15-Mavzu: Kasbiy kompetentlikni shakllantirishning didaktik xususiyatlari


Oliy ta’limni mazmunan modernizatsiyalashda asosiy quyidagi vazifalarning bajarilishi nazarda tutiladi


Download 26.81 Kb.
bet2/5
Sana14.05.2023
Hajmi26.81 Kb.
#1461698
1   2   3   4   5
Bog'liq
15-mavzu

Oliy ta’limni mazmunan modernizatsiyalashda asosiy quyidagi vazifalarning bajarilishi nazarda tutiladi:


  • oliy ta’limning bakalavriatura va magistratura bosqichlarida “Milliy g‘oya” turkumiga kiruvchi fanlarni o‘qitish ketma-ketligi va uzluksizligini ta’minlovchi yagona Konsepsiyani yaratish, milliy g‘oya, umummilliy qadriyatlarga oid tushunchalarni barcha o‘quv fanlari tarkibiga singdirish;

  • ta’lim va tarbiyani uyg‘un olib borish, talaba-yoshlarni nafaqat bilimli, balki ma’naviy, axloqiy hamda kasbiy tayyorlangan yetuk shaxs sifatida voyaga yetkazish bo‘yicha ta’sirchan pedagogik choralarni belgilash, buning uchun talaba-yoshlarning tarbiyalanganlik darajasini belgilovchi mezonlarni ishlab chiqib, joriy etish;

  • ta’lim muassasalarida sog‘lom ijodiy muhitni yaratish, ta’lim va tarbiya jarayoniga ilg‘or innovatsion, pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish orqali o‘qitish sifatini yangi bosqichga ko‘tarish, talaba-yoshlarning dunyoqarashi, tafakkuri, mustaqil mushohada qilish qobiliyatlarini rivojlantirish;

  • iqtidorli talaba-yoshlarning qobiliyati va iste’dodini aniqlash, tarbiyalash, ular iste’dodini to‘laqonli ro‘yobga chiqarishning yagona umumilliy tizimini shakllantirish, o‘quv-tarbiya jarayonini individuallashtirish va tabaqalashtirish ilmiy asoslarini yaratish;

  • o‘quv rejalaridagi turdosh fanlarni integratsiyalash orqali o‘quv yuklamalari ko‘lami va hajmini maqbullashtirish;

  • oliy ta’lim tizimining bakalavriatura va magistratura bosqichla- rida Davlat ta’lim standartlari, o‘quv reja va dasturlari hamda darsliklarini takomillashtirish, mazmunan uzviylashtirish;

  • talabalarning Davlat ta’lim standartlari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini baholashning bakalavriatura va magistratura bosqichlari uchun yagona tizimini yaratish va amaliyotga tatbiq etish;

  • oliy ta’lim muassasalarida virtual o‘quv-laboratoriya, zamonaviy axborot kommunikatsiya, elektron-texnik va masofadan o‘qitish imkoniyatlarini kengaytirish, darslik, qo‘llanma va o‘quv filmlarining elektron turlarini yaratish va ulardan ta’lim - tarbiya jarayonida samarali foydalanish;

    • oliy ta’lim muassasalarida ta’limni boshqaruv tizimi uchun rahbar kadrlarni maqsadli tayyorlashni yo‘lga qo‘yish;

    • pedagog xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish tizimi faoliyatining samaradorligini oshirish, ta’lim muassasa- larini malakali mutaxassislar bilan to‘liq ta’minlash choralarini belgilash;

    • pedagogika sohasidagi ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish, pedagogik diagnostika, talaba shaxsiga individual yondashishga doir tadqiqotlarga keng yo‘l ochish, ularni har tomonlama qo‘llab- quvvatlash mexanizmini joriy etish;

    • bitiruvchilarni mehnat sohalariga joylashuvining monitoringini tashkil qilish;

    • indikatorlar tizimi orqali ta’lim sifatini boshqarish mexnizmini yaratish va joriy etish.

Download 26.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling