiqariladigan tovarning bozorda talab ega ekanligi ustidan uzluksiz nazorat olib borishni, bahosi va iste’mol belgilariga (xususiyatlariga) ko‘ra XYUS tomonidan chiqariladigan mahsulotlarning iste’molchilar talabiga qarab o‘zgarishini qondirishni talab qiladi. Download 126.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling