15-mavzu: Mutaxassislikka oid bahs turlari Reja
Download 141,19 Kb.
|
15-mavzu Mutaxassislikka oid bahs turlari Reja-fayllar.org
Sintez - shunday bir mantiqiy usuldirki, predmet va hodisaning analiz bilan bo‘lingan ayrim qismlarini shu usul yordami bilan fikran birlashtirib, bir butun xolga keltirish mumkin. Analiz va sintez bir - biri bilan chambarchas bog‘liq xolda olib boriladi. Nutq qaratilgan predmet yoki hodisaning biror tomoni muhim, boshqa tomoni muhim emasligini ham farq qilish lozim bo‘ladi. Bunda abstraksiyalash va umumlashtirish usuli qo‘l keladi.
Abstraksiyalash – shunday bir mantiqiy usuldirni, bu usul yordami bilan predmet va voqealarning muhim xususiyatlari fikran ajratiladi va ularni predmetlar, voqealarning ikkinchi darajali va ahamiyati kam xususiyatlardan chet lashtiriladi. Umumlashtirish – shunday bir mantiqiy usuldirni, bu usul yordami bilan biz jinsdosh predmetlarning umumiy xususiyatlarini fikran birlashtiramiz. M: Xayvon, inson sut emizuvchi kabi tushunchalar umumiylik asosida vujudga kelgan. Umumlashtirish predmetlarning o‘zida bo‘lgan umumiy narsani bilishga asoslangan taqdirdagina to‘g‘ri bo‘ladi. Fikrlashning asosiy formalari - tushuncha, muhokama va aqliy xulosalardan iborat. Tushunchada – predmetlarning umumiy va asosiy belgilari aks ettiriladi. Tushuncha so‘z bilan ifodalanadi. So‘z tushunchaning tashqi formasidir. Tushunchaning mazmuni - bu predmetdagi asosiy belgilarning umumlashmasi haqidagi bilimdir. Agar tushunchaning mazmuni voqelikni to‘g‘ri aks ettirsa, voqelikka muvofiq kelsa, bunday tushuncha to‘g‘ri tushuncha bo‘ladi. Tushunchaning hajmi - muhim belgilari tushunchada aks ettan predmetlar doirasi haqidagi bilimdir. Hajm jixatdan keng bo‘lgan tushuncha, mazmun jixatdan tor bo‘ladi. M: "Daraxt" tushunchasi xajm jixatdan "olma daraxti" tushunchasiga nisbatan keng bo‘lsa-da, mazmun jixatdan tor. Chunki "olma daraxti" tushunchasi mazmunida daraxt tushunchasining barcha belgilari bo‘lishi bilan birga, o‘ziga hos belgilari ham mavjud. Tushunchalar mazmuniga ko‘ra, konkret va abstrakt tushunchalarga bo‘linadi. Konkret: "Toshkent","non", "ob-xavo". Abstrakt: "Kattalik", "botirlik", "g‘amxo‘rlik" kabilardir. Ta’rif - ta’riflashning to‘rt qoidasi bor.
kabi ta’rif yorug‘likning ta’rifini tushuntirib bera olmayli.
Tushuncha ta’rifdan ko‘ra mazmundorroqdir. Ta’rif tushunchani toraytiradi. Ta’rifning asosiy vazifasi tekshirish natijalarini yakunlash, olingan bilimlarning, nutq qaratilgan predmet yoki hodisaning qisqa ifodasini berib, mustaxkamlashdir. Ta’rifda tushunchaning asosiy belgilari mustaxkamlanadi. Notiq so‘zlayotgan paytda quyidagilardan foydalanishi mumkin.
Buyumlarning va ularning belgilari haqida biror narsani tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan fikr muhokama deb ataladi. Aqliy xulosa. – Bu tafakkurning shunday formasidirki, uning yordamida u yoki bu hildagi muxokamalardan yangi muxokama chiqariladi. Aqliy xulosaning uch turi mavjud: deduktiv, induktiv va analogiya.
|
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling