15-mavzu: Mutaxassislikka oid bahs turlari Reja


Maqolaning abstract yani annotatsiya qismi


Download 141.19 Kb.
bet13/20
Sana15.11.2023
Hajmi141.19 Kb.
#1774219
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Bog'liq
15-mavzu Mutaxassislikka oid bahs turlari Reja-fayllar.org

Maqolaning abstract yani annotatsiya qismi:
Maqolaning keyingi boʻlimi – maqolaning qisqacha mazmunini aks
ettiradi. Rus tilida bu koʻpincha “Referet”, “Annotatsiya” va ingliz tilida
“Abstract”, “Resume”, “Summary”, deb nomlanadi. Oʻqilishi darajasi boʻyicha
Annotatsiya maqola sarlavhasidan keyin ikkinchi oʻrinni egallaydi. Uning
vazifasi – potensial oʻquvchilarni maqolaning mazmuniga yoʻnaltirish va
qiziqtirish, maqolani toʻliq oʻqish uchun istagini uygʻotishdir.
Annotatsiyada maqolaning barcha boʻlimlar boʻlishi kerak, ammo juda
qisqartirilgan shaklda. Agar annotatsiya yaxshi yozilgan boʻlsa, unda maqolaning
mazmuni sizning ishingiz bilan qanday bogʻliqligini tez va aniq bilib
olishingiz mumkin. Bu esa maqolani toʻliq oʻqish zarurligi toʻgʻrisida qaror
qabul qilishga yordam beradi. Odatda annotatsiya hajmi 250 soʻzdan ortiq
boʻlmasligi kerak. Annotatsiya bitta abzas koʻrinishida yoziladi va quydagilarni
oʻz ichiga oladi:
1. Tadqiqot maqsadi
2. Tadqiqot metodlari
3. Natijalar
4. Asosiy xulosalar
Agar ruhsat etilgan soʻzlarning maksimal soni 250 tani tashkil etsa va siz
atigi 100 soʻzdan foydalansangiz, demak, annotatsiya maqolaning mazmunini toʻliq
aks etmagan bo'ladi,Bundan tashqari, annotatsiyaning mazmuni kelitirilgan 4 boʻlimni
yetarli darajada koʻrsatish kerak. Maqolada keltirilgan Tadqiqot maqsadini
tavsiflash uchun 200 ta soʻz, maqolaning qolgan barcha (3 ta) boʻlimlarining
mazmunini yetkazish uchun 50 ta soʻzni ishlatish mumkin emas. Maqola matnida
mavjud boʻlmagan maʼlumotlarni Annotatsiyada keltirilmaydi.
Kalit soʻzlar (Keywords)
Kalit soʻzlar maqolani bazalarda qidirish uchun kerak. Mazmuni va
maʼnosi nuqtai nazaridan, kalit soʻzlar annotatsiya va maqolaning mazmuniga
yaqin boʻlishi lozim. Kalit soʻzlar
bosh kelishikdagi so'zlar orqali ifodalanadi. Kalit soʻzlar soni odatda 10 dona atrofida
boʻlishi tavsiya etiladi va odatda jurnal talablari tomonidan belgilanadi.
Kirish qismida tadqiqotning zarurligi va dolzarbligi uchun asoslar
keltirilishi kerak. Odatda, kirish boʻlimi toʻrt qismga boʻlinadi:
1) Ilmiy kontekstni yaratish (establishing a context)
2) Tadqiqot bilan bogʻliq adabiyotlarni oʻrganish ( reviewing the literature)
3) Adabiyotlarni oʻrganish natijasida aniqlangan muammolar, oʻrganilmagan
muammolar va oʻrganilmagan boʻshliqlar tavsifi (establishing a research gap)
4) Aniqlangan muammolar va boʻshliqlar asosida tadqiqot maqsadini va
vazifalarini aniqlash (stating a purpose)
Ilmiy kontekstni yaratish:
Ushbu boʻlimda maqolada keltirilgan
tadqiqotni katta muammoning qanday bir qismligini koʻrsatish kerak.
Mavzuingizga doir iloji boricha koʻproq maqolalarni oʻqing. Boshqa maqolalarda
mualliflar ilmiy kontekstni qanday tasvirlayotganiga katta eʼtibor bering.
Ushbu ilmiy kontekstning aniqligi yoki aniq koʻrsatilmaganligi, sizning
tadqiqotingizni dolzarbligini aniqlaydi. Agar siz muammoni aniq bayon qila
olmasangiz, unda oʻquvchida maqolani oʻqishga qiziqish oʻygʻonmasligi mumkin.
Agar muammoni tushunmagan oʻquvchilar maqolani oxirigacha oʻqishni harakat
qilsalar ham, siz aʼlo darajada hal qilgan muammo ularda hech qanday taassurot
qoldira olmaydi. Bu jihatdan ilmiy maqola yozishni oddiy jurnal yoki gazeta
uchun maqola yozish bilan taqqoslash mumkin. Jurnal oʻquvchilari maqolani
oxirigacha oʻqishlari uchun dastlab diqqatni jalb qilish kerak.

Download 141.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling