15-mavzu: Hozirgi zаmon vа din Mavzu o’quv maqsadi
Uzbekistonda davlat va diniy tashkilotlar urtasidagi munosabatlar
Download 41.35 Kb.
|
15-mavzu
2. Uzbekistonda davlat va diniy tashkilotlar urtasidagi munosabatlar. Inson va fuqarolarning vijdon erkinligi huquqini amalga oshirishlarida diniy tashkilotlarning muhim urni bor. Davlat bilan din urtasidagi munosabatlarda sub’ekt sifatida bir tomondan e’tiqod qiluvchilar, ya’ni fuqarolar, ikkinchi tomondan davlat va uchinchi tomondan diniy tashkilotlar qatnashadi.
Uzbekiston dunyoviy xarakterdagi davlat va diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan bulishiga qaramay, ularni jamiyatdan ayri holda tasavvur etib bulmaydi. SHu sababli davlat diniy tashkilotlarning qonuniy faoliyatini qullab quvvatlaydi, jamiyatning ma’naviy qadriyatlarini tiklanishi va rivojlanishida diniy tashkilotlar kumagiga tayanadi, ya’ni Uzbekistonda din davlatdan ajratilgan bulsada, jamiyatning ajralmas bulagi hisoblanadi. Bugungi kunda din bilan bogliq huquqiy munosabatlarda ishtirok etuvchi fuqarolar va davlatning urni va ahamiyati birmuncha oydin bulsa-da, diniy tashkilotlar haqida, ularning maqomi va vazifalari, faoliyati haqida ma’lumotga ega bulish vijdon erkinligi sohasidagi bilim va kunikmalarning yanada ortishiga xizmat qiladi. Uzbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar tugrisida»gi Qonunining 8-moddasi diniy tashkilotlarga bagishlangan bulib, unda aytilishicha, «Uzbekiston Respublikasi fuqarolarining dinga e’tiqod qilish, ibodat, rasm-rusumlar va marosimlarni birgalikda ado etish maqsadida tuzilgan kungilli birlashmalari (diniy jamiyatlar, diniy uquv uyrtlari, masjidlar, cherkovlar, sinagogalar, monastirlar va boshqalar) diniy tashkilotlar deb e’tirof etiladi». Diniy tashkilotga berilgan bu kabi ta’rif boshqa davlatlar qonunchiligida ham uchraydi. Jumladan, Armaniston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar tugrisida»gi qonunida «Diniy tashkilot – bu fuqarolarning dinga e’tiqod qilish, ibodat, rasm-rusumlar va marosimlarni birgalikda ado etish maqsadida tuzilgan kungilli birlashmalari (cherkovlar, diniy jamiyatlar, eparxiyalar, monastirlar, diniy kongregatsiyalar, diniy uquv uyrtlari, nashriyotlar) dir» deya ta’rif berilgan. Rossiya Federatsiyasining «Vijdon erkinligi va diniy birlashmalar tugrisida»gi federal Qonunining 8-moddasi 1-bandida: «Rossiya Federatsiyasi fuqarolari, Rossiya Federatsiyasi hududida doimiy va qonuniy asoslarda istiqomat qiladigan boshqa shaxslarning dinga birgalikda e’tiqod qilish va tarqatish maqsadlarida tuzilgan va uyridik shaxs sifatida qonun bilan belgilangan tartibda ruyxatdan utgan kungilli birlashmalari», diniy tashkilot deb e’tirof etiladi. Demak, diniy tashkilot tushunchasiga berilgan ta’riflar urtasida mushtarak jihatlar mavjud. Umuman olib qaraganda diniy tashkilot inson va fuqarolarning vijdon erkinligi huquqini amalga oshirishlariga kumaklashuvchi notijorat kungilli tashkilot hisoblanadi. Demak, diniy tashkilot tushunchasiga berilgan ta’riflar urtasida mushtarak jihatlar mavjud. Umuman olib qaraganda diniy tashkilot inson va fuqarolarning vijdon erkinligi huquqini amalga oshirishlariga kumaklashuvchi notijorat kungilli tashkilot hisoblanadi. Mamlakatimizda faoliyat uyritadigan barcha diniy tashkilotlar Uzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Uzbekiston Respublikasining 2021 yil 5-iyul’ O’PQ-699 son «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar tugrisida»gi yangi tahrirdagi qonun 6-bob 35-moddadan iborat bo’lib va amaldagi boshqa qonunchilik hujjatlariga asosan tashkil etiladi va faoliyat kursatadi. Uzbekiston Respublikasi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar tugrisida»gi yangi tahrirdagi qonuniga asosan diniy tashkilotlar faoliyati fuqarolarning dinga e’tiqod qilish, ibodat qilish, diniy rasm-rusumlar va marosimlarni birgalikda ado etishlariga kumaklashishni maqsad qiladi. Qonunchilikda diniy tashkilotlarning bir necha turlari e’tirof etiladi. Unga kura, diniy jamiyatlar, diniy uquv uyrtlari, masjidlar, cherkovlar, sinagogalar, monastirlar va boshqa tashkilotlarga diniy tashkilot maqomi beriladi. Diniy tashkilot huquqiy jihatdan e’tirof etilishi uchun, avvalo, u qonuniy asoslarga ega bulishi lozim. Respublikamizda tuziladigan diniy tashkilotlar ustav (nizom)i Uzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yoki uning joylardagi organlarida ruyxatdan utkazilgandan sung, uyridik shaxs maqomiga ega bulib, qonunchilikda belgilangan tartibda uz faoliyatini olib borishi mumkin. Respublikamizning «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar tugrisdagi» Qonuni va «Uzbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat ruyxatidan utkazish tartibi tugrisida» Vazirlar Mahkamasi qarori asosida diniy tashkilot tuzish uchun turtta muhim shartga amal qilish kerak. Unga kura diniy tashkilot tuzish uchun tashabbuskorlar: 18 yoshga tulgan bulishlari lozim. Bu holat deyarli barcha davlatlarning qonunchiligida mustahkamlangan qoida bulib, shaxs 18 yoshga tulgach uz xatti-harakatining mazmun-mohiyatini tuliq anglab etadi va sudda da’vogar va javobgar bulish huquqiga ega buladi. Uzbekistonda muqim yashayotgan bulishlari lozim. Diniy tashkilotda utkaziladigan ibodat va rasm-rusmlar asosan shu hududda muqim yashovchi insonlarga muljallanadi. Bundan tashqari xorijda yashovchi insonning boshqa mamlakatda tashkil etiladigan diniy tashkilotni tuzishdan kuzlangan maqsadi har doim ham ezgu bulavermaydi. Bunga yaqin utmishimizda ayrim diniy ekstremistik oqimlar tomonidan sodir etilgan jinoiy xatti-harakatlar misolida ham kurish mumkin. Uzbekiston fuqaroligiga ega bulishlari kerak. Bu esa, mamlakatimizdagi diniy tashkilotlar shaxsning millati, dinidan qat’i nazar faqat Uzbekiston xalqi tomonidan tuzilishi mumkin ekanini anglatadi. Lekin diniy tashkilotga a’zo bulishda shaxsning biror davlatning fuqarosi bulish-bulmasligining unchalik ahamiyati yuq. CHunki, diniy tashkilotga a’zo bulish vijdon erkinligining tarkibiy qismi bulib, har bir shaxs bu huquqdan foydalanishga haqlidir. Respublikamizning dastlabki tahrirdagi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar tugrisdagi» Qonunining 3-moddasida diniy tashkilot kamida un kishidan iborat un sakkiz yoshga tulgan fuqarolar tashabbusi bilan tuzilishi qayd etilgan edi. Son jihatdan 50 nafardan kam bulmasliklari shart qilinadi. Dunyo davlatlarining vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar tugrisidagi qonunchiligiga e’tibor qaratilsa, diniy tashkilot tuzish uchun zarur bulgan tashabbuskorlarga quyilgan minimal miqdor turlicha ekanini kurish mumkin. Jumladan, Rossiya Federatsiyasi va Qozogistonda 10 nafar, Polsha, Litvada 15, Latviyada 25, Vengriyada 100, Armaniston va Qirgizistonda 200, CHexiyada 300, Turkmanistonda 500 nafardan iborat fuqarolar tashabbusi bilangina diniy tashkilot tuziladi. Bu esa, diniy tashkilot tuzish borasidagi qoidalar har bir davlatning uz shart-sharoitidan kelib chiqqan holda belgilanishini kursatadi. Diniy tashkilot tuzilib, ustav (nizom)i qabul qilingach, u bir oylik muddatda Adliya vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalarida ruyxatdan utkazilishi lozim. «Uzbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat ruyxatidan utkazish tartibi tugrisida»gi Qaror asosida diniy tashkilotlar ruyxatdan utish uchun tegishli hujjatlarni adliya organlariga taqdim etadilar. Taqdim etilishi lozim bulgan hujjatlar tuzilgan diniy tashkilotning qonuniyligini urganishga xizmat qiladi. Adliya organlari bir oylik muddatda ruyxatdan utkazish buyicha arizani kurib chiqadi va tashkilot ustavini ruyxatdan utkazish, ruyxatdan utkazishni rad etish yoki arizani inobatsiz qoldirish haqidagi qarorni qabul qiladi. «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar tugrisdagi» Qonunga kura ruyxatdan utgan va tegishli konfessiyaga qarashli diniy tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va yunaltirib borish uchun ularning Uzbekiston buyicha yagona markaziy boshqaruv organlari tuzilishi mumkin. Markaziy boshqaruv organi Respublikaning kamida sakkizta hududiy tuzilmasida (viloyat, Toshkent shahri, Qoraqalpogiston Respublikasi) faoliyat kursatayotgan, tegishli konfessiyalarning diniy tashkilotlari vakillari ta’sis yigilishi tomonidan tuziladi. UYqorida aytib utilganidek, Markaziy boshqaruv organining asosiy vazifasi uz konfessiyasiga tegishli bir nechta diniy tashkilotlarning faoliyatini, dinga e’tiqod qilish, ibodat qilish, rasm-rusumlar va marosimlarni birgalikda ado etish, diniy ta’lim berish, dinni targib etish borasidagi maqsad va vazifalarini, harakat dasturlarini muvofiqlashtirish va yunaltirib borishdan iborat. Respublikamizda davlat organlari bilan diniy tashkilotlarning uzaro munosabatlarini muvofiqlashtirish hamda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar tugrisidagi qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish vazifasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari buyicha qumita zimmasiga uyklangan. Qumita har bir shaxsning vijdon va diniy e’tiqod erkinligi huquqi, fuqarolarning dinga bulgan munosabatidan qat’i nazar tengligini ta’minlash, shuningdek diniy tashkilotlar faoliyati bilan bogliq munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vazifalarni hal etish vakolati berilgan davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. U mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar tugrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq diniy masalalarni hal qilishda yagona siyosatni amalga oshiradi. Bugungi kunda Uzbekistonda Adliya organlaridan rasman ruyxatdan utgan 16 ta diniy konfessiya (Islom, Rus pravoslav cherkovi, Rim-katolik cherkovi, Nemis-luyteran cherkovi, Arman-apostol cherkovi, Tuliq injil xristianlari, Evangel-xristian baptistlar cherkovi, Novoapostol cherkovi, Ettinchi kun adventistlari, «Golos bojiy», Iegovo shohidlari, Koreys protestant cherkovlari, YAhudiylik, Bahoiylik, Krishnani anglash jamiyati, Buddaviylik) faoliyat olib bormoqda. Ularning jamiyat hayotida birdek ishtirok etishlari uchun zarur imkoniyatlar yaratib berilgan. SHunday qilib, Uzbekistonda barcha shaxslarning vijdon va e’tiqod erkinligi huquqini ta’minlashga xizmat qiluvchi diniy tashkilotlarning hech bir tusiqlarsiz, qonunda belgilangan tartib va asoslarda faoliyat olib borishlari uchun tegishli huquqiy asos va tashkiliy shakllar ta’minlangan. Bu holat davlatimizning dunyoviy demokratik davlat sifatida rivojlanayotgani hamda diniy bagrikenglik tamoyillariga sodiq ekanini kursatadi. Download 41.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling