15-mavzu. Korxonalarning elektr ta’minoti asoslari


Download 0.71 Mb.
bet2/4
Sana24.10.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1718543
1   2   3   4
Bog'liq
Ma\'ruza 15

Elektr tarmoqlar.

Elektr tarmoqlar tokning turi bo’yicha quyidagicha farqlanadilar: o’zgarmas tok, bir fazali va uch fazali elektr tarmoqlar


Konstruktiv xususiyatlarga bog’liq ravishda havoli va kabel’ tarmoqlari, shuningdek, bino va ob’yektlar ichidagi tarmoqlar bo’ladi.
Hozirgi paytda 220/127 V kuchlanishli uch fazali tarmoqlar 380/220 V kuchlanishli tarmoqlar bilan, 6 kV kuchlanishli tarmoqlar esa 10 kV kuchlanishli tarmoqlar bilan siqib chiqarilmoqda (13.1-rasm).
Boshlang’ich ma’lumotlarga quyidagilar kiradi: manba kuchlanishi, iste’molchilarning kuchlanishi va quvvati, liniyaning xili ( birfazali, uchfazali, havoli, kabelli) , uning konfiguratsiyasi (iste’molchilarning liniya bo’ylab taqsimlanishi, ulanishlar sxemalari).
Elektr hisob – kitob uchun quyidagilarni bajarish kerak:
1) barcha simlarning ko’ndalang kesim yuzalarini hisoblash kerak;
2) eruvchan moslamaning talab etilayotgan tavsifnomalarini aniqlash va unga mos saqlagichlar tanlash kerak;
3) yerga ulash sxemalarini tanlash, yerga ulagichlarning soni va o’lchamlarini hisoblash.

16.1-rasm. Yirik korxonalarning elektr ta’minoti


Elektr tarmoqlarini hisoblashda odatda birliniyali deb ataladigan tarmoqlardan foydalaniladi.


Bir liniyali sxemada quyidagilar ko’rsatiladi: manbaning kuchlanishi (liniya boshidagi kuchlanish), iste’molchining kuchlanishi), iste’molchining quvvati va quvvat koeffitsiyenti, liniya uzunligi.
Havo liniyalarini o’tkazish uchun turi xildagi yalang’och simlar ishlatiladi.
Po’lat birsimli simlar 5 mm dan ko’p bo’lmagan diametrli qilib tayyorlanadi. YUqori mustahkamlik va egiluvchanlikka ega bo’lgan ko’psimli simlar eng keng tarqalgandir. Ular soni 37 ga yetadigan yakka bir xildagi simlardan tayyorlanadi. Odatda 6,11,18 ta simni bitta markaziy sim atrofiga joylashtiriladi va zaifroq tarzda o’rab qo’yiladi.
Ko’psimli simlar po’latli, alyuminiyli, po’latalyuminiyli va bimetall simlardan tayyorlanadi.
Mis simlar M xarfi bilan, alyuminiyli simlar A xarfi bilan, po’latalyuminiyli simlar AS xarfi bilan, po’latli simlar– PS xarfi bilan belgilanadi.
Birsimli simlar O harfi belgilanadi. Xarflardan so’ng keluvchi raqamlar simning diametrini millimetrlarda yoki ko’ndalang kesim yuzasi kvadrat millimetrlarda ko’rsatadi. Turli sharoitlarda simlarning yo’l qo’yiladigan tok yuklamalari ma’lumotnomalarda keltiriladi. Binolar ichida elektr o’tkazish uchun mis yoki alyuminning izolyatsiyalangan simlaridan foydalaniladi. Ko’psimli simlar “kuydirilgan” mis yoki alyumin simlardan tayyorlanadi. Kabelda ikki yoki uch fazali liniya simlari puxta germetik ko’p qatlamli o’ramga kiritilgan bo’lib, elektr uzatish liniyasining ishonchliligini oshiradi. Kabellarni yer ostidan va suv ostidan o’tkazish mumkin.
Elektroizolyatsion materiallar sifatida vulkanizatsiyalangan rezina, tarkiblar bilan shimdirilgan paxtaqog’ozli pryaja, moyli qog’oz ishlatiladi. Oxirgi paytda polivinilxloridli o’ramlar keng qo’llanmoqda.


    1. Download 0.71 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling