15-mavzu. Asosiy va aylanma kapital doiraviy aylanishning moliyaviy jihatlari Reja


Download 126.74 Kb.
bet9/10
Sana18.11.2023
Hajmi126.74 Kb.
#1785145
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
N = E * U * B
Bu yerda: N – aylanma mablag‘larning normativi;
E – aylanma mablag‘larga bo‘lgan kunlik
ehtiyoj;
U – o‘rtacha interval uzoqligi;
B – aylanma mablag‘ birligining bahosi.

Masalan, faraz qilaylik qandaydir bir xom ashyoning zahira normasi 15 kunga, kunlik ehtiyoj 10 tonnaga va bir tonnaning bahosi 20 ming so‘mga teng bo‘lsa, u holda pulda ifodalangan normativning darajasi 600 ming so‘mga (15 x 10 x 20 000) teng bo‘ladi.


Umuman olganda, aylanma mablag‘lar normativi mol yetkazib berishlar o‘rtasidagi o‘rtacha intervalni hisobga olgan holda quyidagi formula orqali aniqlanishi mumkin:
N = E * (U + U ) : 2 * B
Bu yerda: N – aylanma mablag‘larning normativi;
E – aylanma mablag‘larga bo‘lgan kunlik ehtiyoj;
U + U - navbatdagi ikki mol yetkazib berishlarning kunlardagi uzunligi;
B – aylanma mablag‘ birligining bahosi.

Aylanma mablag‘larning har bir elementlari bo‘yicha normativning alohida hisoblanishi natijasida xususiy normativlar vujudga keladi. O‘z navbatida, barcha xususiy normativlarni jamlash (qo‘shish) natijasida yig‘ma (jamlangan) normativ hosil bo‘ladi.


Xom ashyo, materiallar va yarim tayyor mahsulotlarning alohida turlari bo‘yicha zahiralarning kunlik (kundagi) normasi quyidagi zahiralar summalarini inobatga olib o‘rnatiladi (belgilanadi):

  • transport zahirasi;

  • tayyorlov zahirasi;

  • texnologik zahira;

  • joriy zahira;

  • sug‘urta zahirasi.

Transport zahirasi yukning yo‘ldagi kunlari va shu yuk uchun hujjatlarni to‘lash va ularning harakatlanish kunlari sonini o‘z ichiga oladi. Tayyorlov zahirasi qabul qilishni rasmiylashtirish, navlarga ajratish, ortish-tushirish, komplektatsiya qilish, moddiy resurslarni maxsus qayta va h.k.lar bog‘liq. Bu zahira norma yoki haqiqatda sarflangan vaqt asosida o‘lchanadi. Texnologik zahira ishlab chiqarish texnologiyasiga bog‘liq va texnologik normalar asosida hisoblanadi.
Asos sifatida joriy maksimal ombor zahirasi olinadiki, chunki u materiallarni navbatdagi ikki yetkazib berish intervali o‘rtasida ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlaydi. Maksimal joriy zahira materiallarga bo‘lgan o‘rtacha kunlik ehtiyoj va navbatdagi ikki mol yetkazib berish intervali o‘rtasidagi uzunlikning (davomiylikning) ko‘paytmasiga teng. Mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish hajmining o‘sishi joriy ombor zahirasining oshirilishini talab qiladi. Shuningdek, maksimal joriy zahira ishlab chiqarishning bir maromdaligini (ritmligini) ta’minlash uchun har doim biroz o‘zgartirilishi kerak. Sug‘urta zahirasi rezerv sifatida, odatda, joriy ombor zahirasining 50% doirasida qabul qilinadi.
Shunday qilib, zahiraning kunlardagi normasi transport zahirasi, tayyorlov zahirasi, texnologik zahira, joriy ombor zahirasi va sug‘urta zahiralarining summasiga teng bo‘lgan summalar yig‘indisidan iborat.
Tugallanmagan ishlab chiqarish bo‘yicha aylanma mablag‘larni norma (me’yor)lashtirish buyumlarning guruhlari bo‘yicha amalga oshiriladi va u quyidagi formula yordamida aniqlanadi:

Download 126.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling