15-mavzu. Qobiliyat-individual psixologik xususiyat sifatida. Reja
Download 70.5 Kb.
|
15 -Mavzu.Qobilyat
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Qobiliyat va kasb tanlash. Ta’lim jarayonida iqtidorli va qobiliyatli o‘quvchilarni aniqlash hamda ular bilan ishlash muammolari. Tayanch so‘z va iboralar
- Xarakter. Psixologiyada xarakter muammosi.
- Xarakterning tuzilishi
15-MAVZU. QOBILIYAT-INDIVIDUAL PSIXOLOGIK XUSUSIYAT SIFATIDA. REJA 1. Qobiliyat haqida tushuncha. Qobiliyatning sifat va miqdor tavsifi. Qobiliyatlar tuzilishi. Talantning paydo bo‘lishi va tuzilishi. 2. Qobiliyat va talantning tabiiy shartlari. Qobiliyat nazariyalari talqini Qobiliyatlarning rivojlanishi. Qobiliyat va irsiyat. 3. Qobiliyat va kasb tanlash. Ta’lim jarayonida iqtidorli va qobiliyatli o‘quvchilarni aniqlash hamda ular bilan ishlash muammolari. Tayanch so‘z va iboralar: xarakter, xarakter xislati, xarakter strukturasi, aksentuatsiya, interversiya, ekstroversiya, frenologiya, qobiliyat, layoqat, iste’dod, talant, geniylik, orttirilgan qobiliyat, tug‘ma qobiliyat. Xarakter. Psixologiyada xarakter muammosi. Xarakter yunoncha so‘z bo‘lib «zarb qilish», «belgi qo‘yish» degan ma’noni bildiradi. Haqiqatdan ham xarakter kishining jamiyatda yashab egallaydigan alohida belgilaridir. SHaxsning individualligi temperament singari xarakterda ham namoyon bo‘ladi. Xarakter – bu shaxsning faoliyat va muloqoti jarayonida tarkib topadigan va namoyon bo‘ladigan individual xususiyatlari bo‘lib, individ uchun u tipik xulq-atvor xislatlari bo‘lib hisoblanadi. Kishining shaxsi u nima qilayotgani bilan emas, balki uni qanday bajarayotgani bilan xarakterlanadi. Xarakter kishi shaxsining yo‘nalishini belgilaydigan ijtimoiy munosabatlarga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, kishining jamiyatdagi yuqori mavqei, amali unda takabburlik, kekkayganlik, riyokorlik, ta’magirlik, munofiqlik kabi salbiy xislatlarni shakllanishiga olib kelishi mumkin. Aksincha, oddiy mehnatkash kishida jamiyatdagi mavqeiga qarab fidokorlik, maqsadga intilganlik, jasurlik, kamtarlik, mehnatsevarlik kabi ijobiy xislatlarning shakllanishiga olib keladi. Xarakterning tuzilishi Inson shaxsining xarakteri hamisha ko‘pqirralidir. Unda alohida xususiyatlar yoki tomonlar ajratilib ko‘rsatilishi mumkin, lekin ular bir-birlaridan ajratilgan, alohida holda bo‘lmaydi, balki ma’lum darajada xarakterning barqaror tuzilishini tashkil etgan holda o‘zaro bog‘liq bo‘ladi. Xarakterning strukturasi uning ayrim xususiyatlari o‘rtasidagi qonuniy bog‘liqlikda namoyon bo‘ladi. Agar kishi qo‘rqoq bo‘lsa, u tashabbuskorlik, qat’iylik va mustaqillik, fidokorlik va oliyhimmatlilik fazilatlariga ega bo‘lmaydi, deb aytish uchun asoslar bor. SHu bilan birga xarakteri bo‘yicha qo‘rqoq kishidan itoatkorlik va xushomadgo‘ylikni, kuchli kishiga nisbatan konformlilikni, qizg‘onchilikni, sotqinlikni, ishonchsizlik va ehtiyotkorlikni kutish mumkin. Xarakterning xususiyatlari orasida ayrimlari asosiy, etakchi bo‘lib, uning namoyon bo‘lishining butun kompleksini rivojlantirishning umumiy yo‘nalishini belgilab beradi. Ular bilan bir qatorda ikkinchi darajali xususiyatlar ham borki, ayrim hollarda ular asosiy deb belgilanishi, boshqalarida esa ular bilan uyg‘unlashmasligi ham mumkin. Xarakter sub’ektning birgalikdagi faoliyatga qay tarzda faol jalb qilinishiga qarab hatti-harakatlarda va ishlarda namoyon bo‘lar ekan, ham faoliyat mazmuniga, ham qiyinchilikning muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz bartaraf etilishiga, ham asosiy hayotiy maqsadlarga erishishda uzoq va yaqin istiqbollarga bog‘liq bo‘lib qoladi. SHunday qilib xarakterning tarkib topishida kishining tevarak-atrofidagi muhitga va o‘z-o‘ziga, boshqa kishiga qanday munosabatda bo‘lishi muhim hisoblanadi. SHu bilan birga bu munosabatlar xarakterning eng muhim xususiyatlarini tasniflash uchun asos bo‘ladi. YUqoridagilardan kelib chiqib xarakterning to‘rtta sistemasini farqlash mumkin: 1. Jamoaga va ayrim odamlarga bo‘lgan munosabatlarni ifodalovchi xarakter xususiyatlari: yaxshilik, mehribonlik, talabchanlik, takaburlik va boshqalar. 2. Mehnatga bo‘lgan munosabatni ifodalovchi xarakter xislatlari: mehnatsevarlik, vijdonlilik, ishga mas’uliyat bilan qarash, boshlagan ishni oxiriga etkazish, yalqovlik, mas’uliyatsizlik kabilar. 3. Narsalarga bo‘lgan munosabatlarni ifodalovchi xarakter xislatlari: ozodalik yoki ifloslik, narsalarni ayab ishlatish yoki ayamaslik, ularga nisbatan ehtiyotkorlik yoki aksincha kabilar. 4. Odamning o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatlarini ifodalovchi xarakter xislatlari: izzat-nafslilik, o‘z sha’nini ehtiyot qilish, kamtarlik, o‘ziga ortiqcha baho bermaslik yoki shuhratparastlik, mag‘rurlik, dimog‘dorlik, o‘zini kata olish kabilar. Download 70.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling