15-mavzu: Mutaxassislikka oid bahs turlari Reja


Download 141.19 Kb.
bet9/20
Sana15.11.2023
Hajmi141.19 Kb.
#1774219
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
15-mavzu Mutaxassislikka oid bahs turlari Reja-fayllar.org

to‘siq. Ma’lumotda xatoga yo‘l qo‘yishi. Oddiygina bo‘lib ko‘ringan xato ham aytayotgan fikringizning mazmunini tubdan o‘zgartirib yuborishi mumkin. Olaylik, mehnat bozori shakllanishining O‘zbekistonga xos xususiyatlariga doir ma’lumotni taqdim qilmoqdasiz. Ma’lumki, Andijon viloyati aholisining zichligi bo‘yicha vodiydigina emas, respublikada ham birinchi o‘rinda turadi. Biroq, 1 kv. km ga nechta odam to‘g‘ri kelishi haqida xato yo‘l qo‘yish, ularning raqamini xato ko‘rsatish taqdim etayotgan ma’lumotingizning mazmun-mohiyatini o‘zgartiradi. Natijada, fikringiz tinglovchilarda shubha uyg‘otishi mumkin. Bunday xolatlar tarixiy sanalar, raqamlar, terminlar bilan bog‘liq ma’lumotlarda ko‘proq uchraydi.


  • to‘siq. Ma’lumotingiz ikki ma’noni aks ettirishi mumkin. Ayrim so‘zlar ikki xil ma’noni anglatishini bilamiz. So‘zlardan o‘rinli foydalanmaslik natijasida taqdim etilayotgan ma’lumotda jiddiy o‘zgarish yuzaga kelishi, ilgari surayotgan g‘oyangiz samarasiz yakunlashishi mumkin. Bunday so‘zlar, odatda gazeta, jurnal sarlavhalarida va su’ratga berilgan izohlarda uchrab turadi.


  • to‘siq. Ma’lumotingizdagi tayanch so‘zlar noto‘g‘ri talqin etilishi mumkin. Ma’lumki, o‘quvchi kitob o‘qiyotib biror-bir ma’lumotga shubha bildirsa, avvalgi betlarni ochib ularni taqqoslash va fikrini to‘g‘ri yo‘naltirish imkoniyatiga ega. O‘quvchidan farqli o‘laroq, tinglovchida bunday imkoniyat yo‘q: “Aytilgan so‘z – otilgan o‘q”. Berilgan ma’lumotni tezlik bilan taxlil qiluvchi, taqqoslovchi tinglovchilar kamchilikni tashkil etadi. Shunday ekan, ma’lumot yetkazilayotganda so‘zning mazmuniga, vaziyatning mohiyatiga, jarayonni talqin etishga jiddiy e’tibor

    qaratish talab etiladi. Zero, noto‘g‘ri talqin qilish natijasida qilingan qatiy hukm kelajakda insonning taqdirini salbiy tomonga o‘zgartirib yuborishi mumkin.




      1. to‘siq. Ma’lumotingizdagi muhim xolatlar noto‘g‘ri tushunilishi mumkin. Shunday xolatlar bo‘ladiki, ma’lumotning ko‘pligidan tinglovchi ularni bir-biri bilan chalkashtirib yuboradi. Chunki, tinlovchiga ma’ruzachi to‘xtash, ma’lumotlarni taxlil qilish imkoniyatini bermaydi. Shuning uchun taqdim qilinayotgan ma’lumot tushunarli bo‘lishi uchun goxida mavzu doirasiga mos qiziqarli voqealar, latifalar, kayfiyatni ko‘taruvchi hodisalarni aytish, mavzudan chetlashib ketmagan xolda tinglovchilarni biroz chalg‘itish tavsiya etiladi.


      2. to‘siq. Ma’lumotingizga tegishli muhim jihatlar esdan chiqib ketishi mumkin. Tadqiqotlarga ko‘ra, axborotni odamlarning - 83% ko‘rish orqali, 11% eshitish orqali, 35% xidlash orqali, 15% paypaslash orqali, 1% tatib ko‘rish orqali yaxshi qabul qiladi. Shuningdek, agar tinglovchiga ma’lumotlar yozib olish yoki ko‘z bilan ko‘rish imkoniyatlarisiz faqat og‘zaki taqdim qilinsa, uch kundan so‘ng tinglovchining esida taqdim etilgan ma’lumotning 10 foizigina saqlanib qolishi mumkin ekan. Bunga ma’lumotlardagi muhim jihatlarning o‘rinli joylashtirilmasligi, yo‘nalishni to‘g‘ri belgilanmasligi asosiy sabablardandir. Shu sabab taqdim etilayotgan ma’lumotlarning muhim jihatlarini yozib olish, taqdimotda ko‘rgazmali vositalar – slaydlar, prektorlar, plakatlar, kompyuter grafikasi, shuningdek tarqatma materiallardan foydalanish yaxshi samara beradi.


      3. to‘siq. Axborotning subekti talqin etilishi. Mazkur to‘siq doim ham ko‘zga tashlanavermaydi, gohida ma’lumotni mensishmay tinglashadi. Yuqoridagi to‘siqlarni bartaraf etganingizda ham mazkur to‘siq o‘zini u yoki bu ko‘rinishda namoyish etadi. Masalan, tinglovchi ko‘zingizga tik qarab turadi, lekin e’tibori boshqa narsada. Yoki so‘zlaringizni miyig‘ida kulib turib tinglayveradi, doimo kallasini inkor ma’nosida qimirlatib turadi va hokazo. Bu toifa tinglovchilar aytilgan fikrni tinglash haqida emas, balki o‘ylangan fikrni aytish paytini poylaydilar. Bunday paytlarda ular taqdimotchiga qaltis savollar, qitmirona luqmalar, keskin e’tirozlar bilan murojaat qiladilar.

    Ishbilarmonlik muloqotidan farqli o‘laroq, muloqotning taqdimot shaklida taqdimotchi auditoriya uchun ajratilgan vaqtning aksariyat qismida gapiradi, auditoriyani esa jim tinglay olishiga erishishi lozim. Bu taqdimotchidan yuksak muomala san’ati va etiket madaniyatini talab etadi.


    Shu bois taqdimotchi amal qilishi lozim bo‘lgan ayrim xolatlarni e’tiboringizga tavsiya etamiz.



    1. Download 141.19 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling