15-Mavzu: Kasbiy kompetentlikni shakllantirishning didaktik xususiyatlari
Oliy ta’lim mazmunini modernizatsiyalashning asosiy tamoyillari
Download 26.81 Kb.
|
15-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oliy ta’lim mazmunini modernizatsiyalashning asosiy yo‘na- lishlari
Oliy ta’lim mazmunini modernizatsiyalashning asosiy tamoyillari:oliy ta’limda talaba aqliy hamda yaratuvchanlik faoliyatini oqilona uyg‘unlashtirish yo‘li bilan olingan bilimlarini zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlarda amaliyotda qo‘llash; bakalavriatura va magistratura bosqichlarining mazmunan uzviyligi- umumiy, ijtimoiy va kasbiy ta’limning yagonaligi; psixologik-pedagogik talablar asosida ta’lim mazmunida o‘quv yuklamasi hajmini maqbullashtirish; ta’lim oluvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ta’limning shaxsga yo‘naltirilganligi va individualligini ta’minlash; ta’lim mazmunining bevosita shaxsga yo‘naltirish va ta’lim oluvchilarning shaxsiy ijodiy qobiliyatlarini boyitish, mavjud imkoniyatlarini rivojlantirishda ularning qiziqish va ishtiyoqlarini hisobga olgan holda ta’limni ijtimoiylashtirish, individuallashtirish; insoniylik va insonparvarlik, talaba-yoshlarning jismoniy, intellektual, ma’naviy-axloqiy, estetik, kommunikativ va qobiliyatini rivojlantiruvchi omillarning ta’lim mazmunida aks etishi; fundamentallik, ta’lim mazmunida olinadigan bilimlar ko‘lamini oshirish, asosiy nazariyalar, qonunlar, tamoyillar, tushunchalar, muammolar va insoniyatning umume’tirof etilgan madaniy-tarixiy yutuqlarini o‘rganishni ta’minlovchi metodologik tarkibiy qismlarni kuchaytirish; har bir iqtidorli talabaning o‘ziga xosligiga tayanish, uning qiziqishlaridan, ijodkorligidan kelib chiqib, talaba-yoshlarning imkoniyatlarini to‘liq ro‘yobga chiqarish. Oliy ta’lim mazmunini modernizatsiyalashning asosiy yo‘na- lishlari:kadrlar tayyorlash milliy dasturi ijrosini yangi bosqichga ko‘tarish, ta’lim jarayonida erishilgan ijobiy natijalarni kelajakda rivojlantirish; jahon talablariga mos keladigan innovatsion ta’lim tizimiga o‘tish; ta’limning mazmuni va texnologiyasini madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika, texnologiyaning zamonaviy yutuqlari va istiqbol yo‘nalishlariga mos ravishda uzluksiz va muttasil rivojlantirib borishni ta’minlash; zamonaviy axborot va kommunikatsion texnologiyalardan foydalangan holda oliy ta’lim sifat ko‘rsatkichlari o‘sishini ta’min- lovchi o‘quv jarayonini tashkil etishning yangi ta’limiy tamoyillari va yo‘nalishlarini tatbiq etish; sifatli ta’limiy xizmatni amalga oshirishning tashkiliy va pedagogik shart-sharoitlarini ta’minlagan holda talaba-yoshlarning jismonan va ruhan sog‘ligini, ularning ijtimoiy, huquqiy, ma’naviy vakolatlarini, o‘z-o‘zini rivojlantirish va namoyon eta olish imkoniyatlarini kengaytirish; pedagogik kadrlarning kasbiy salohiyati, umumiy madaniyati, ijtimoiy tayyorgarligi darajasini o‘stirish, ularni rag‘batlantirish mexanizmini yanada rivojlantirish orqali ta’lim tizimida pedagogik faoliyat va boshqaruv samaradorligini oshirish. Oliy ta’lim mazmunini modernizatsiyalashning asosiy tamoyillari va yo‘nalishlaridan kelib chiqib, oliy ta’limning barcha ta’lim yo‘nalishlarida va mutaxassisliklarida bilim oluvchi talaba-yoshlarga keng imkoniyatlar ochib berilganligining guvohi bo‘lamiz. Oliy ta’lim mazmunini modernizatsiyalash ishlari, avvalambor, ta’lim tizimida Davlat ta’lim standartlarining yangi avlodini ishlab chiqilganligida ko‘rinadi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, shuni ta’kidlash joizki, Kasb ta’limi yo‘nalishining Davlat ta’lim standartlari qayta ko‘rib chiqildi va bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy kompetentligini shakllantirishning modernizatsiyalashgan mazmuni asosida Kasb ta’limi (Xizmatlar sohasi (Servis)) ta’lim yo‘nalishining Davlat ta’lim standartlari yaratildi. Mazkur standartda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risi- da”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi hamda Oliy ta’lim sohasidagi xalqaro hujjatlarga mos ravishda atamalar va ta’riflardan foydalanilgan: Download 26.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling