15-mavzu. Asosiy va aylanma kapital doiraviy aylanishning moliyaviy jihatlari Reja


Download 126.74 Kb.
bet5/10
Sana18.11.2023
Hajmi126.74 Kb.
#1785145
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Afzalliklari

Kamchiliklari

Asosiy vositadan foydalanishning real modelini aks ettiradi:

  • yuklamasi ko‘p bo‘lgan davrda eskirish bo‘yicha xarajatlar yuqoriroq bo‘ladi;

  • bekor turib qolgan vaqtda eskirish bo‘yicha xarajatlar nolga teng bo‘ladi

Hisob-kitob qilish mushkul, sababi har oy eskirish bo‘yicha xarajatni hisob-kitob qilish uchun baza sifatida – butun foydali ishlatish muddatida jami ishlab chiqarilgan mahsulotni aniqlashni talab etadi


Odatda, dasturiy ta’minotga qo‘shimcha ishlov berishni talab etadi (1S, 1Uz)

Eskirish ishlab chiqarilgan mahsulotga mutanosib bo‘lgan sohalarda ishlab chiqarish usulini qo‘llash tavsiya etiladi. Masalan, – ishlab chiqarish korxonalarida, tashish xizmatlarini ko‘rsatadigan kompaniyalarda va h.k.


Ishlab chiqarish usulini qo‘llash uchun AV ob’ektining butun xizmat muddatida ishlab chiqarilgan mahsulotni aniqlash lozim. Korxona ushbu axborotni asosiy vositaning texnik hujjatlaridan (texpasport) olishi mumkin. Biroq texnik pasportlarda har doim ham bunday axborot bo‘lmaydi. U holda ushbu asosiy vosita sotib olingan ishlab chiqaruvchi zavodga ishlab chiqariladigan mahsulotning taxminiy eng ko‘p hajmi haqida rasmiy so‘rovnoma yo‘llash lozim.
Misol
Amortizatsiya turli usullarda hisoblanganda xarajatlarni solishtirish
Polietilen flakonlar ishlab chiqaruvchi korxona qiymati 75 000 000 so‘mlik yangi uskunani ishga tushirdi. Korxona mashina va uskunalar uchun eskirishni hisoblashning ishlab chiqarish usulini qo‘llaydi. Texnik tavsiflariga ko‘ra uskunaning butun xizmat muddatidagi eng yuqori ishlab chiqarish quvvati 100 000 000 mahsulot birligini tashkil etadi.
2021 yil mart oyi davomida kompaniya 1 000 000 flakon birligini ishlab chiqargan.
2021 yil mart oyi uchun eskirishni hisob-kitob qilish:
1 birlik mahsulot uchun eskirish = 75 000 000 so‘m : 100 000 000 birl. = 0,75 so‘m / birl.
2021 yil mart oyi uchun eskirish = 0,75 so‘m x 1 000 000 birl. = 750 000 so‘m.
Mazkur korxona eskirishni to‘g‘ri chiziqli usul bilan hisoblaydi, deylik. Hisob siyosatiga ko‘ra bir yilda mashina va uskunalar uchun eskirish normasi 15%ni tashkil etadi.
2021 yil mart oyi uchun eskirish = 75 000 000 x 15% : 12 oy = 937 500 so‘m.
Endi korxona ayrim sabablar tufayli 2021 yil aprelda ishlab chiqarishni vaqtincha to‘xtatishga majbur bo‘lganini inobatga olgan holda 2021 yil mart–aprel oylari uchun ishlab chiqarish va to‘g‘ri chiziqli usullar bilan hisoblangan eskirish bo‘yicha xarajatlarni solishtiramiz.


Download 126.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling