15-mavzu: Mutaxassislikka oid bahs turlari Reja
Tadqiqot bilan bogʻliq adabiyotlarni oʻrganish
Download 141.19 Kb.
|
15-mavzu Mutaxassislikka oid bahs turlari Reja-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 18-MAVZU: Ilmiy matnning kompleks tahlili Reja
Tadqiqot bilan bogʻliq adabiyotlarni oʻrganish:
Ushbu boʻlim sohadagi boshqa tadqiqotchilar tomonidan nima va qanday amalga oshirilganligi haqida umumiy maʼlumotga bagʻishlangan. Sizning maqolangizda sizning tadqiqotingizga bevosita tegishli boʻlgan barcha manbalarni taqdim etish lozim. Sizning tadqiqot ishingizni tushunish uchun zarur boʻlgan va faqat maqolaning maqsadi va vazifalarini, tadqiqotning gipotezasini, ishlatilgan tadqiqot usullarni asoslashga xizmat qiladigan barcha nashrlarni (manbalarni) tasvirlab bering. Maqolangiz xalqaro jurnallarning taqrizchilari tomonidan ijobiy baholanishi uchun keltirilgan manbalarni tanlashda juda ehtiyotkor va sinchkov bo'ling. Adabiyotlar taxlili degan maqola turida ma'lum bir mavzu haqida kitoblarni biron bir manbalarni, o‘qib o‘rgangan holda shu mavzuni yoritish hisoblanadi! Bu qanday bo‘ladi. Mavzu haqida materiallarni o‘rgandingiz... Ma'lumotlarda farq bor demak bu yozilishi kerak bo‘lgan jihat... O‘rgangan manbalaringizda bir ma'lumot takrorlangan, demak bu asosiy urg‘u olishi kerak bo‘lgan narsa Malumotlarni o‘rganishda va qo‘llanilishida kamchiliklar bor deb o‘ylaysiz... Shuni batafsil yoritasiz Qanday narsa qo‘shsa bo‘ladi, taklifingiz... Yoziladi(albatta ma'lumotlarga asoslangan holda)! Oxirgi qadam maqolani yozishda foydalangan adabiyotlar ro'yxatini berib o'tasiz. Qarabsizki maqolangiz tayyor bo'ladi!!! Qisqa qilib aytganda bir mavzuni olasiz.Avval shu mavzu haqida internetdan jurnallardan yozilgan maqolalarni ko'rib chiqasiz va ulardagi xato kamchiliklarni bartaraf etish tomoni haqida va qo'llashda istiqbolli tomonlari haqida kerakli ma'lumotlarni o'qib o'rganasiz...Shundan so'ng shu ma'lumotlardan asoslangan holda o'zingizni fikrlaringizni qo'shib yozib ketasiz.Misol uchun foydalanilgan adabiyotingizni bir jumlasini keltirib[ ] ichida berib yonidan o'zingizni fikringizni bayon qilasiz... 18-MAVZU: Ilmiy matnning kompleks tahlili Reja: Mutaxassislikka oid ilmiy matnning tahlili. Mutaxassislikka oid ilmiy matnning tahriri. Yozma ishlarda uchraydigan xatolar va ularni bartaraf etish yo‘llari. Akademik matnga fakt to‘plash. Fakt-mavzu uchun zarur bo lgan manba. Faktlar doimo biror haqiqatni isbotlashga xizmat qiladi. Faktlar ichidan eng zaruriysini ajratib olish kerak. Mavzu bo‘yicha jamlangan faktlar mohiyat e’tibori bilan har xil bo‘ladi. Ularni zaruriyligiga qarab asosiy yoki yordamchi (qo‘shimcha) fakt, mavzu qamrovi va hajmiga ko‘ra katta yoki kichik, o‘rniga ko‘ra birlamchi yoki ikkilamchi, maqsadiga ko‘ra asosli yoki asossiz, sifatiga qarab ishonchli yoki ishonchsiz, vazifasiga ko‘ra tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi, davriyligiga ko‘ra o‘tkinchi yoki davomli, mohiyatiga ko‘ra aniq yoki noaniq, xizmat doirasiga ko‘ra umumiy yoki xususiy, ahamiyatiga ko‘ra ijobiy yoki salbiy, munosabatiga ko‘ra xolis yoki noxolis faktlarga bo‘lish mumkin. Faktlar doimo haqiqatni isbotlashga xizmat qilgan. To‘plangan faktlarning ayrimlari bir-birini to‘ldirishga xizmat qilsa, ayrimlari bir-birini inkor ham etadi. Asosiy fakt bu natija demakdir. Har qanday natija sababning oqibati, hosilasi. Qaysi soha, qaysi yo ‘nalish bo ‘yicha matn tayyorlash zarur Qaysi soha, qaysi yo Qaysi soha, qaysi yo ‘nalish bo ‘yicha matn tayyorlash zarur bo ‘lsa, shu soha vakillari, mutaxassislari bilan suhbatlashish, sohaga doir adabiyotlar bilan tanishib chiqish.Yangi fakt hodisani yoritishda quyidagilarga e’tibor qilinadi: Fakt jamlashda, avvalo, voqeaning o'ziga tegishli bo'lgan dalillarga tayaniladi. So'ng o'sha voqeani ko'rgan,bilgan yoki eshitganlarning fikrlariga tayaniladi. Birinchidan, qalamga olinayotgan faktning muhim va dolzarbligini belgilash maqsadida uni shunga o‘xshash faktlar orasidagi o‘rnini aniqlash lozim. Ikkinchidan, unga beriladigan geografik va tarixiy ta’rif ham faktning mohiyatini atroflicha, to‘laroq ochishga xizmat qiladi. Uchinchidan, o‘zaro taqqoslash maqsadida statistik jihatdan raqamlar ko ‘rsatkichi bilan izoh berilishi ham maqsadga muvofiq bo‘ladi. To‘rtinchidan, ana shu faktga daxldor bo‘lgan soha mutaxassislarining fikrini keltirish orqali o‘z munosabatini bildirishi ham ayni muddaodir. Matn tuzuvchi ushbu ikki manbaga tayanishi zarur: To‘plangan barcha faktlar yangilik sifatida qog‘ozga tushmasligi mumkin. To‘plangan faktlarning ahamiyatlisini ajratib olish lozim. Matn tuzuvchi mavzu mohiyatiga mos holda faktlarni yig‘adi, saralaydi, tanlaydi, ajratadi, umumlashtiradi, belgilaydi. Matnshunoslikka oid adabiyotlarda qayd etilishicha, har qanday matn, u ilmiymi, rasmiymi, badiiymi-bundan qat’iy nazar, mantiq qoidalariga asosan shakllanishi lozim. Izchillik ana shu qoidaning birinchi talabidir. Matnda har bir so‘z, har bir gap va abzatslar o‘rtasida mantiqiy bog‘lanish va izchillik bo‘lishi lozim. Agar shunday bo‘lmasa, matnni tushunish qiyin bo‘ladi. Download 141.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling