15-mavzu: Mutaxassislikka oid bahs turlari Reja
Download 141.19 Kb.
|
15-mavzu Mutaxassislikka oid bahs turlari Reja-fayllar.org
Muhokama - ma’lum bir masala yuzasidan ko‘pchilikni fikrini tuplashni, ma’lum to‘xtamlariga kelishini anglatadi. Muhokamada baxs predmetining hamma tomonlari nazarga tashlanadi. Xar bir ishtirokchi o‘zining erkin fikrlarini o‘rtaga tashlaydi. Mavzu ishtirokchilarning turli xajmdagi diologlari, monologlari asosida yoritiladi. Muhokamada fikrni og‘zaki bayon etishning xar-hil usullaridan foydalaniladi.
Murojaat qilish – insondan ko‘p narsani talab qilmaydi. U kishini tarbiya ko‘rganligidan dalolat beruvchi harakatlar majmuasidir. Aslida murojaat qilish har xil kechib, bu insonni qayerda, kim bilan, qay paytda, suhbatdosh bilan o‘zaro munosabatdan kelib chiqqan xolda bildiriladi. Murojaat qilib aytilayotgan so‘zlar nafaqat unga bo‘lgan hurmat balki, maqsadga muvofiqlikda ham qo‘llanadi. Murojaat qilib aytilayotgan so‘zlar nafaqat hurmat belgisi, balki, maqsadga erishish vositasi hamdir. Murojaat vaziyatga, sharoitga, jamoaga, muhitga qarab yakka shaxsga yoki jamoaga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Biroq, barcha murojaatlar axloq me’yorlariga bo‘ysingandagina ijobiy natija berishi mumkin. Insoniy munosabatlarda aytilayotgan so‘zlar faqat axloqiy me’yorlarga tayanadi. Bu esa qarindoshlar, sevishganlar, er-xotin, do‘stu-birodar, mansabdor shaxs va xodim o‘rtasidagi munosabatlarda qo‘llaniladigan so‘zlar turlicha bo‘lishini anglatadi. Murojaat ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan munosabat turi bo‘lib, ular og‘zaki yoki yozma ko‘rinishga ega. Murojaat qilish ham bir necha turlarga bo‘linadi: ular – rasmiy, ishonchli, intim va egasiz. Rasmiy murojaatlarda «xonimlar va janoblar» deb jamoatga murojaat qilinadi. Rasmiy murojaatlar mehnat jamoasida rahbarga, ishlab chiqarish korxonalarida yetakchi mutaxassisga, ta’lim muassasalarida ta’lim beruvchi ustozga, harbiy va huquq tartibot organlarida unvoni katta zobitlarga, davlat ahamiyatiga molik tadbirlarda jinsga qarab yoki barchaga rasmiy murojaat qilinadi. M: yakka shaxsga nisbatan janob Toxirov deb murojaat qilish mumkin. Agar familiya ishlatilmasa janob direktor, direktor xonim deb murojat qilish maqsadga muvofiq. O‘rtoq Abdullaev, o‘rtoq general, ya’ni “o‘rtoq” so‘zi harbiylar qo‘llaydilar. elchilar hamda yuqori martabali insonlarga nisbatan “Janobi oliylari” deb murojaat qilinadi. Rasmiy munosabatda faqat sizlab gaplashiladi. Rahbarning qo‘l ostidagi barcha kishilar bilan bo‘lgan munosabatida ham, 9 yoshdan yuqori bo‘lgan maktab o‘quvchilardan tortib, talabalar bilan bo‘lgan munosabatda ham, notanish insonga murojaat qilganingizda ham sizlab murojaat qilinadi. Ishonchli munosabatlarda yaqin insonlar, qarindosh-urug‘, hamqishloq, vatanishlarga qilinadigan munosablarga aytiladi. Bunday munosabatlarda «Sen» deb faqat oilada yoki yaqin munosabatlarda murojaat qilish mumkin. «Amaki», «xola», «tog‘a», «opoqi», «kelinoyi» va boshqa qarindoshlar o‘rtasida Shevadan kelib chiqqan xolda murojaat qilish mumkin. «Yaxshi yigit» yoki «yaxshi qiz» degan so‘zlar yoshlarga qarata qo‘llaniladi. Jamoat joylarida kasbi kor darja hamda yoshga qarab shofyor, doktor, o‘quvchilar,talabalar, yo‘lovchilar, qizlar, yigitlar, bolalar kabi nomlarni ishlatish mumkin. Intim, ya’ni yaqin munosabatlarda «azizim, jonim, begim, oyim, yuldo‘zim» kabi murojaatlarni uchratamiz. egasiz murojaatlarz munosabatda –“Kechirasiz falonchi ko‘cha qayerda?”, “Aytib berolmaysizmi soat necha bo‘ldi?”, “Ruxsat bersangiz kirsam”va boshqalar. Intim murojaatlarda shaxsga nisbatan chiroyli, Yoqimli, erkalash ma’nosidagi so‘zlardan foydalangan xolda murojaat etiladi: “Azizim”, “Mehribonim”, “Jonim”, “Begim” kabi so‘zlardan o‘rinda va samarali foydalanish zarur. Murojaatning bu turi insonning didli va farosatli ekanligini ham belgilaydi. Biroq, ushbu so‘zlarni bemavrid ishlatish insonni bachkanalikka olib keladi. Ayniqsa, “jonim” so‘zini barchaga nisbatan ishlatish aslo mumkin emas, bu so‘z faqatgina nikohdan o‘tgan, hayotini bir-biri bilan bog‘lagan kimslarga nisbatan ishlatilsa maqsadga muvofiq. Download 141.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling