15-Mavzu: Kasbiy kompetentlikni shakllantirishning didaktik xususiyatlari
bakalavriatning asosiy ta’lim dasturlari
Download 26.81 Kb.
|
15-mavzu
bakalavriatning asosiy ta’lim dasturlari ‒ (bakalavriat dasturi) - talabalarning tarbiyasi va tayyorgarlik darajasi sifatini ta’minlashga yo‘naltirilgan o‘quv rejasi, o‘quv kurslari, fanlari (modullari)ning dasturlarini qamrab olgan o‘quv-uslubiy majmualari hamda malakaviy amaliyotlar dasturlari, o‘quv jarayoni jadvali va mos ravishdagi ta’lim texnologiyalarini amalga oshirilishini ta’minlovchi metodik materiallar;
integrallashgan kurs ‒ ta’lim dasturidagi o‘quv fanlari mazmun jihatdan o‘zaro bog‘langan, lekin o‘z mustaqil faniga ega bo‘lgan fanlar moduli; kasbiy faoliyat sohasi ‒ ilmiy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalarda, ishlab chiqarishda namoyon bo‘ladigan kasbiy faoliyat obyektlarining majmuasi; kasbiy faoliyat obyekti ‒ kasbga yo‘naltirilgan predmetlar, voqeliklar, jarayonlar va tizimlar; kasbiy faoliyat turi ‒ ta’lim yo‘nalishiga o‘zgartishlar kiritish maqsadida kasbiy faoliyat obyektiga ta’sir qilish tavsifi metodlari va usullari; kompetentlik ‒ shaxsning muayyan ta’lim yo‘nalishi yoki mutaxassisligi bo‘yicha olgan bilim, malaka va ko‘nikmalari hamda shakllangan shaxsiy xislatlarini mehnat faoliyatida muvaffaqiyatli qo‘llay olish qobiliyati. kompetensiya ‒ bilim, malaka va shaxsiy sifatlarini ma’lum sohada muvaffaqiyatli faoliyat uchun qo‘llay olish; modul ‒ ta’lim va tarbiyaning muayyan maqsadi va natijasiga erishish bo‘yicha o‘zaro bog‘langan hamda mantiqiy tugallikka ega bo‘lgan o‘quv fanlari va ularning tarkibiy qismlari. yo‘nalish ‒ asosiy ta’lim dasturining kasbiy faoliyatning muayyan turi va yoki obyektiga yo‘nalganligi; ta’lim dasturi ‒ muayyan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi yoki magistratura mutaxassisligida majburiy va tanlab o‘qitiladigan fanlar tizimi, o‘tkaziladigan amaliyot turlari va ularning mazmuni; Download 26.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling