15-mavzu: Hozirgi zаmon vа din Mavzu o’quv maqsadi


Terrorizm tushunchasi va uning asosiy belgilari


Download 41.35 Kb.
bet5/7
Sana18.12.2022
Hajmi41.35 Kb.
#1027368
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
15-mavzu

Terrorizm tushunchasi va uning asosiy belgilari.Terrorizm (lotincha – «qurqitish», «vahimaga solish») – aholining keng qatlamlarida vahima va qurquv uygotish, jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish orqali davlat hokimiyatini egallash maqsadiga qaratilgan jinoiy faoliyatdir.
Terror – ommaviy va siyosiy maqsadlarga erishish uchun zuravonlikdan hamda zuravonlik qilish bilan tahdid solishdan muntazam foydalanishdir. SHunday qilib, «terror» dushmanni jismoniy zuravonlik yuli bilan qurqitish, hatto uni jismonan yuq qilishni anglatadi. «Terrorizm» esa terror amaliyotidir. Bu ikki tushunchani shu tarzda chegaralash maqbul bulsa, u holda terrordan kelib chiqqan terrorizm aslo yangi hodisa bulmay, bugungi kungacha asrlar quynidan etib kelgan, deb hisoblash mumkin.
Uzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida «terrorizm»ga quyidagicha ta’rif berilgan: «Terrorizm – xalqaro munosabatlarni murakkablashtirish, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzish, xavfsizligiga putur etkazish, urush va qurolli mojarolar chiqarish, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish, aholini qurqitish maqsadida davlat organini, xalqaro tashkilotni, ularning mansabdor shaxslarini, jismoniy va uyridik shaxsni biron bir faoliyatini amalga oshirishga yoki amalga oshirishdan tiyilishga majbur qilish uchun zurlik, kuch ishlatish, shaxs yoki mol-mulkka xavf tugdiruvchi boshqa qilmishlar yoxud ularni amalga oshirish tahdidi, shuningdek, terrorchilik tashkilotining mavjud bulishini, ishlab turishini, moliyalashtirilishni ta’minlashga, terrorchilik harakatlarini tayyorlash va sodir etishga, terrorchilik tashkilotlariga yoxud terrorchilik faoliyatiga kumaklashayotgan yoki bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday mablag-vositalar va resurslar berish yoki yigishga, boshqa xizmatlar kursatishga qaratilgan faoliyat».
«Xalqaro terrorizm» tushunchasi davlatlar, xalqaro tashkilotlar, siyosiy partiya va harakatlarni beqarorlashtirishga qaratilgan siyosiy quporuvchilik faoliyatini ifodalaydi. U ogir jinoyatlardan bulib, uzoq davom etgan jarayonlarning hosilasi hisoblanadi.
Xalqaro terrorizm fenomeni, ayniqsa, XX asr boshlarida avj ola boshladi, ya’ni xalqaro terrorizmga qarshi kurashda davlatlararo hamkorlikni yulga quyilishi utgan asrning 30-yillaridan boshlangan. Masalan, 1934 yilda Madridda bulib utgan jinoyatchilikka oid qonunlarni unifikatsiyalashtirish muammolariga bagishlangan konferentsiyada terrorizmning «Aholini dahshatga solish va har qanday ijtimoiy tashkillashuvni yuq qilish maqsadida biror bir vositani qullash» degan ma’nodagi ta’rifi qabul qilinishiga erishilgan. 1937 yilda 20dan ortiq davlat terrorizmning oldini olish va bunday harakatlar uchun jazolash haqidagi Konventsiyani imzoladi.
Bugungi kunda terrorchilik uslublari ancha kengayganini ta’kidlash zarur. 1970-yillarda biror shaxs yoki siyosiy arbobga qarshi uuyshtirilgan terror amaliyoti kuproq uchragan bulsa, hozirda jamoat joylarida, samolyot, avtobus va poezdlarda portlashlarni sodir etish orqali kuplab tasodifiy kishilarning qurbon bulishiga olib keladigan quporuvchilikni amalga oshirishga e’tibor berilmoqda. Ekspertlarning fikricha, bunday harakatlar birinchi navbatda nobud bulganlardan kura, uning guvohlariga qaratilgan.
Xalqaro terrorchilik harakatlarining asosiy belgilari:
xalqaro huquq himoyasidagi ob’ekt yoki sub’ektlarga qarshi qaratilgani;
davlatlar chegaralarini buzish orqali amalga oshirilishi;
a’zolari ikki yoki undan ortiq davlat fuqarolari, shu jumladan, yollanma shaxslar bulgan ekstremistik guruhlar tomonidan sodir etilishi;
ekstremistik guruhlar tarkibida quporuvchilik harakatlari buyicha xorijlik yuriqchilarning qatnashishi;
ekstremistik guruh a’zolarining boshqa davlatlar hududida tashkil etilgan maxsus lagerlarda tayyorgarlik kurishi;
tayyorgarlik kurish va quporuvchilikni sodir etishda xorijiy davlatlar va ekstremistik uuyshmalar yordamidan, xalqaro tus olgan noqonuniy qurol-yarog savdosi va narkobiznesdan keladigan moliyaviy manbalardan foydalanilishi.
Muayyan mamlakat hududida sodir etilgan terrorchilik xurujida qayd etilgan u yoki bu belgilarning bulishi, unga xalqaro maqom berilishi va shundan kelib chiqib, unga mos choralar kurilishiga olib keladi.
Islom niqobidagi ekstremizmning goyaviy ildizlari.Islom niqobi ostida paydo bulgan ekstremistik harakatlar tarixiga e’tibor beradigan bulsak, ularning ildizlari uzoq utmishga, hatto islom tarixining birinchi asriga borib taqalishini kurish mumkin. Uning ilk vakillaridan biri sifatida 657 yili xalifa Ali (r.a.) askarlaridan ajralib chiqqan, uzlarini haqiqiy musulmon, saflariga qushilmaganlarni «dindan qaytgan» deb e’lon qilib, ularga qarshi murosasiz kurash olib borgan «xorijiylar» (arabcha–ajralib chiqqanlar, isyonchilar) diniy-siyosiy oqimi faoliyati misol bula oladi.
Demak, islomda dastlab paydo bulgan firqa «xorijiylar»dir. «Xorijiylar» uz talqinlaridagi «sof» islom qoidalariga qat’iy rioya qilish tarafdori edi. Aynan ular uz qarashlari va faoliyatiga qushilmaganlarni imonsizga chiqarish, ularga qarshi «jihod» olib borish haqidagi goyalarni ishlab chiqib, terror uslubini qullash orqali hukmdorlarni jismonan yuq qilish amaliyotini boshlab bergan edi. Bunday goyalar kelib chiqishiga kura hokimiyat uchun kurashning zuravonlikka asoslangan usullaridan bulib, minglab kishilarning halok bulishiga olib kelgan. Uz davridaular bilan bahs munozara qilish, ularning fikrlariga raddiya berish, tugri yul kursatish maqsadida mashhur sahobiy Abdulloh ibn Abbos (r.a.) ularning huzuriga junatilgan edi. Abdulloh ibn Abbos asosan ularning «Allohning hukmi» borasidagi xato qarashlariga raddiya bergan. Natijada jami olti minglik xorijiylardan ikki ming nafari notugri yulda ekanliklarini anglagan holda undan qaytganlar.
«Iroq va SHom islom davlati» (ISHID) yoki «Islom davlati» tashkil topishida «al-Qoida» tashkiloti muhim urin tutgan. Dastlab, 2004 yilda xalqaro miqyosdagi terrorchi Abu Mus’ab Zarqoviy Iroqda «Tavhid va jihod jamoati»ni tuzadi va «al-Qoida»ning Iroqdagi bulimi sifatida faoliyat olib boradi. Iroqdagi harakat doirasini kengaytirish maqsadida keng kulamli ishlar olib boriladi. Keyinchalik unga «Jaysh al-fotihin», «Jaysh as-sahoba» kabi bir qator terrorchi guruhlar qushilishi natijasida Zarqoviy 2006 yilda Abdulloh Rashid Bagdodiy boshliq «Mujohidlar maslahat kengashi» tuzilganini e’lon qiladi. Buning natijasida YAqin SHarqdagi bir necha terrorchi guruhlarni birlashtirgan tashkilot 2006 yil 15 oktyabrda «Iroq islom davlati» nomi ostida Iroqda tashkil topadi va unga Abu Umar Bagdodiy ismli shaxs rahbarlik qiladi.
2010 yil 19 aprelda Abu Umar Bagdodiy uldirilgandan sung guruhga Abu Bakr Bagdodiy nomi bilan tanilgan Abdullo Ibrohim as-Samariy (ayrim ma’lumotlarga kura, Ibrohim Avvad al-Badriy al-Husayniy) rahbarlik qiladi. Suriyada kechayotgan mojarolarga mustaqil armiya sifatida kelib qushilgandan sung, 2013 yil aprel oyida tashkilot «Iroq va SHom islom davlati» (ISHID) deb nomlandi. «Al-Qoida» tashkiloti «ISHID»ning Suriyadagi mojarolarga aralashganidan sung, 2014 yil fevral oyida mazkur tashkilotning «al-Qoida»ga aloqasi yuq deb bayonot berdi. BMT Xavfsizlik kengashi ma’lumotlariga kura, dunyodagi eng xavfli hisoblangan «al-Qoida» faolligining kamayishi undanda kuchliroq terrorchilik tashkilotlari, xususan «Iroq va SHom islom davlati»ning paydo bulishiga sabab bulgan.
2014 yil 29 iuynda tashkilot rahbarlari tomonidan Iroq va SHom (Suriya) hududida xalifalik tuzilgani va Abu Bakr Bagdodiy xalifa ekani e’lon qilindi. Keyinchalik, «ISHID» uzini «Islom davlati» deb nomladi.
Tashkilotning bosh maqsadi islom «xalifaligi»ni qayta tiklash va islom shariatini amalga tatbiq etishdan iborat. Bu yulda Iroq, Suriya mamlakatlari negizida sunniy musulmonlarning yagona davlati «xalifalik»ni barpo etib, bosqichma-bosqich YAqin SHarq va SHimoliy Afrika mamlakatlari hisobiga kengaytirishni e’tirof etadi.
Mazkur terrorchi tashkilot tomonidan 2013-2017 yillar mobaynida Iroq va Suriya hududlarida 10 mingdan ziyod terrorchilik harakatlari sodir etildi, uz joniga qasd qiluvchi terrorchilar tomonidan 100 dan ortiq quporuvchilik harakatlari, portlashlar amalga oshirildi. Suriyada «ISHID» jangarilari 60 dan ziyod cherkov va monastirni vayron qilishdi.
«Jabhat an-Nusra» («jabha» – front, «nusra» – yordam). Tuliq nomi – «Jabhat an-nusra li ahlish SHom» (SHom ahliga yordam fronti) bulib, u «al-Qoida» tashkilotining Suriya va Liviya hududidagi shu’basi hisoblangan. 2016 yil 28 iuyl kuni tashkilot uz nomini «Jabhat fath ash-SHam» deb uzgartirganidan sung «Al-Qoida» aloqalar uzilganini e’lon qildi.
«Jabhat an-nusra» salafiy-jihodiy yunalishidagi harakat bulib, 2012 yil yanvarda Suriyada uyzaga kelgan. Tez orada Suriya hukumatiga qarshi kurashuvchi kuchlarning asosiylaridan biriga aylandi. Harakat oldin Iroqda Abu Mus’ab Zarqoviy qul ostida harakat qilgan «al-Qoida» jangarilaridan tashkil topgan. 2011 yil martda Suriyada davlat tuntarishi boshlanishi bilan «al-Qoida» ushbu jangarilarni Suriyaga junatgan. Frontning asosiy muassisi «Al-Fotih» laqabli suriyalik Abu Muhammad Juloniydir. «Al-Qoida» tashkilotining rahbari Ayman Zavohiriy «Jabhat an-nusra»ni «al-Qoida»ning Suriyadagi yagona bugini sifatida e’tirof etadi.
Mamlakatdagi joriy hukumatni agdarish orqali dastlab Suriya hududida, sung barcha musulmon olamini birlashtirgan islom shariatiga asoslangan «islom xalifaligi»ni urnatish maqsad qilingan.
«Jabhat an-nusra» harakati «al-Qoida» tashkilotining «jihod»ga targib etuvchi, «salafiy» aqidasiga asoslangan bulinmasi hisoblanadi. SHuningdek, harakat nazariy jihatdan «Musulmon birodarlar» uuyshmasi a’zosi bulgan Said Qutbning qarashlariga ham asoslanadi. «Jabhat an-nusra» harakatining asosiy goyasi xalifalikni qayta tiklash, islom shariatini tatbiq qilish, jihod orqali davlat tuzumini agdarish va qaysi erga hukmron bulsa, usha erda «islom davlati»ni qurishdan iborat.
«Global terrorizm indeksi» ma’lumotlariga kura, «Jabhat an-Nusra» tomonidan amalga oshirilgan terrorchilik amaliyotlari natijasida 2015 yilda 600 dan ortiq inson vafot etgan. Jumladan, 2015 yil sentyabr oyida jangarilar «Abu ad-Duxur» aerodromini qulga kiritish chogida asirga tushgan Suriya hukumatning 56 nafar askarlarini qatl etgan. SHuningdek, jangarilar 2014 yil avgust oyida BMTning tinchlikparvar kuchlaridan iborat 45 nafar kishini asir olgan. Keyinchalik 20 million AQSH dollari evaziga ularni ozod etgan.
2012 yil dekabrda AQSH Davlat Departamenti, 2013 yil may oyida BMT Xavfsizlik Kengashi «Jabhat an-nusra» harakatini terrorchi tashkilotlar ruyxatiga kiritdi. SHuningdek, Avstraliya, Buuyk Britaniya (2013) hamda Rossiya (2014) kabi bir qator davlatlar ham mazkur uuyshmani terrorchi tashkilot deb e’lon qilgan.
Umuman olganda, din bayrogi ostida talonchilik va bosqinchilik, terrorchilik va quporuvchilik harakatlari sodir etilayotgani, narkobiznes va noqonuniy qurol-yarog savdosi amalga oshirilayotgani, korxonalar va inshootlarga zarar etkazilayotgani ham hech kimga sir emas. Bunday harakatlar ijtimoiy barqarorlikning izdan chiqishiga, millatlararo va dinlararo adovat, millatchilik va diniy ayirmachilik kayfiyatlarining shakllanishiga zamin yaratmoqda.

Download 41.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling