15-Mavzu: Kasbiy kompetentlikni shakllantirishning didaktik xususiyatlari
Download 26.81 Kb.
|
15-mavzu
ta’lim yo‘nalishi ‒ muayyan kasbiy faoliyat doirasidagi turli darajadagi ta’lim dasturlarining majmuyi;
ta’lim natijalari ‒ o‘zlashtirilgan bilim, malaka va ko‘nikmalar hamda o‘zlashtirilgan kompetensiyalar; o‘quv turkumi ‒ asosiy ta’lim dasturining ilmiy va (yoki) kasbiy faoliyatning tegishli sohasida bilim, malakalarni o‘zlashtirish va kompetensiyalarni shakllantirishni ta’minlaydigan fanlar (modullari) yig‘indisi; ARM - axborot resurslar markazi; ITI - ilmiy tadqiqot ishlari; OTM - oliy ta’lim muassasasi; O‘MM - o‘quv metodik majmua. Shuningdek, standartda quyidagilar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar keltirilgan: bakalavrning kasbiy faoliyat sohasi: kasbiy faoliyati obyektlari, kasbiy faoliyati turlari, kasbiy faoliyatining vazifalari; bakalavrning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar: umumiy malakaviy kompetensiyalar, umumkasbiy kompetensiyalar, ishlab chiqarish-texnologik faoliyati, tashkiliy-boshqarish faoliyati, KHT tizimida pedagogik faoliyat; ta’lim dasturlari bo‘yicha bakalavrlarning bilim, malaka va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablar: gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bo‘yicha talablar, matematika va tabiiy-ilmiy fanlar bo‘yicha talablar, umumkasbiy fanlar bloki bo‘yicha talablar, ixtisoslik fanlari bo‘yicha talablar, bitiruv malakaviy ishi (loyihasi)ga qo‘yiladigan talablar, malakaviy amaliyot bo‘yicha talablar; ta’lim dasturining mazmuni va komponentlari: talaba haftalik o‘quv yuklamasining maksimal hajmi, ta’lim dasturining umumiy hajmi 4 yillik o‘quv davri uchun haftalik o‘quv yuklamalar, mustaqil ta’lim, Kasb ta’limi (Xizmatlar sohasi (Servis)) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim dasturining zaruriy mazmuni: gumanitar va ijtimoiy- iqtisodiy fanlar, matematik va tabiiy-ilmiy fanlar, umumkasbiy fanlar, ixtisoslik fanlari, malakaviy amaliyot, bitiruv malakaviy ishi; bakalavriatning asosiy ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan sharoitlarga belgilangan talablar: bakalavriatning asosiy ta’lim dasturlari o‘zlashtirilishiga belgilangan umumiy talablar, ta’lim dasturini amalga oshirish talablari, malakaviy amaliyotni tashkil etishga qo‘yiladigan talablar, pedagogik amaliyotni tashkil etish talablari, o‘quv jarayonini pedagogik kadrlar bilan ta’minlash talablari, ta’lim jarayonini o‘quv-metodik va axborot resurslari bilan ta’minlashga talablar, o‘quv jarayonining moddiy-texnika bazasiga qo‘yilgan talablar; bakalavrlar tayyorlash sifatini baholash: oliy ta’lim muassasasi tayyorgarlik darajasi sifatini kafolatli ta’minlash, bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, har bir fan bo‘yicha bilimlarni joriy va oraliq nazorat qilishning shakli va o‘quv jarayoniga tatbiq etilishi, yakuniy davlat attestatsiyasi bakalavr bitiruv malakaviy ishi himoyasi, Oliy ta’lim muassasasi vazifalari; eslatma va davlat ta’lim standartining amal qilish muddatlari. Mazkur Kasb ta’limi (Xizmatlar sohasi (Servis)) ta’lim yo‘nalishi Davlat ta’lim standarti asosida ishlab chiqilgan o‘quv rejaning uchinchi blokiga tegishli umumkasbiy fanlari (Psixologiya va pedagogika kurslari, materialshunoslik, servisdagi texnologik jarayonlar, servis tizimi faoliyati asoslari, servis sohasi dizayni va reklamasi, mahsulotlarni ishlab chiqarish asoslari, servis korxonalari mahsuloti va xizmatini sertifikatlashtirish va sifatini boshqarish, hayot faoliyati xavfsizligi) va to‘rtinchi blokiga tegishli ixtisoslik fanlari tarkibiga kirgan “Tikuvchilik buyumlarini buyurtma asosida konstruksiyalash”, “Kostyum tarixi va kompozitsiyasi” va “Tikuv buyumlarini buyurtma asosida konstruksiyalash va tayyorlash bo‘yicha maxsus amaliyot” fanlar va ularga ajratilgan soatlar bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirishda o‘z samarasini berishda ma’lum darajada ahamiyatga molikdir. Yuqorida sanab o‘tilgan fanlar kasb ta’limi metodikasi fani mazmunida integratsiyalashib, pedagogik amaliyot jarayonida o‘z tatbiqini topadi. Bundan xulosa chiqarish mumkinki, kasb ta’limi metodikasi fani o‘qituvchining kasbiy kompetentligini shakllantirishda integratsiyalashtiruvchi ahamiyatga ega bo‘lib, uni mazmunan tarkib toptirishda o‘quv rejasiga kiruvchi barcha fanlar xususiyatlari e’tiborga olinadi. Download 26.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling