15-mavzu. Qobiliyat-individual psixologik xususiyat sifatida. Reja


Xarakter xususiyatlarining aksentuatsiyasi


Download 70.5 Kb.
bet2/8
Sana30.04.2023
Hajmi70.5 Kb.
#1406061
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
15 -Mavzu.Qobilyat

Xarakter xususiyatlarining aksentuatsiyasi.
Xarakterning kishida ko‘rinadigan va tilimizda o‘z ifodasini topgan xususiyatlari behad ko‘p bo‘lib, mingdan ortiqni tashqil etadi. SHu sababli xarakterning o‘zgarib turadigan xususiyatlarini sanab va tasniflab berish juda qiyin. Bundan tashqari hozirgacha psixologiyada aniq bir tasniflash sxemasi ishlab chiqilgan emas. Xarakterning u yoki bu xususiyati miqdoriy ifodaliligi oxirgi marraga etib va norma chegarasiga borib qolganda xarakterning aksentuatsiya /ortiqcha urg‘u berilishi/ deb ataladigan vaziyat paydo bo‘ladi. Xarakterning ortiqcha urg‘u berilishi – ayrim xarakter xususiyatlarining kuchayishi natijasi sifatida normaning oxirgi chegarasidir.
Xulq-atvor va xarakterning shakllanishi.
Xuddi temperament kabi xarakter ham kishining fiziologik xususiyatlariga, xarakterning ko‘rinishlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, ularning paydo bo‘lishi va kechishining dinamik xususiyatlarini belgilab beradi.
Temperamentning xususiyatlari xarakterning muayyan tomonlari rivojlanishiga qarshilik ko‘rsatishi yoki yordam berishi mumkin. Xolerik yoki sangvinik tipdagi odamga qaraganda flegmatik tipdagi odam o‘zida tashabbuskorlik va qat’iylikni tarkib toptirishi qiyinroqdir. Jur’atsizlik va vahimalilikni bartaraf etish melanxolik uchun jiddiy muammo bo‘lib hisoblanadi. Xarakterning jamoada shakllantirilishi xolerik tipdagi kishilarda o‘zini tuta bilishni va o‘ziga tanqidiy ko‘z bilan qarashni, sangviniklarda sabotlilikni, flegmatiklarda faollikni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratadi.
Xarakter xususiyatlarining paydo bo‘lishi, uning tabiati, o‘zgarishi mumkinligi yoki mumkin emasligi psixologlarning uzoq davom etib kelayotgan munozaralari mavzui bo‘lib hisoblanadi.
Xarakter – ko‘p jihatdan o‘z-o‘zini tarbiyalash natijasidir. Xarakterda kishining odatlari jamlanadi. Xarakter odamlar faoliyatida namoyon bo‘ladi, shu bilan birga, u shu faoliyatda shakllanadi ham. Agar yigit yoki qiz o‘zini-o‘zi tanqid qilishni xarakterining xususiyati sifatida tarbiyalashga urinayotgan bo‘lsa, ular o‘zlariga tanqidiy nuqtai nazardan yondoshishlari kerak.
Mehnat va o‘qish to‘g‘risida gapirmagan taqdirda ham kunlalik turmush, oiladagi hayot sharoitlari insoniy xarakterlar maktabidir. Pedagoglar va ota-onalar oldida muntazam ravishda mas’uliyatli vazifa: bolalar xarakterida sezila boshlagan o‘zgarishlarni o‘z vaqtida sezish va ularni inobatga olgan holda xulq-atvor va tarbiya sohasida o‘z yo‘lini amalga oshirish vazifasi turadi.
SHunday qilib, kishiga xarakter tabiatan berilmagan. O‘zgartirib va qaytadan shakllantirib bo‘lmaydigan xarakter bo‘lmaydi. «Mening xarakterim shunaqa va men o‘zimni hech narsa qila olmayman» deb bahona qilish psixologik jihatdan mutlaqo asossizdir. Har qanday kishi ham o‘z xarakterini barcha ko‘rinishlari uchun javobgardir, har bir kishi o‘zini-o‘zi tarbiyalash imkoniga egadir.

Download 70.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling